• 8. Auditorlik ma’muriyati o’z funktsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishini ta’minlash qoidalari Xitoy Konstitutsiyasining qaysi moddasida keltirilgan
  • 10. Xitoyda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun necha moddadan iborat
  • 12. Xitoyda auditorlik ma’muriyati nechanchi yilda tashkil qilingan
  • VI BOB. MDH DAVLATLARIDA AUDIT TIZIMI 6.1. Rossiya Federatsiyasida auditorlik faoliyati
  • yilda qaysi davlatda moliyaviy hisob ustidan ichki nazorat hamda




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet60/174
    Sana09.01.2024
    Hajmi2,41 Mb.
    #132887
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   174
    Bog'liq
    xalqaro audit (1)

    7. 2003 yilda qaysi davlatda moliyaviy hisob ustidan ichki nazorat hamda 
    auditorlarning auditorlik faoliyatiga taalluqli bo’lmagan sohalarda boshqa 
    xizmatlar ko’rsatishi borasida ta’qiqlar o’rnatildi? 
    А. Koreya Respublikasida
    B. Xitoyda 
    С. Yaponiyada 


    103 
    D. Hindistonda 
    8. Auditorlik ma’muriyati o’z funktsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishini 
    ta’minlash qoidalari Xitoy Konstitutsiyasining qaysi moddasida keltirilgan? 
    А. 91-modda
    B. 57-modda 
    С. 36-modda 
    D. 118-modda 
    9. Xitoyda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun qachon ishlab 
    chiqilgan? 
    А. 1994 
    B. 1996 
    С. 1998 
    D. 2000 
    10. Xitoyda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun necha moddadan 
    iborat? 
    А. 54
    B. 36 
    С. 29 
    D. 72 
    11. Yaponiyada audit standartlari nechanchi yildan boshlab ishlab chiqila 
    boshlangan? 
    А. 1950 yil 
    B. 1953 yil 
    С. 1960 yil 
    D. 1961 yil 
    12. Xitoyda auditorlik ma’muriyati nechanchi yilda tashkil qilingan? 
    А. 1983 yilda
    B. 1980 yilda 
    С. 1988 yilda 
    D. 1989 yilda 


    104 
    Tayanch tushunchalar 
    Diplomga ega jamoat buxgalterlari, majburiy audit, tijorat kodeksi, sug’urta 
    kompaniyalari, mehnat banklari, fond birjasi ro’yxatiga kiritilgan kompaniyalar, 
    auditorlik kasbining axloqiy qoidalari, auditorlarning sifat nazorati tizimi. 


    105 
    VI BOB. MDH DAVLATLARIDA AUDIT TIZIMI 
    6.1. Rossiya Federatsiyasida auditorlik faoliyati 
    Rossiya 
    Federatsiyasida 
    yildekabrda 
    Auditorlikfaoliyatito’g’risidagiPrezidentfarmonie’lon qilindi 
    Keyinchalik bu 
    sohada qonun qabul qilinishi borasida ko’pgina ishlar amalga oshirildi. 
    Auditorlikfaoliyatito’g’risidagi Rossiya Federatsiyasi qonuni 2001 yil 14 dekabrda 
    qabul qilindi.
    Ushbu davrni tahlil qilar ekanmiz, shuni aytish kerakki, normativ boshqarish 
    tizimi asosida amal qilib kelayotgan auditorlik faoliyati auditorlik kasbining 
    Rossiyada va xalqaro miqyosda boshlang’ich rivojlanishini etarli darajada 
    ta’minladi. 
    Shunga qaramasdan, Qonunga ayrim tuzatishlar va aniqliklar kiritish talab 
    etiladi, bu esa Rossiyadagi mustaqil auditorlik institutlarining rivojlanishiga o’z 
    ta’sirini ko’rsatishi aniq. 
    Qonunning kamchiliklariga to’xtab o’tadigan bo’lsak: 
    1) Qonunning qabul qilinishi cho’zilib ketishi auditorlik faoliyati 
    tamoyillarining ma’naviy eskirishiga olib keldi. Bu vaqt mobaynida ko’pgina 
    rejalar o’zgardi. Shuningdek, moliyaviy hisobotning Xalqaro Standartlariga o’tish 
    dasturi qabul qilindi, Rossiya Butunjahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lishini e’lon 
    qildi. Shuning uchun, Qonunga kerakli kontseptual tuzatishlar kiritish zarur bo’lib 
    qoldi; 
    2) Qonunda ikkita - “audit” va “auditorlik faoliyati” atamalari aralashtirib 
    yuborilgan va uslubiy jihatdan noto’g’ri yondashilgan. Bular o’z boshqaruv 
    mexanizmlariga ega va butunlay turli iqtisodiy tushunchalardir. 
    Audit – bu moliyaviy hisobotning to’g’riligini aniqlash maqsadida o’tkazilgan 
    mustaqil tekshiruvdir. 
    Auditorlik faoliyati esa – bu audit tekshiruvini o’tkazishning tadbirkorlik 
    faoliyatlaridan biri. 
    3) Qonunda Federal organ tomonidan tasdiqlangan auditorlik standartlari
    qoidalarini qo’llash talab etilgan. Audit ishini rejalashtirish va hujjatlashtirishda, 


