Magistral port
Magistral port – bu kommutator va boshqa tarmoq qurilmasi o‘rtasidagi
“nuqta-nuqta” tipidagi kanal. Magistral ulanish bitta kanal orqali bir nechta VLAN
trafigini uzatish uchun xizmat qiladi va ularga butun tarmoqqa kirishni ta‘minlaydi.
Magistral portlar ikki kommutator, ya’ni kommutator va marshrutizator yoki
kommutator va 802.1Q ni qo‘llovchi tugunning tarmoq adapterini ulashda bir nechta
VLAN trafigini qurilmalar orasida uzatish uchun kerak bo’ladi.
Magistral portlarsiz har bir VLAN uchun kommutatorlar
orasida alohida
ulanish kerak bo‘lardi. Masalan, 100 ta VLAN ga ega tashkilotga 100 ta aloqa kanali
kerak bo‘ladi. Bunday tashkil etilishda tarmoq kerakli darajada masshtablanmaydi
va juda qimmat bo‘ladi. Magistral kanallar bunday muammoni bitta kanal orqali bir
nechta VLAN trafigini uzatish bilan xal qiladi.
Bir nechta VLAN trafigini bitta kanal
orqali uzatish uchun ularni
identifikatsiyalash kerak bo‘ladi. Magistral port kadrlar belgilanishidan foydalanadi.
Kadrlarning belgilanishi VLAN ga kadr ma‘lumotini qo’shish imkonini beradi.
O‘rnatilgan bo‘yicha kommutator portlari kirish rejimida ishlaydi.
Kommutator portini magistral port sifatida sozlash
uchun quyidagi buyruqlardan
foydalaning:
Switch(config)#interface fa(controler # / port #)
Switch(config-if)#switchport mode trunk
Switch(config-if)#switchport trunk encapsulation {dot1q | isl | negotiate}
Ham 802.1Q, ham ISL ni qo’llovchi kommutatorlar oxirgi qo’llanmani talab
qiladi.
Muvofiqlashtirish parametri ko’pgina kommutatorlarda o’rnatilgan bo’ladi. U
qurilmaga qo’shni kommutatorning inkopsulyatsiya tipini avtomatik tarzda topish
imkonini beradi.
Yangi kommutatorlar qarama-qarshi tomonda berilgan
kanal tipini topishi
mumkin. Qanday qurilma ulanganligiga qarab, kanal magistral port yoki kirish porti
siifatida sozlanishi mumkin.
Switch(config-if)#switchport mode dynamic {desirable | auto}
Agar boshqa tomonda turgan port diserable yoki auto rejimida turgan bo’lsa,
talab etilayotgan rejimda port magistral bo’lib qoladi.
Agar boshqa tomonda turgan port
trunk yoki
diserable rejimida turgan bo’lsa,
avtomatik rejimda port magistral bo’lib qoladi.
Magistral portni kirish rejimiga o’tkazish uchun quyidagi buyruqlardan birini
kiriting:
Switch(config)#interface fa(controler # / port #)
Switch(config-if)#no switchport mode trunk
yoki
Switch(config-if)#switchport mode access