11
sodir bo’ladi. Agar tugmacha bosilmagan bo’lsa, M01 li kadr o’tkazilib yuboriladi
va boshqarish dasturni ijrosi uzilmaydi.
3. M02 – dasturni yakunlanishi. M02 kodi dastur
yakunlanishini bildiradi va
shpindel to’xtalishi, surish va sovutish o’chirilishiga olib keladi.
4. M03 – shpindelni soat strelkasi bo’yicha aylanishi. M03
kodi yordamida
programmalashtirilgan (S) tezligi bilan shpindelning to’g’ri aylanishi ulanadi. M03
kodini ta’siri M04 yoki M05 kodlari bilan bekor qilinadi.
5. M04 - shpindelni soat strelkasiga qarshi aylanishi. M04 kodi yordamida
programmalashtirilgan (S) tezligi bilan shpindelning teskari aylanishi ulanadi. M04
kodini ta’siri M03 yoki M05 kodlari bilan bekor qilinadi.
6. M05 – shpindelni to’xtalishi. M05 kodi shpindel aylanishini to’xtatadi, ammo
o’qiy surilishlarni to’xtatmaydi.
7. M06 – asbobni almashuvi. M06 kodi yordamida shpindelda mahkamlangan
asbob asboblar magazinida tayyorlik holatda bo’lgan asbobga almashtiriladi.
8. M07 - № 2 sonli sovutishni ulanishi. Kod M07
orqali ishlov berish
zonasiga moylash-sovutish suyuqlikni purkalgan holatda uzatilishi ulanadi (agar
stanokda shunday imkoniyat mavjud bo’lsa).
9. M08 - № 1 sonli sovutishni ulanishi. Kod M08 orqali moylash-sovutish
suyuqlik jildirgan holatda ishlov berish zonasiga uzatiladi.
10. M09 – sovutishni o’chirish. M09 kodi sovutish
suyuqlikni uzatilishini
to’xtatadi va M07-M08 kodlarni bekor qiladi.
11. M10 – qisish. M10 kodi stanokning harakatlanuvchi organlaridagi qisish
moslamalari bilan ishlashga aloqador bo’ladi.
12. M11 – bo’shatish. M11 kodi stanokning harakatlanuvchi
organlaridagi
qisish moslamalari bilan ishlashga aloqador bo’ladi.
13. M19 – berilgan pozitsiyada shpindelni to’xtatish. M19 kodi shpindel ma’lum
burchakli holatga kelganda, uni to’xtalishini ta’minlaydi.
14. M30 – informatsiyani tugalishi. M30 kodi orqali
dasturni yakunlanishi
haqida raqamli dasturda boshqarish qurilmasiga xabar keladi,
bu esa shpindel
to’xtalishi, surishlar bekor bo’lishi va sovutishni o’chirilishiga olib keladi.
15. M98 – kichik dasturni chaqirib olish. Kod M98 chaqirilayotgan kichik
dasturning raqamini bildiruvchi (R) kodi bilan birga programmalashtiriladi.
Masalan, M98 R1234.
16. M99 – kichik dasturni yakunlash. M99 koli yordamida
kichik dastur chaqirib
olingan bosh dasturga qaytish amalga oshiriladi.