|
Ajiniyaz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi
|
bet | 96/122 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 4,57 Mb. | | #240045 |
Bog'liq 5 Maruzalar matniMMX Pentium protsessori. Intel firmasining keyingi avlod protsessori sifatida 1997 yil yanvar oyidan boshlab chiqarilayotgan MMX (Matrix Multiplication Extension) Pentium protsessorini aytish mumkin. Dastavval bu protsessor matritsalarni ko`paytirish uchun kengaytma nomi bilan atalgan bo`lsa, keyinchalik MultiMedia YExtension-multimedia uchun kengaytma deb atala boshladi. Bu yangi protsessorni ishlab chiqishdan maqsad, keyingi yillarda ommaviy qo`llanilib borilayotgan kompyuterning multimedia (ovozi, grafik, tasvir) imkoniyatlarini har tomonlama barkamollik darajasiga ko`tarish, multimedia amaliyotlarni tez bajarishni ta’minlashdan iborat. Bu amallar qatoriga, jumladan multimedia berilganlarini, ikki va uch o`lchovli grafikalarni tez bajarish kiradi. Shu bilan birga bu protsessor ko`paytirish va qo`shish amallarini ko`proq ishlatadigan amaliy programmalarda amallarni tezroq bajarishga qaratilgan. Shuning uchun ham uni ko`proq matematik soprotsessorni talab qilmaydigan, butun sonlar bilan ishlash bilan bog`liq masalalarni yechishda qo`llash maqsadga muvofiq bo`lsada, tajribalar uning har tomonlama ustunligini ko`rsatadi.
Hozirda rivojlanayotgan parallel algoritmlar va hisoblashlar uchun ham u qo`l keladi. Shu bilan birga bu protsessor suzuvchi vergul rejimidagi sonlar bilan ishlashni “yoqtirmaydi”. Bunday sonlar bilan ishlash uchun maxsus programma interfeysi mavjud. U Microsoft firmasining Direct 3D (3 o`lchovli interfeysi)dir. Shuning uchun ham uning hozirda ko`p tarqalayotganligiga ajablanmasa ham bo`ladi.
Xotira. Xotira kompyuterda programmalar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari ko`p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, Videova boshqalar.
Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo`lib, protsessor undan amallarni bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter o`chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan programmalar va berilganlar yo`q bo`lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak. Kompyuter ishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan o`chirish, umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma’lumot birligining eng kichik o`lchovi sifatida bayt qabul qilingan bo`lib, 1 bayt 8 bit (ikkili raqam)ga teng. O`z navbatida bayt bir simvolni (belgini) tasvirlaydi. Familiyangizni kompyuterga kiritish uchun familiyangizda nechta harf bo`lsa, u xotirada shuncha bayt joyni egallaydi. Xotira hajmi birligi sifatida kilobayt qabul qilingan va u K bilan belgilanadi. O`z navbatida bir kilobayt 1024 baytga teng. 1024 kilobayt esa 1 Mbayt (Megabayt)ga teng.
Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu programmalar majmuini ishlata olish mumkin. Misol uchun 1 Megabayt xotiraga ega kompyuterlarda faqat DOS sistemasida ishlash mumkin bo`lsa, 4 Megabaytli kompyuterlarda imkoniyatlari ko`proq bo`lgan programmalarni, xususan WINDOWS 3.1,3.11 programmalarini ishlatish mumkin. WINDOWS 95 ni to`laqonli ishlashi uchun 16 Megabayt xotira va kamida 486 protsessorli kompyuter, WINDOWS 98, 2000 operatsion sistemasida ishlash uchun, Foto‘Shop, Corell Drawe va boshqa hozirgi zamon programmalarini ishlatish uchun kamida 32 Mbayt xotirali va PENTIUM_2,3 protsessorli kompyuterlar lozimdir. Bu ko`rsatkichlar yangi protsessorlar va programma mahsulotlarini paydo‘bo`lishi bilan yil sayin oshib boradi.
|
| |