|
Академия наук республики узбекистан
|
bet | 2/14 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #250066 |
Bog'liq SULFAT AMMONIY QO‘SHIMCHALI YOPISHQOQLIGI BO‘LMAGAN AMMIAKLI SELITRASININGMavzuning dolzarbligi. XXI asrda dunyo aholisining o‘sishi, ichimlik suvi zaxiralari va ekinga yaroqli yerlar kabi resurslarning qisqarishi jahon miqyosida oziq-ovqat muammosini yanada kuchaytirmoqda. Shu jihatdan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatining asosiy vazifalaridan biri aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirishdan iborat. Bu o‘rinda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jahon miqyosida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘g‘it – ammiakli selitraning (AS) iste’molga doir xossalarini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilgan. Bu yo‘nalishda AS ning yopishqoqligini va termik beqarorligini bartaraf qiluvchi mahalliy xom ashyolardan foydalanib modifikatsiyalangan AS texnologiyalarini ishlab chiqish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. (NH4)2SO4 qo‘shimchali yaxshi tovar va agrokimyoviy xossali modifikatsiyalangan AS olish texnologiyasini ishlab chiqishda qator, jumladan quyidagi yo‘nalishlarda tegishli ilmiy yechimlarni asoslash zarur: (NH4)2SO4 ning AS donalari mustahkamligini oshirish bilan bir vaqtda yopishqoqligini kamaytirishga ta’sirini aniqlash; (NH4)2SO4 yordamida AS donalari g‘ovakchalari va mikroyoriqlarini to‘ldirish, natijada selitra donalarining ancha takomillashgan ichki yuzasi va tuzilishini hosil qilishga asoslangan ko‘pgina kristallanish markazini yaratish, (NH4)2SO4 qo‘shimchali AS texnologiyasini ishlab chiqish.
Bugungi kunda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini sifatli o‘g‘itlar bilan ta’minlash va ularning eksport salohiyatini oshirish maqsadida samarali azot, fosfor va kaliyli o‘g‘itlar texnologiyalarini ishlab chiqish yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borish orqali muayyan natijalarga erishildi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishga qaratilgan Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida «sanoatni yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish»ga qaratilgan muhim vazifalar belgilangan. Bu borada tovar xossalari yaxshilangan termik barqaror AS ishlab chiqarishida mahalliy xomashyo – ammoniy sulfatini jalb etish orqali respublikani yangi turdagi azot-oltingugurtli o‘g‘itlar bilan ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |