5.2. Xitoyda auditorlik faoliyati
Xitoyda auditorlikning rivojlanishi o’ziga xos qiziqarli yo’lni bosib o’tgan.
Ba’zi manbalarga ko’ra, Xitoy auditorlik tizimini barpo etgan dunyodagi birinchi
mamlakat hisoblanadi. Chunonchi, U.Xanning “Chju Yuapchjanning hayot yo’li”
kitobida (“Jizneopisanie Chju Yuapchjana”. - M.: Progress, 1980. – str.140 ”)
shunday yoziladi: “...Yuan dinastiyasi davrida taftishni tsenzorat amalga oshirar
edi. Xununing 15-yillarida (1382 yil) Chju Yuanchjan uni bosh taftishchi (auditor)
96
palatasiga aylantirdi. Unda katta boshliqlar chap va o’ng bosh tsenzorlar, bosh
tsenzorning chap va o’ng yordamchilari, bosh tsenzorning chap va o’ng do’stlari
hisoblanar edilar. Ulardan pastroqda 110 nafar tsenzor-taftishchilar turar edilar. Bu
tsenzor-taftishchilar o’zlarining funktsiyalarini joylarda amalga oshirar edilar. Ular
barcha muassasalarda suiste’mollarni bartaraf etishlari, adolatsiz ayblovlarni fosh
qilishlari, adolatsiz, o’zboshimcha va boshqaruvda tartibsizliklarni keltirib
chiqargan yirik mansabdorlarga yoki kattalarga hurmatsizlik qilgan, ochko’zlik
qilgan, o’z lavozimlarini suiste’mol qilgan va avlodlar tomonidan o’rnatilgan
tizimga zarar keltirgan rahbarlarga ayblovlar qo’yishlari mumkin edi.
Tsenzor-taftishchilar rang bo’yicha uezdlar boshliqlari bilan teng bo’lsalar-
da, katta hokimiyatga ega edilar. Imperator yiriklarni kichiklar, periferiyani
poytaxt yordamida nazorat qilar ekan, ulardan yirik mansabdorlarni nazorat qilish
uchun foydalanar edi. U tsenzor-taftishchilarga o’zlari muhim deb hisoblagan
barcha narsalarni gapirish, har qanday takliflarni kiritish, barcha yirik
mansabdorlar, hatto knyazlar to’g’risida ham ma’lumot berish huquqini taqdim
etgan edi. Saroyda ular barcha byurokratik apparatni tekshirar, joylarga chiqqanda
esa muassasalarni taftish qilar, armiyada tozalash ishlarini olib borar, maktablarni
inspektsiya qilar, emakxonalar, choyxonalar va ot bozorlarini tekshirar,
qo’shinlarni tekshirishdan o’tkazar va boshqa funktsiyalarni amalga oshirar edilar”.
Chju Yuanchjan 1367 yildayoq tsenzorat va markaziy hukumatning
mansabdorlariga oddiy va qattiq qonunlar belgilash to’g’risida farmon bergan edi.
Ular tomonidan qonunchilikni ishlab chiqish uchun huquq sohasida yuqori bilimga
ega bo’lgan olimlar tanlab olindi. Atroflicha tadqiqot va muhokamalar o’tkazish
natijasida “Buyuk Min Qonunlari” tuzildi. Bu qonunlar o’ttiz yillik ish davomida
to’rt-besh marta o’zgardi va qisqartirildi. Bu qonunlar Xitoy hukumati tarixida
muhim ahamiyat kasb etdi. Qonunlar to’plamini tuzish bo’yicha ishlar tugagandan
so’ng Chju Yuanchjan xalqning hayotiga taalluqli qismini oddiy tilga tarjima
qilishni buyurdi. Tarjima “so’zma-so’z izoh” deb ataldi va barcha viloyatlar va
uezdlarga tarqatildi. Bularning barchasi oddiy xalq qonunlarni tushunishi va ijro
etishi uchun amalga oshirildi.
97
Qonunlar va farmonlar nihoyatda murakkab bo’lib, ba’zan ko’plab arxiv
materiallari to’planib qolar edi. Mansabdorlar sun’iy ravishda ish yuritishni
murakkablashtirar va ularni suiste’mol qilar edi va bu suiste’mollarni aniqlash
nihoyatda qiyin edi. Buning ustiga devonxonada ishlash va xazina qog’ozlari
yozuvlari maxsus bilimlarni talab etar edi, chunki rasmiy hujjatlarni tuzish ko’plab
mayda-chuydalarni ko’zda tutar edi. Muhrga ega bo’lgan mansabdor (bosh
mansabdor) har bir yamenda muayyan muddatga tayinlanar va u ish yuritishda endi
biror bir narsani tushuna boshlagan paytda boshqa joyga o’tkazib yuborilar edi.
