|
Ajiniyaz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi
|
bet | 97/122 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 4,57 Mb. | | #240045 |
Bog'liq 5 Maruzalar matniDoimiy xotira. Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS-Basic Input- Output System-kiritish chiqarishning asosiy sistemasi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o`qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory-faqat o`qish uchun) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion sistemasini boshlanQich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko`rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Kesh xotira. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo`lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning ko`proq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli programma va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo`lgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo`ladi. PENTIUM_2,3 kompyuterlarda kesh xotira hajmi 512 K ni tashkil qiladi.
Videoxotira. Videoxotira monitor ekraniga Videoma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko`p joy egallaydi. Shuning uchun Videoxotira hajmi qancha katta bo`lsa, shuncha yaxshi albatta. Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo`lmagani yaxshi.
Shina. Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi elektron sxemalar mavjud bo`lib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yo`l deb ataluvchi shinalar orqali bog`langan bo`ladi. Shunday qilib, oddiy so`z bilan aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog`lovchi maxsus simlardir. Kompyuterda bir qancha shinalar bo`lishi mumkin. Kompyuterlarning elektron sxemasi elektron plata deb ataluvchi modullardan iborat. Uning modul tuzilishiga ega bo`lishi kompyuterlar ta’mirini oson bajarish, uni foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yiQish va o`zgartirish imkoniyatini beradi.
Sistema platasi kompyuterning asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprotsessor, tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashtirilgan bo`ladi. Bundan tashqari, unda ba’zi bir qurilmalar, ishni boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo`ladi. Hozirda shinalarning PCI ISA turi keng ishlatilmoqda. Bunday shinalarning ma’lumot ayirboshlashi tezligi yuqori bo`lib, u orqali kompyuterga ko`p tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Kompyuterda kiritish-chiqarish portlari kontrolerlari mavjud bo`lib, ular sistema blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish portlari parallel va ketma-ket bo`ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.
Monitor. Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma’lumotlarni tasvirlash (ko`rish) uchun xizmat qiladi. Garchand tashqi ko`rinishidan u televizorga o`xshab ketsada, ular bajaradigan ishlari bilan keskin farq qiladilar. Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. Kompyuter tarqatadigan nur umuman aytganda zararli, shuning uchun ham ba’zi kompyuterlarda past radiatsiya (Lowe radiation) so`zlarini uchratish mumkin. Lekin ularning inson organizmiga ta’siri tobora kamayib boradigan rusumlari yaratilmoqda. Buning misoli keyingi yillarda chiqarilgan 17-21 dyymli SVGA (SUPER VideoGrafic Adapter-katta Videografik adapter) monitorlarda nurlarning ta’sirini ancha kamaytirilishiga erishilganligini keltirish mumkin. Monitor asosiy xarakteristikalaridan biri uning tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontali va vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan 14 dyymli monitorda tasvirlash qobiliyati 800×600, 15 dyymli monitorda 1024×768, 17 dyymli monitorda 1280×1024 va 21 dyymli monitorda esa 1600×1200. Bundan tashqari, monitorning yana bir xarakteristikasi tasvirlarni hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) o`lchovining katta-kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800×600 ga teng bo`lgan monitorlarda piksel 0,31mm ga, 1024x768ga teng bo`lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng bo`lishi kerak. Monitorning tez ishlashi uning adapteriga bog`liq bo`ladi. Matn rejimida monitorlar nisbatan tez ishlasada, grafik rejimda u sekinroq ishlaydi. Uning tezligini oshirish yo`llari ham mavjud.
|
| |