Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi




Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana13.03.2024
Hajmi1.83 Mb.
#170505
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-sinf dars metodik tavsiya
Genuine Temporary Entrant Bakhodirov Timurbek, diplom, 5-IDUM Ommalashtirish, 2-sinf dars metodik tavsiya, Салахиддинова Дилдора (2)


TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI 
“MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI”GA QARASHLI
5-IDUMning BOSHLANG`ICH TA’LIM O`QITUVCHISI
SALAXIDDINOVA DILDORANING
OMMALASHTIRISH UCHUN
METODIK TAVSIYASI 


 
 
 
Qanday maqsad bo`lishidan qatiy nazar, Unga g`oyat jiddiyat bilan intilish 
o`sha maqsadga erishish yo`lidagi yarim yutuqdir. 
V.Humboldt 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


KIRISH 
“Mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli insonga 
bog`liq. Shu bois oxirgi yillarda ta’lim sifatini yaxshilash, o`qituvchilar mavqeini 
yuksaltirish bo`yicha ko`p ishlar qilindi. Endi mamlakatimiz yangi davrga qadam 
qo`ymoqda. O`zbekistonning 2022-2026-yillarga mo`ljallangan taraqqiyot 
strategiyasida 4-ustuvor yo`nalish aynan ta’lim sohasini, inson kapitalini 
rivojlantirishga qaratilgan.”
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 
Zamonaviy ta`limni tashkil etishga qo`yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha 
ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga 
erishishdir.Ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik 
texnologiyalarni qo`llashga doir katta tajriba to`plangan bo`lib, bu tajriba 
asosini interfaol metodlar tashkil etmoqda. Bu kabi metodlar o’z mohiyatiga 
ko’ra ta’lim oluvchilarda o`quv bilish faolligini oshirish, ularni kichik guruh va 
jamoada ishlash, o`rganilayotgan mavzu, muammolar bo`yicha shaxsiy 
qarashlarini dadil, erkin ifodalash, o`z fikrlarini himoya qilish, tengdoshlarini 
tinglashni o`rganish, fikrlar orasidagi eng maqulini tanlab olishga o`rgatish 
alohida ahamiyat kasb etadi. Pedagogik mahorat esa o`quvchilarga shu kabi 
metodlar yordamida dars berishni ta’minlaydi. Pedagogik mahoratning natijasi 
o`qituvchi mehnatida va o`quvchilar xulqi, odobi va tarbiyasida, kelajakda 
yetuk mutaxasis kadr bo`lib yetishishida o`z aksini topadi. 
Boshlang`ich sinflarda matematika darslarini o`qitish jarayonida interfaol 
metodlarning o`rni beqiyosdir. 
Men 2-sinf Matematika darsligidagi “ To`g`ri to`rtburchak va kvadratning 
burchaklari xossalari” mavzusida quyidagi metodlardan foydalandim. 

Download 1.83 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish