135
4.
Moliyaviy hisobot haqida fikrning to’liq bayon etilishi. Xulosa
moliyaviy hisobotning to’liqligi haqida fikrni yoki fikrning mavjud emasligi
haqida tasdiqni o’z ichiga olishi kerak. Agarda yakuniy xulosa berilmagan bo’lsa,
mos keluvchi tamoyillar bilan inobatga olish kerak. Auditorning ismi moliyaviy
hisobot bilan bog’liq barcha hollarda xulosada auditorlik tekshiruvining aniq
shakldagi turi bayon qilinishi shart, agarda bu ko’zda tutilgan bo’lsa, shuningdek,
auditor o’z zimmasiga oladigan mas’uliyatning darajasi haqida fikr bildirib o’tishi
kerak (The report shall either contain an expression of opinion regarding the
financial statements, taken as a whole, or an assertion to the effect that an opinion
coannot be expressed. When an overall opinion cannot be expressed, the reasons
therefore should be stated. In all cases where the auditor`s name is assotiated with
the financial statements, the report should contain a clearcut indication of the
character of the auditor`s examination, if any, and the degree of responsibility he is
taking).
AICPA tomonidan qabul qilingan umumqabul qilingan standartlar auditorlik
faoliyatining umumiy tamoyillarini, auditorlik kasbining umumiy yo’nalishlarini
va auditor faoliyatining asosiy jihatlarini belgilab berdi. Yuqorida sanab o’tilgan
standartlar asosida keyinchalik xalqaro auditorlik standartlari ishlab chiqildi.
Auditorlik standartlarining ahamiyati quyidagilardan iborat:
Auditning barcha standartlari quyidagi qismlardan tashkil topadi:
1.
Umumiy qoidalar;
2.
Standartda foydalaniladigan asosiy tushuncha va qoidalar;
Ularga rioya qilinganda
auditorlik
tekshiruvlarining yuqori
sifatli bo’lishi
ta’minlanadi
Auditorlik amaliyotiga
yangi ilmiy yutuqlarni
joriy qilishga yordam
beradi
Muayyan vaziyatlarda
auditorlar qanday ish
tutishlarini belgilab beradi