• G 01 Informatsion so’z «Bosh xarakat funktsiyasi»: S315 S- xarfli adres “Bosh xarakat funksiyasi” 315
  • 1-amaliy mashg’ulot texnologik jihozlarni boshqarish dasturini tayyorlashni operativ tizimi




    Download 242,36 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana20.05.2024
    Hajmi242,36 Kb.
    #245373
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1 Texnologik jihozlarni boshqarish dasturini tayyorlashni operativ tizimi




    1-AMALIY MASHG’ULOT 
     
    Texnologik jihozlarni boshqarish dasturini tayyorlashni operativ tizimi 
     
    Boshqaruv dasturining har bir kadrida ma’lumotlar kodlangan holda
    saqlanadi. Kadrdagi ma’lumotlar harfli adres va raqamli qiymatga ega so’zlar bilan 
    ifodalanadi. Harfli adres uning ketidagi raqamli qiymatning vazifasini bildiradi. 
    Odatga ko’ra, “informatsion so’z” tushunchasi o’rniga “funktsiya” tushunchasi 
    ishlatiladi. Informatsion so’zlar namunalari:
    Informatsion so’z «Tayyorlov funktsiyasi»:
    G 01 
    Informatsion so’z «Bosh xarakat funktsiyasi»: 
    S315 
    S-
    xarfli adres “Bosh xarakat funksiyasi” 
    315-
    Raqamli qiymat 
    Raqamli qiymat formati (belgilar soni, qiymatsiz nollarni ko’rsatish majburligi, 
    butun va kasrli qismlarni ajratuvchi bo’lgichni holati, hamda uni mavjudligi) ko’pincha 
    hamma qabul qilgan bo’ladi, ammo ayrim vaziyatlarda ishlab chiqaruvchilar
    o’zlarining tartibini ishlatishadi.
    Masalan, asbobni OX o’qi bo’yicha 125,5 mm ga ko’chib o’tishi (RDB 
    qurilmasiga qarab) kadrda quyidagicha yozilishi mumkin: X 12550 yoki X 00125500 
    va hokazo.
    Kadr tuzilishiga ma’lum talablar qo’yilgan:
    1. Har bir kadr “kadr nomeri” so’zi bilan boshlanishi va “kadr ohiri” so’zi
    bilan tugashi lozim.
    2. Ma’lumot so’zlarini kadrda muayyan ketma-ketlikda yozilishi tavsiya etiladi: 
    Kadr nomeri Nxxx
    Tayyorlov funktsiyasi Gxx
    O’lchamli ko’chishlar X, Y, Z,U…A, B, C
    Interpolyatsiya parametri I, J, K
    Surish funktsiyasi F
    Bosh harakat funktsiyasi S
    Yordamchi funktsiya M, T
    Kadr ohiri LF 
    3. Bitta kadr chegarasida “o’lchamli ko’chishlar”, “interpolyatsiya”, “rezba
    qadami” so’zlari takrorlanmasligi kerak
    4. Bitta kadr chegarasida bitta guruxga kirgan “tayyorlov funksiyasi” so’zlari 
    ishlatilmasligi lozim. Masalan, bitta kadrda G01 va G03, G02 va G03 
    informatsion so’zlarini ishlatilishi taqiqlanadi.



    Har xil ishlab chiqaruvchilarning RDB qurilmalarida kadr tuzilishi yuqorida 
    keltirilgandan farq qilishi mumkin. 
    Navbatdagi kadr o’qilgandan keyin u RDB qurilmasi buferiga (bufer – 
    ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun ajratilgan operativ hotirlovchi qurilmaning
    qismi) o’tadi. Buferda ma’lumot dastur tashuvchisi formatidan (odatan ISO − 7
    bit formatida) RDB qurilmasi formatiga (ikkilik kodi) o’zgartiriladi.
    Keyin buferda tayyorlangan kadrni aktivizatsiyasi (faollanishi) amalga oshadi, 
    ya’ni uni ijro etilishi boshlanadi. Ayni shu vaqtda boshqaruv dasturining navbatdagi 
    kadri buferga o’qiladi. Kadrni ijro etishda “kadrni ijro etish ohiri (KOK)” belgisini 
    borligiga tekshiruv bajariladi, belgini paydo bo’lishi kadrda belgilangan barcha 
    ko’chishlar va buyruqlar ijro etilgandan keyin sodir bo’ladi.
    Shunday belgi paydo bo’lgan holda, kadrda “dasturni bajarish ohiri (KOP)” 
    belgisi borligiga tekshiruv bajariladi. Agar u ham mavjud bo’lsa, dastur to’htatiladi. 
    Bunday belgini kadrda yo’qligi buferda joylashgan kadrni faollashiga 
    (aktivizatsiyasiga) olib keladi. 
    Dastur kadri bu muayyan tartibda joylashgan va o’ziga bitta ishchi operatsiya
    haqidagi ma’lumotni mujassamlagan so’zlar ketma-ketligi. Kadr ishchi organlarining 
    ikki tayanch nuqtalari oralig’ida surilishi uchun kerakli geometrik va texnologik 
    axborotlarni o’z ichiga oladi. Kadr bitta yoki ko’p so’zlardan tashkil etishi mumkin.
    Dastur so’zi - bu axborotni bo’linmas qismini ifodalidigan belgilar ketma-
    ketligidir. So’z xarfli va raqamli qismlardan tashkil etiladi, masalan: M02 (M - adres 
    nomi, 02 - funktsiyaning kodi); X+12345 (X – adres nomi, +12345 - surish uzunligi). 
    Dastur tuzilishini bildiradigan sxema rasm 51 ko’rsatilgan.

    Download 242,36 Kb.
      1   2   3   4




    Download 242,36 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-amaliy mashg’ulot texnologik jihozlarni boshqarish dasturini tayyorlashni operativ tizimi

    Download 242,36 Kb.
    Pdf ko'rish