    106 
    auditorlik hisobotini tayyorlashda va auditorlik xulosasini taqdim etishda ham 
    Federal organ tomonidan tasdiqlangan audit standartlarini qo’llash talab etilgan. 
    Bu Qonunda audit faoliyatini olib borishda auditorlik ish usullarini mustaqil 
    tanlash tamoyili mavjud emas. Shuningdek, Federal organ tomonidan tasdiqlangan
    qoidalarni qo’llash oqibatida, auditor yoki mijozga etkazilgan zarar Federal organ 
    javobgarligiga o’tkazilishi keltirilmagan; 
    4) Federal organ tomonidan tasdiqlangan auditorlik faoliyati standartlari, 
    qoidalari Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi tomonidan qabul qilingan va ko’pgina 
    jahon mamlakatlarida qo’llash tavsiya qilingan Xalqaro Auditorlik Standartlari 
    bilan bir qancha tafovutlar mavjud. 
    Federal organ tasdiqlagan standartlarni qo’llash majburligi, Rossiya 
    auditorlarining chet el korxonalari, qo’shma korxonalarni audit tekshiruvini 
    o’tkazishni cheklab qo’yadi. Oqibatda, chet el korxonalari va qo’shma korxonalar 
    chet el auditorlik kompaniyalariga murojaat qilishga majbur bo’lib qolishadi. 
    Sababi, ular xalqaro normalar doirasida ish olib borishadi. 
    5) Federal organ tomonidan ishlab chiqilgan auditorlik standartlarini qo’llash 
    majburligiga ega Qonun normalari “Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash 
    haqida”gi Rossiya Federatsiyasining qonuni moddalariga zid keladi. Chunki unda 
    qo’shimcha litsenziya olish talablari keltirilgan bo’lib, “Alohida faoliyat turlarini 
    litsenziyalash haqida”gi Rossiya Federatsiyasining qonunining moddalarini inkor 
    etadi. 
    6) Qonunda Rossiya auditorlik standartlari bilan Xalqaro Auditorlik 
    Standartlari o’rtasida o’zaro tafovut muammosi hali ham javobsiz qolmoqda. 
    Chunki Rossiya iqtisodiyoti chet el investitsiyasi oqimi bilan chambarchas bog’liq. 
    Yuqorida sanab o’tilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 2008 yil 24 
    dekabrda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Hozirgi kunda ushbu qonun 
    26 ta moddadan iborat. 1992-1995 yillarda davlatda qonunchilik bazasining 
    mavjud bo’lmasligiga qaramasdan, audit gurkirab rivojlandi: faqatgina Moskva va 
    Sankt-Peterburgda emas, balki barcha yirik shaharlarda yangidan-yangi auditorlik 
    tashkilotlari tashkil topti. Ularning soni 800ga yaqinlashib qoldi. Moskvada 


    107 
    qo’shma korxona ko’rinishi ostida “Deloyt end Tush”, “Artur Andersen”, “Ernst 
    end Yang”, “Kupers end Laybrand” yirik mintaqalararo auditorlik tashkilotlari 
    o’zlarining filiallarini ochdi. 
    Auditorlar tayyorlash rivojlandi. Bu erda asosiy rolni yirik oliy ta’lim 
    muassasalari o’z bo’yniga oldi (Xalq xo’jaligi Akademiyasi, M.V. Lomonosov 
    nomidagi Moskva davlat universiteti). Ryazan, Vladivostok, Sankt-Peterburg, 
    Qozon, Ufa, Krasnodarda auditorlik kurslari tashkil etildi. 
    Bugungi kunda Rossiyada to’rt mingdan ortiq auditorlik tashkilotlari tuzilgan 
    va muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda. Bularga “FBK”, “Rufaudit”, “Aktionaudit” va 
    boshqalar kiradi. 
    Agar 90-yillar boshlarida Rossiyada professional auditorlik xizmati bozorida 
    xorijiy tashkilotlar ustun bo’lgan bo’lsa, hozirgi vaqtda liderlik rus auditorlariga 
    o’tgan. Etarli darajada to’liq amaliy auditorlik xizmati ko’rsatuvchi yirik rus 
    auditor-konsultatsiya kompaniyalari paydo bo’ldi. Etakchi Rossiya tashkilotlari 
    yirik xalqaro mijozlar bilan ish boshlashdi, ba’zi g’arb korporatsiyalari – Rossiya 
    auditorlari bilan, konsultatsiya tashkilotlari bilan ish boshladi. Jahon Banki o’z 
    loyihalari auditida rus mutaxassislariga ishona boshladi. 
    Mustaqil auditorlar, auditorlik tashkilotlari, xorijiy yuridik va jismoniy 
    shaxslar bilan hamkorlikda tashkil etilgan auditorlik tashkilotlari Rossiya 
    Federatsiyasida faqatgina litsenziya mavjud bo’lgan hollarda auditorlik faoliyatini 
    amalga oshirishi mumkin. 
    Auditorlik faoliyatini litsenziyalash Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi 
    talablariga rioya qilgan holda davlat nazoratini ta’minlash uchun olib boriladi. 
    Litsenziya alohida faoliyatlarga beriladi: 
    - bank auditi; 
    - sug’urta tashkilotlari va o’zaro sug’urta jamiyatlari auditi (sug’urta auditi); 
    - byudjetdan tashqari fondlar va investitsiya muassasalari, birja auditi; 
    - umumiy audit (alohida iqtisodiy sub’ektlar auditi). 
    Rossiya Auditorlar palatasi ta’sischilari etakchi iqtisodiy oliy ta’lim 
    muassasalari qatorida professional auditorlar uyushmasi hisoblanadi. 


    108 

    Download 2,41 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   174




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    yilda qaysi davlatda moliyaviy hisob ustidan ichki nazorat hamda

    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish