10
31. G90 – absolyut pozitsionlash rejimi. G90 kodli absolyut pozitsionlash
rejimida ijro etuvchi organlarning ko’chirishlari G54 – G59 koordinatalar ishchi
tizimining noluvchi nuqtasiga nisbatan bajariladi (asbobning harakat yo’nalishi
programmalashtiriladi). G90 kodi G91 nisbiy pozitsionlash kodi yordamida bekor
qilinadi.
32. G91 – nisbiy pozitsionlash rejimi. G91 kodli nisbiy (inkremental)
pozitsionlash rejimida har safar noluvchi holat sifatida ijro etuvchi organning
keyngi tayanch nuqtasiga ko’chishdan oldin bo’lgan holati qabul qilinadi (asbobning
ko’chish uzunligi programmalashtiriladi). G91 kodi G90 absolyut pozitsionlash kodi
yordamida bekor qilinadi.
33. G94 – surish tezligini minutga dyuym/millimetrlarda belgilash. G94
funktsiyasi yordamida belgilangan surish tezligi dyuym/min birligida (agar G21
funktsiyasi harakatda bo’lsa), yoki millimetr/min birligida (agar G20 funktsiyasi
harakatda bo’lsa) belgilanadi. G94 funktsiyasi surish funktsiyasi (F) bilan
birgalikda programmalashtiriladi. G94 kodi G95 kodi bilan bekor qilinadi.
34. G95 – surish tezligini bir aylanishga dyuym/millimetrlarda belgilash. G95
funktsiyasi yordamida belgilangan surish tezligi dyuym/shpindelning bir aylanishi
birligida (agar G20 funktsiyasi harakatda bo’lsa), yoki millimetr/ shpindelning bir
aylanishi birligida (agar G21 funktsiyasi harakatda bo’lsa) belgilanadi. Ya’ni surish
tezligi F shpindel tezligi S bilan sinxronlashadi. G95 kodi G94 kodi bilan bekor
qilinadi.
35. G98 – tsikldagi dastlabki tekislikka qaytish. Stanokning doimiy tsikli
G98 funktsiyasi bilan birga ishlagan holda, asbobni dastlabki tekislikka qaytishi
har bir tsikl oxirida hamda barcha ishlov berilayotgan teshiklar o’rtasida amalga
oshiriladi. G98 kodi G99 kodi bilan bekor qilinadi.
36. G99 – tsiklda qaytib olish tekisligiga qaytish. Stanokning doimiy tsikli
G99 funktsiyasi bilan birga ishlagan holda, asbobni qaytib olish tekisligiga qaytishi
barcha ishlov berilayotgan teshiklar o’rtasida amalga oshiriladi. G99 kodi G98 kodi
bilan bekor qilinadi.