Ahborot tehnologiyasining ahborot ta’minoti hisoblash tarmoqlarini tashkil qilish tamoyillari




Download 52,5 Kb.
bet7/8
Sana29.03.2021
Hajmi52,5 Kb.
#13637
1   2   3   4   5   6   7   8
Elektron ahborot oqimlari.

Elektron ofisga uzoq va yakin bo’lgan turli manbalardan juda ko’p habarlar keladi. o’z navbatida ofis hodimlari ham tashqi dunyoga o’zining ahborot habarlarini uzatadilar. SHuning uchun ofisda elektron ahborot oqimlarini qabul qilib, uzatishga mo’ljallangan vositalar mavjud. Telefaks tarmog’i orqali qog’ozdagi habarlar keladi. Turli hil ogzaki habarlar kompyuterga mahsus «o’zgartirgichlar» yordamida kiritiladi yoki chiqariladi. Lokal yoki global tarmoq vositalari orqali elektron habarlar kompyuterga modem yordamida kiritiladi yoki chiqariladi. Ofisda kompyuterlar ahborot oqimlariga ishlov berib, birlashtirish vazifalarini bajaradi.



Elektron pochta. Elektron pochta kompyuterlar yordamida olingan korrespondensiyani yuborish va ishlov berishda elektron usullarni ishlatadi. U orqali hujjatlar, jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasm va fotografiyalar, ro’znoma, oynamalar, ogzaki habarlar olish imkoni bor. Habar junatuvchi mahsus elektron pochta dasturini ishlatadi. Habarlar mahsus elektron pochta qutisiga jo’natiladi. Server adresat pochta qutisiga uning adresiga hat kelganligi to’g’risidagi habarni qo’yadi.

Elektron pochta - bu qog’ozsiz pochta, u telefon tarmog’i bilan kompyuterga ulangan, elektron pochta - pochta, telegraf, faksimal aloqa imkoniyatlarining bir qismini o’ziga olib, o’zining tezkorligi tufayli, umuman yangi ahborot hizmatlarini taklif etadi. Masalan: jamoat telekonferensiyalarini o’tkazish bo’yicha. Bu jamoa a’zolari o’rtasidagi bir vaqtga binoan ahborot almashuvi amalga oshiriladi. Bu so’zlashuvda har hil muammolar muhokama qilinadi. Bu degani yozilgan matnlar orqali aloqada bo’lishdir.

«Teleks» - ahborot almashish tizimi.

Bu ahborot tizimi ahborotning ulkan oqimlarini har hil abonentga avtomatik ravishda tayyorlash va uzatish imkonini beradi. Matn tayyorlashning bu tizimida yuqori sifatli displeylar bilan jihozlangan terminallar yordamida uzatilayotgan ahborot massivi kompyuter hotirasida saqlanib koladi. Keyin mahsus ma’lumotlarni uzatish apparatlari yordamida tayyorlangan massiv abonentga junatiladi yoki undan qabul qilinadi.




Download 52,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 52,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ahborot tehnologiyasining ahborot ta’minoti hisoblash tarmoqlarini tashkil qilish tamoyillari

Download 52,5 Kb.