|
9-ma’ruza. Avtomatlashtirilgan rdb texnologik jihozlari
|
bet | 1/3 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 20,07 Kb. | | #123647 |
Bog'liq 9-ma’ruza. Avtomatlashtirilgan RDB texnologik jihozlari.
9-ma’ruza. Avtomatlashtirilgan RDB texnologik jihozlari.
9.1. Asosiy termin va tushunchalar.
9.2. RDB texnologik jihozlarining boshqarish xillari.
9.3. RDB texnologik qurilmalarining vazifalari.
9.1. Asosiy termin va tushunchalar.
Dastgohni raqamli dastur bilan boshqarish (RDB) deyilganda dastgohda zagotovkaga boshqaruvchi dastur bo’yicha ishlov berish tushuniladi. Bu dasturda ishlov berishga oid ma’lumotlar raqamlar shaklida keltiriladi.
Boshqaruvchi dastur – konkret zagotovkaga ishlov berish uchun dastgohning ishlash tartibini belgilovchi dasturlash tilida yozilgan komandalar majmuasidir. Boshqaruvchi dasturlarni qo’lda (EHM dan foydalanmasdan) va avtomatlashtirilgag usulda (EHM ni qo’llab) tayyorlash mumkin.
Boshqaruvchi dastur kadri, so’zi, nomeri va kadr formati, shuningdek RDB manzili (adresi) tushunchalari bor.
Boshqaruvchi dastur kadri – dasturning kiritiladigan va yaxlit ishlanadigan hamda tarkibida kamida bitta buyruq bor bo’lgan tarkibiy qismidir.
Boshqaruvchi dastur so’zi – kadrning zagatovkaga ishlov berish jarayoni ko’rsatgichlari to’g’risidagi ma’lumotlarni va (yoki) boshqarishga oid boshqa ma’lumotlarni o’z ichiga olgan tarkibiy qismidir.
RDB manzili (adresi) – boshqaruvchi dastur so’zining bir qismi bo’lib, u shu so’z tarkibidagi ma’lumotlarning vazifasini belgilaydi.
Boshqaruvchi dastur kadrining nomeri – kadr boshidagi so’z bo’lib, boshqaruvchi dasturdagi kadrlarning navbatini belgilaydi.
Boshqaruvchi dastur kadrining formati – so’zlar soni eng ko’p bo’lgan boshqaruvchi dastur kadridagi so’zlarning strukturasi va joylashishining shartli yozmasi.
Asosiy kadr – tanaffusdan keyin zagotovkaga ishlov berish jarayonini davom ettirish uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarni o’z tarkibiga olgan boshqaruvchi dastur kadridir. N maxsus ishora bilan belgilanadi.
Mutloq (absolyut) o’lcham – boshqaruvchi dasturda ko’rsatiladigan va nuqtaning qabul qilingan hisoblash noliga nisbatan holatini ko’rsatadigan Chiziqli yoki burchak o’lcham.
Orttirmadagi o’lcham – boshqaruvchi dasturda ko’rsatiladigan va dastgoh ish organining avvlgi holatini belgilaydigan nuqtaning koordinatalariga nisbatan nuqtaning holatini ko’rsatadigan chiziqli yoki burchakli o’lcham.
Dastgohning nol nuqtasi – dastgoh koordinatalarining boshi deb qabul qilingan nuqta.
Dastgohning boshlangich nuqtasi – dastgohning nol nuqtasiga nisbatan aniqlanadigan va boshqaruvchi dastur bo’yicha ishlay boshlash uchun foydalaniladigan nuqta.
Dastgohning qat’iy belgilangan nuqtasi – dastgohning nol nuqtasiga nisbatan aniqlanadigan va dastgoh ish organini holatini aniqnish uchun foydalaniladigan nuqta.
Ishlov berishni boshlash nuqtasi – konkret zagotovkaga ishlov berish nuqtasi.
Detalning nol nuqtasi – detaldagi nuqta bo’lib, detalning barcha o’lchamlari shu nuqtaga nisbatan beriladi.
Erkin nol – RDB tizimining ish organining siljishini hisoblash boshini dastgohning nol nuqtasiga nisbatan istalgan holatga qo’yish hossasi.
|
| |