1 – laboratoriya mashg’uloti mavzu: vlan larni tuzish va portlarni belgilash. Laboratoriya majg’ulotining maqsadi




Download 375,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana05.12.2023
Hajmi375,32 Kb.
#111299
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Laboratoriya 3 kurs (2)



1 – LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
 
Mavzu: VLAN larni tuzish va portlarni belgilash. 
 
Laboratoriya majg’ulotining maqsadi: 
1. Kommutatorda VLAN uchta tarmoq sozlanishini amalga oshirish.
2. Ulanishni tekshirish.
 
Mashg’ulotini bajarilish tartibi 
1. Boshlong‘ich ma’lumotlarni olish. 
2. Mavzu bо‘yicha nazariy va umumiy ma’lumotlar bilan tanishish. 
3. Berilgan ma’lumotlarni kompyuterga kiritish. 
4. Xisob ishlarini bajarish. 
5. Tegishli xulosa chiqarish. 
 
Kerakli jixozlar 
1. Kompyuter. 
2. Cisco Packet Tracer dasturi. 
 
Umumiy ma’lumotlar 
VLAN ga ulangan qurilmalar mazkur VLAN ning boshqa qurilmalari 
bilangina bog‘lana oladi, bunda qurilmalar ham bitta, ham turli kommutatorlarga 
birday ulana oladi. 
Kommutator har bir portni VLAN ning ma’lum bir raqami bilan bog‘laydi. 
Kadrni qabul qilib olishda kommutator o‘z portida Ethernet kadriga VLAN (VLAN 
ID – VID) identifikatorini qo‘shadi. Ethernet kadriga VLAN identifikatorining 
qo‘shilishi, kadrni belgilash deb ataladi. 
Bazida dot1q gacha qisqaradigan 802.1Q standarti Ethernet kadriga 4-baytli 
belgi maydonini qo‘yishni nazarda tutadi. Bu belgi manba adresi va type/length 
(tip/uzunlik) maydon oralig‘ida joylashgan. 


Ethernet kadrlarining minimal o‘lchami 64 bayt, maksimali – 1518 baytdan 
iborat bo‘ladi, biroq ethernet kadrining belgilangan o‘lchami 1522 baytgacha 
bo‘lishi mumkin. 
Kadrlar quyidagi satrlarni o‘z ichiga oladi: 
Manba va belgilangan joy MAC-adresi

kadr uzunligi; 

foydali ma’lumotlar;

kadrning nazorat ketma-ketligi (FCS). 
FCS maydoni xatolarni aniqlash va kadrdagi barcha bitlarning butun 
bo‘lishini kafolatlaydi. 
Belgi Ethernet kadrining minimal o‘lchamini 64 dan 68 baytgacha oshirib 
beradi. Maksimal o’lcham 1518 dan 1522 baytgacha oshiriladi. Kadrdagi bitlar soni 
ortgani sababli kommutator FCS ni qayta hisoblaydi. 
Agar 802.1Q bilan mos keluvchi port xuddi shunday 802.1Q bilan mos 
keluvchi boshqa portga ulangan bo‘lsa, mazkur VLAN belgilari ular orasida 
uzatiladi. 
Agar ulangan port 802.1Q bilan mos bo‘lmasa, VLAN belgisi kadr muhitga 
yetib borishdan oldin o’chiriladi. 
802.1Q ga ega bo‘lmagan qurilmalar Ethernetning belgili kadrlarini juda katta 
deb qabul qiladi. Ular kadrni tashlab yuboradi va xatolik haqida xabar beradi. 



Download 375,32 Kb.
  1   2   3   4




Download 375,32 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 – laboratoriya mashg’uloti mavzu: vlan larni tuzish va portlarni belgilash. Laboratoriya majg’ulotining maqsadi

Download 375,32 Kb.
Pdf ko'rish