Devonxona xodimlari esa odatda bir umr bitta joyda xizmat qilar edilar. Natijada
davlat va xalqni amalda mansabdorlar emas, balki devonxona xodimlari boshqara
boshladilar.
“Xununing 20-yillarida (1387 yil) Chju Yuanchjan “Xazina qog’ozlarida
murakkabliklarni bartaraf etish qoidalari”ni e’lon qildi va ularni rasmiy hujjatlar
tushunarli bo’lishi va ish yurituvchilar suiste’mollikka yo’l qo’ymasliklari uchun
rasmiy hujjatlarni soddalashtirish maqsadida yamenlarga tarqatdi”.
1982 yilda Xalq vakillarining Umumxitoy yig’ilishi (XVUY)da Xitoyning
yangi Konstitutsiyasi e’lon qilindi. Bu konstitutsiya hukumatdan auditorlik
ma’muriyatini tashkil etishni talab qilar edi. 1983 yilning sentyabr oyida 3000 dan
ko’proq auditorlik tashkilotlari ro’yxatga olindi, ularda 30 mingdan ortiq shtatli
a’zolar ishlar edi. Shunday qilib, konstitutsiya auditorlik ma’muriyatining
mustaqilligini
kafolatlaydi.
Auditorlik
ma’muriyati o’z funktsiyalarini
muvaffaqiyatli bajarishini ta’minlash uchun Konstitutsiyaning 91 moddasida
shunday yozilgan: “Davlat kengashi Premerining ko’rsatmasiga ko’ra auditorlik
tashkiloti qonunga muvofiq audit o’tkazish yo’li bilan maslahat berish huquqini
mustaqil amalga oshiradi. Hech qanday ma’muriy organlar yoki jamoat
tashkilotlari va shaxslar tomonidan ularning faoliyatiga aralashishga yo’l
qo’yilmaydi”.
Bosh auditorning ob’ektivligi va mustaqilligi Konstitutsiya tomonidan
muhofaza qilinadi. Ushbu qonunga muvofiq Bosh auditor premerning tavsiyasiga
binoan XVUK tomonidan tayinlanishi va bo’shatilishi mumkin. XVUK Xitoyning
98
oliy saylov boshqaruv organi hisoblanadi. Shu sababli bu holat hukumat ma’muriy
organlarining bosh auditorning auditorlik ishiga aralashuviga samarali tarzda
to’sqinlik qiladi. Shunday qilib, u o’z majburiyatlarini bajargan holda erkin
qonunga muvofiq harakat qilishi mumkin. Garchi majburiyatlar va huquqlarning
umumiy tamoyillari Konstitutsiyada keltirilgan bo’lsa-da, auditni o’tkazish
vazifalarining ko’plab jihatlari ishlab chiqilmagan edi. Shu sababli hukumat qonun
loyihasini ishlab chiqdi. Unda auditorlik ma’muriyatining majburiyatlari va
huquqlari, shuningdek, qonunbuzarlik yuz berganda u tomonidan qanday chora-
tadbirlar qo’llashi lozimligi batafsil yoritib berildi. 1985 yilda e’lon qilingan
auditorlik ishining vaqtinchalik qoidalari auditorlik ma’muriyatining asosiy
majburiyatlarini belgilab berdi. Auditorlik ma’muriyati ko’plab davlat korxonalari
juda zaif moliyaviy va buxgalterlik nazoratiga ega ekanligini aniqlashi oqibatida
qonunga maxsus modda kiritildi. Ushbu modda barcha hukumat muassasalari,
shuningdek, yirik va o’rta korxonalar o’z tashkilotlarida ichki audit tizimini
rivojlantirishni majburiy qilib qo’ydi. 1986 yilning sentyabrida mamlakatda 21
mingdan ortiq ichki auditorlik tashkilotlari va 32 ming nafardan ziyodroq
auditorlar faoliyat ko’rsata boshladi.
