Ахборот коммуникация тизимлари ва тармоқлари




Download 114.44 Kb.
bet1/3
Sana06.02.2023
Hajmi114.44 Kb.
#41221
  1   2   3
Bog'liq
12-mavzu
«Истеҳком » драмаси (1977) Иззат Султон, Social-Media-Marketing-Course-eMarketing-Institute-Ebook-2018-Edition (1), 1-Amaliy ish amaliy matematika, Mexanik o`lchash asboblari. Hajmni o’lchash, хисобот, transport, феруза НАМДУ, 9-M, 2-мавзу, Переведенная копия документа MU LB5 Sozdanie tablic bazy dannyx MIKROSOFT ACCESS , b85f31a7390aa1572dcd1bdbf39d6e5d, maqola (2), Ingliz tili 2 daftar, import math

Mavzu: Identifikatsiyalash va Autentifikasiyalash usullari


Kompyuter tizimida ro‘yxatga olingan har bir subyekt (foydalanuvchi yoki foydalanuvchi nomidan harakatlanuvchi jarayon) bilan uni bir ma’noda indentifikatsiyalovchi axborotga bog‘liq bo‘ladi.
Bu mazkur subyektga nom beruvchi son yoki simvollar satri bo‘lishi mumkin. Bu axborot subyekti indentifikatori, deb yuritiladi. Agar foydalanuvchi tarmoqda ro‘yxatga olingan indentifikatorga ega bo‘lsa u legal (qonuniy), aks holda nolegal (noqonuniy) foydalanuvchi hisoblanadi. Kompyuter resurslaridan foydalanishdan avval foydalanuvchi kompyuter tizimining identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonidan o‘tishi lozim.
Identifikatsiya (Identification) - foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) bo‘yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringanida birinchi galda bajariladigan ishdir. Foydalanuvchi tizimga uning so‘rovi bo‘yicha o‘zining identifikatorini bildiradi, tizim esa o‘zining ma’lumotlar bazasida uning borligini tekshiradi.
Autentifikatsiya (Authentication) — ma’lum qilingan foydalanuvchi, jarayon yoki qurilmaning haqiqiy ekanligini tekshirish muolajasi. Bu tekshirish foydalanuvchi (jarayon yoki qurilma) haqiqatan aynan o‘zi ekanligiga ishonch hosil qilinishiga imkon beradi. Autentifikatsiya o‘tkazishda tekshiruvchi taraf tekshiriluvchi tarafning haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishi bilan bir qatorda tekshiriluvchi taraf ham axborot almashinuv jarayonida faol qatnashadi. Odatda foydalanuvchi tizimga o‘z xususidagi noyob, boshqalarga ma’lum bo‘lmagan axborotni (masalan, parol yoki sertifikat) kiritishi orqali identifikatsiyani tasdiqlaydi.
Identifikatsiya va autentifikatsiya subyektlarning (foydalanuvchilarning) haqiqiy ekanligini aniqlash va tekshirishning o‘zaro bog‘langan jarayonidir. Muayyan foydalanuvchi yoki jarayonning tizim resurslaridan foydalanishiga tizimning ruxsati aynan shularga bog‘liq. Subyektni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalashdan so‘ng uni avtorizatsiyalash boshlanadi.

Download 114.44 Kb.
  1   2   3




Download 114.44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ахборот коммуникация тизимлари ва тармоқлари

Download 114.44 Kb.