|
“Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch”
|
bet | 3/3 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 65,29 Kb. | | #135495 |
Bog'liq Adodlarimiz merosi“Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” nomli ma’naviyat masalalariga bag’ishlangan alohida risolasi bosilib chiqdi. Kitob 4 bobdan iborat bo’lib, “Ma’naviyat – insonning ulg’ayish va kuch-qudrat manbaidir” deb nomlangan birinchi bobida “ma’naviyat” tushunchasi, ma’naviyatli va ma’naviyatsiz insonlar, ma’naviyatni shakllantiruvchi mezonlar ma’naviy va moddiy hayot uyg’unligi kabi masalalar keng omma uchun tushunarli tilda batafsil bayon qilingan10. Kitobning ikkinchi bobi “Mustaqillik – ma’naviy tiklanish va yuksalish” deb atalgan va unda avvalo milliy g’oyaning ma’naviy hayotdagi o’rni, mustaqillik davri jamiyatimizdagi milliy-ma’naviy tiklanish va yuksalish jarayoni, tilimiz va dinimiz, milliy va diniy bayramlarimiz mavqeining qayta tiklanishi, islohotlarning ma’naviy ahamiyati haqida so’z boradi11. Uchinchi bobga “Ma’naviyatga tahdid – o’zimiz va kelajagimizga tahdid” deb nom qo’yilgan bo’lib, unda ma’naviyat va ma’naviy tarbiya masalalari bugungi kunda jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari sharoitida naqadar dolzarblashgani va endi bu masalalar faqat milliy hududda chegaralanib qolmay umumbashariy muammoga aylanayotgani tahlil etiladi12. Dunyodagi eng buyuk jasorat ma’naviy jasoratdir, deb xulosa qiladi I.Karimov “Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori” deb nomlanagan oxirgi bobda13. Prezidentning chuqur ishonchiga ko’ra ma’naviy tarbiyaning ibtidosi har bir inson qalbiga quloq tutish va ko’ngliga yo’l topishdan boshlanadi va bu sohada ziyolilarimizning o’rni va mas’uliyati o’ta muhimdir.
Albatta, O’zbekiston Prezidentining Islom Karimovning ushbu risolasi14 va ma’naviyatga doir boshqa fikr va mulohazalari alohida yirik jiddiy tadqiqot mavzusidir. Ammo mazkur tadqiqot yakunlarini kutmay turib ham, I. A. Karimov asarlarini shu yo’nalishda e’tibor bilan o’rganib chiqqan odam Prezident qarashlari milliy ma’naviyat nazariyasini shakllantirish yo’lida o’q tomirlarni aniq va muayyan ko’rsatib berganligiga amin bo’ladi. Shundan kelib chiqib, ushbu kitobdagi mavzularni bugungi kun nuqtai nazaridan yoritish jarayonida nazariy zamin sifatida asosan Prezident I. A. Karimov asarlarida bildirilgan fikr va xulosalarga tayanildi.
Ma’naviyatsiz buyuk kelajak yo’q. Chunki uni robotlar emas, insonlar yaratadi. Insonlar ongi qanday bo’lsa, mamlakat kelajagi ham shunga yarasha bo’ladi. Eng katta boylik - insonlar ruhiyatida yashirin. Ana shu sarmoya tobora kengroq miqyosda muomalaga kirgan sari, hosil unumliroq bo’la beradi, O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqei yuksala beradi, o’zbeklar o’z ajdodlariga munosib ulug’vorlik kasb eta beradi.
|
| |