Xitoy hukumati buxgalterlar orasida SRA (Certified Public Accountants –
diplomga ega jamoat buxgalterlari) sonining ko’payishini rag’batlantiradi. SRA
firmalarining
ko’pchiligi xorijiy investitsiyalarga asoslangan qo’shma
korxonalarga xizmat ko’rsatadi. Ammo o’sishiga qarab SRA firmalarining ko’plari
boshqa firmalarga ham xizmat ko’rsatadi. SRAning ba’zi firmalari jamoa va
alohida mulkchilikka asoslangan korxonalarga ham xizmat ko’rsatadi. SRA
firmalari shuningdek, ichki nazorat tizimini loyihalashtirishlari, xodimlar
tayyorlashlari va korxona uchun buxgalter daftarlarini yuritishlari ham mumkin.
Ularning xizmatlari auditorlik ma’muriyati tomonidan tekshirilmaydigan ko’plab
korxonalarni nazorat qilishni kuchaytiradi. SRAlarning maqsadga muvofiq
rivojlanishiga yordam ko’rsatish uchun hukumat 1987 yil 3 iyulda bunday firmalar
bo’yicha yangi qoidalarni ishlab chiqdi. Unda “SRA” maqomini olish uchun zarur
shart-sharoitlar belgilab berilgan. SRA uchun yangi imtihonlarni kiritish yo’lga
99
qo’yildi va bu qoida birinchi marta SRA firmalariga hukumat organlari va
korxonalariga auditorlik xizmatini ko’rsatish imkonini berdi. Xitoyda kollejni
tugatgandan keyin mutaxassisga bakalavr darajasi beriladi, magistr darajasini olish
uchun esa ikki yillik o’qishni tugatish va uchinchi yilda ilmiy tadqiqot bajarish
lozim.
1984 yildan 1986 yilgacha auditorlik ma’muriyati ma’muriy organlar va
davlat korxonalarida ko’plab turdagi auditni o’tkazdi. Shtatlarning etarli emasligi
va tayyorgarlik darajasining pastligiga qaramasdan, ma’muriyat ko’plab firibgarlik,
xatolar, buromadlar va soliq to’lashdan qochish holatlarini aniqladi. Ularning
umumiy miqdori 4,3 mlrd yuanni tashkil etdi. 1986 yilning o’rtalariga kelib
auditorlik ma’muriyati 3000 ta bo’lim va 34000 nafar auditor shtatiga ega edi.
1986 yilda zavod boshqaruvchilarining buxgalterlik daftarlarini audit qilgunga
qadar ketishlarini ogohlantirish maqsadida yangi qoida qabul qilindi: korxona
boshqaruvchilari ma’muriyat tomonidan audit o’tkazilmasdan turib iste’foga
chiqishlari yoki o’z ish joylarini tark etmasliklari lozim.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Xitoy iqtisodiyotining sog’lomlashuvi va
bozorlarining barqarorlashuvida auditorlik xizmatlari katta rol o’ynadi. Faqat 1989
yilda tekshirishlar natijasida auditorlar tomonidan 24 mlrd yuan, yoki yalpi milliy
daromadning 2 foizi miqdorida “muammoli pullar” aniqlandi. Bu pullar keraksiz
ob’ektlarni qurishni moliyalashtirish, ishlanmagan mukofotlarni to’lash, ulkan
“vakillik” xarajatlariga sarflanishi ko’zda tutilgan edi. 1990-1992 yillarda Xitoy
auditorlik tizimining rivojlanishida katta taraqiyot yuz berdi. Xitoy iqtisodiyotining
bozor munosabatlariga o’tish ko’lamining kengayishi bilan biznes sektorini
ko’proq kuzatish va moliyaviy nazorat qilish talab etiladi. Jahon iqtisodiyoti,
biznes va savdoda kuzatilayotgan baynalmilallashuv tendentsiyalari munosabati
bilan xalqaro buxgalteriya hisobi va hisobotining ahamiyati va hajmi oshib
bormoqda, buxgalterlarning xalqaro kasbiy tashkilotlari tuzila boshlandi, o’z
vakolatlari doirasida hisob va auditorlik standartlarini muvofiqlashtirish jarayoniga
jalb etilgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar ana shular jumlasidandir.
100
Хитойда “Аудиторлик фаолияти тўғрисида”ги Қонун 1994 йил 31
августда қабул қилинган бўлиб, у 55 та моддадан иборат.
|