Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov




Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/174
Sana09.01.2024
Hajmi2,41 Mb.
#132887
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   174
Bog'liq
xalqaro audit (1)

6.2. Ukrainada auditorlik faoliyati 
Ukrainada auditorlik faoliyati bozor munosabatlariga o’tish bilan rivojlana 
boshladi. Auditorlik xizmatiga asosan qo’shma korxonalar ehtiyoj sezgan, xorijiy 
investorlar auditorlar hisobotlarini (hujjatlarini) tasdiqlashni talab qilgan. Audit va 
auditorlik tashkilotlarining rivojlanishi jahon amaliyotiga ega bo’lish, tajribadan 
foydalanish bilan amalga oshiriladi. 
Ukrainada auditorlik faoliyati quyidagi bosqichlarda yuzaga kela boshladi.
Birinchi bosqich – bu 1993 yilda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi 
qonunining qabul qilinishi bilan bog’liq bo’lib, mahalliy audit sohasi huquqlarini 
aniqlashda judayam muhim bo’lgan. 
Ikkinchi bosqich – Ukraina auditorlarining professional etikasini milliy 
me’yoriy hujjatlar va kodekslarda jamlagan audit boshqaruvi me’yoriy-huquqiy 
tizimini qayta ishlash.
Uchinchi bosqich - me’yorlarni amalga oshirish va ulardan foydalanishni 
talab qiluvchi hujjatlarni qayta ko’rib chiqish. 
1993 yil 22 aprelda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Ukraina qonunining 
qabul qilinishi bilan auditning shakllanishi va rivojlanishi tez sur’atlarda amalga 


110 
oshirildi. Bunda gap avvalo faoliyatning mazkur turiga litsenziya (ruxsatnoma) 
berish, auditorlik tashkilotlarini tashkil qilish va auditorlarni sertifikatlashtirish 
haqida boradi. 1994-1995 yillarda auditor va auditorlik tashkilotlari ishlari yuqori 
sifat mezonlarida tashkil qilindi, auditorlik tekshiruvidan so’ng tashkilotlarning 
soliq va boshqa to’lovlarning o’z vaqtida va qoidalar bo’yicha, byudjet va 
byudjetdan tashqari fondlar bo’yicha amalga oshirilishi kafolatlangan.
1997 yilda auditda nisbatan pasayish kuzatildi, bu esa majburiy audit 
ob’ektlari o’rtasida qonun chiqarish tashabbusining qisqarishi bilan bog’liq. So’ngi 
yillarda shunday holat kuzatildiki, iqtisodda axborot aniqliligi va ishonchliligining 
o’sishini talab qiluvchi xo’jalik ishlari qiyinlashdi. 
Shuning uchun aynan mustaqil auditga alohida korxonalarning moliyaviy 
hisobotlari haqidagi ishonchli fikrlarini bildirish va olish vazifalari topshirildi. 
1992 yil fevralda Kievda auditorlar yig’ilishida auditorlik faoliyatini amalga 
oshiruvchi birlashgan jamiyati Ustavi – Ukraina auditorlar ittifoqi tuzildi (UAI). 
UAIning maqsadi auditorlik faoliyatini rivojlantirishga ko’maklashish, qonuniy 
huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun auditorlar birlashishini kuchaytirish 
deb e’tirof etilgan.
Mamlakatda 
auditorlik 
ishini 
unifikatsiyalash, 
mukammallashtirish, 
rivojlanishiga yordam berish maqsadida alohida mustaqil organ – Ukraina 
auditorlar palatasi (UAP) tuzildi. UAP ning asosiy vazifasi davlatda audit 
rivojlanishiga ko’maklashish, Ukrainadagi auditorlik faoliyatiga tegishli muhim 
masalalarni yagona metodologik asosda hal etish bo’lgan. 
1999 yil 1- yanvarda Ukrainada amaldagi doimiy Milliy audit me’yori 
(MAM) qabul qilinib, ungacha 1995-1996 yillarda vaqtinchalik audit me’yorlari 
qabul qilingan.
1997 yil martidan audit masalalariga bag’ishlangan “Ukraina buxgalter va 
auditi axborotnomasi” rasmiy jurnali chop etilmoqda. U Ukraina auditorlar ittifoqi 
va Ukraina professional buxgalterlari, auditorlari federatsiyasi tomonidan nashr 
qilinmoqda. Jurnal professional tayyorgarlikdan o’tgan mutaxassislar va 
professionallikka intilganlar uchun mo’ljallangan. 


111 
Auditorlar MHXSni joriy qilishda katta rol o’ynaydi. Ukraina auditorlar 
palatasi bu davr mobaynida MHXSni rivojlantirishga amaliy yordam qilib kelgan. 
MHXS bo’yicha har yillik sifatni oshirish bo’yicha auditorlar majburiy ta’limini 
olib borgan va olib bormoqda. Milliy sifatda Xalqaro audit standartlarini qabul 
qilish shubhasiz palataning tarixiy qarori bo’ldi. XAS ni ukrain tiliga tarjima qilish 
bo’yicha katta ishlar olib borildi. Shuningdek, Ukraina auditorlar palatasi 
standartlarni joriy qilish bo’yicha metodik takliflar, auditorlik xizmati sifatining 
nazoratini amalga oshirish, ish hujjatlarini joriy qilish va boshqalarni ko’rib 
chiqadi. 
2006 yil oktyabrda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Ukraina qonuniga 
o’zgartirish kiritildi. Bu Ukrainada mustaqil auditning rivojlanishi va auditorlik 
faoliyati ustidan jamoaviy nazorat va boshqaruvni shakllantirishda muhim davr 
bo’ldi. 
Bug’alteriya hisobi va audit islohoti faqatgina adabiyotlar tarjimasini 
yaratishda turtki bo’lib qolmasdan, buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha 
soddalashtirilgan milliy adabiyotlarni etarlicha miqdorda shakllantirdi. 

Download 2,41 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   174




Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov

Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish