|
Академия наук республики узбекистан
|
bet | 3/14 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #250066 |
Bog'liq SULFAT AMMONIY QO‘SHIMCHALI YOPISHQOQLIGI BO‘LMAGAN AMMIAKLI SELITRASININGTadqiqot maqsadi: ammiakli selitra ammiakli selitra (NH4NO3) suyuqlanmasiga ammoniy sulfatini ((NH4)2SO4) ni qo‘shish yo‘li bilan yopishqoqligi bo‘lmagan ammiakli selitra (AS) olish jarayonini tadqiq etish va xossalarini aniqlash.
Tadqiqot vazifalari:
NH4NO3 suyuqlanmasiga (NH4)2SO4 ni qo‘shish yo‘li bilan yopishqoqligi bo‘lmagan AS olish jarayonini tadqiq etish;
(NH4)2SO4 qo‘shimchali yopishqoqligi bo‘lmagan AS ning kimyoviy tarkibi va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash;
dastlabki komponentlar og‘irlik nisbati va haroratga bog‘liq ravishda sulfat-nitratli suyuqlanmalarning reologik xossalarini tadqiq etish;
laboratoriya model qurilmasida (NH4)2SO4 qo‘shilgan yopishqoqligi bo‘lmagan AS olishning rejimlarini sinovdan o‘tkazib mahsulotlarning tajriba na’munalarini olish.
Tadqiqot ob'yekti: ammoniy nitrati (NH4NO3) suyuqlanmasi, (NH4)2SO4, magnezit qo‘shimchali AS, sulfat-nitratli suyuqlanmalar, (NH4)2SO4 qo‘shilgan yopishqoqligi bo‘lmagan AS hisoblanadi.
Tadqiqotning ilmiy va amaliy natijalari: quyidagilardan iborat:
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati yangi turdagi modifikatsiyalangan o‘g‘itlar – (NH4)2SO4 qo‘shilgan yopishqoqligi bo‘lmagan AS va ammoniy sulfat-nitratini yaratishga asos soldi. NH4NO3 suyuqlanmasining (NH4)2SO4 bilan o‘zaro ta’sirlashuv mexanizmi ochib berilishi ham katta ilmiy ahamiyatga egadir, natijada AS donalarining yopishqoqligi kamayadi, ularning donalar mustahkamligi oshadi, 2060C da qizdirish-sovitish ko‘p qaytariluvchi sikllarga termik bardoshligi ortadi va IIIV polimorf o‘tishi barqarorlashadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati NH4NO3 suyuqlanmasiga (NH4)2SO4 ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shish, so‘ngra sulfat-nitratli suyuqlanmani sepish yoki jadal aralashtirish usullari bilan donadorlangan yopishqoqligi bo‘lmagan AS va ammoniy sulfat-nitratini olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat. Yopishqoqligi bo‘lmagan AS ishlab chiqarishida (NH4)2SO4 ni qo‘llash magnezit va brusit kabi import modifikatorlarni to‘liq almashtirish imkonini beradi.
|
| |