• Nazorat savollari
  • RDB texnologik qurilmalarining vazifalari




    Download 20,07 Kb.
    bet3/3
    Sana19.12.2023
    Hajmi20,07 Kb.
    #123647
    1   2   3
    Bog'liq
    9-ma’ruza. Avtomatlashtirilgan RDB texnologik jihozlari.

    9.3. RDB texnologik qurilmalarining vazifalari.
    RDB texnologik qurilmasi deyilganda boshqaruvchi dasturga va boshqariladigan ob’ektning holati to’g’risidagi axborotga muvofiq dastgohning ish bajaruvchi organlariga boshqarish ta’sirini ko’rsatuvchi qurilma tushuniladi.
    RDB texnologik qurilmasining to’rt xil vazifasini ko’rsatish mumkin:

    1. Detalning shakllanishini boshqarish (RDB ni geometrik vazifasi. Bu vazifa chizmadagi geometrik axborotni chizmani konkret buyumga aylantiruvchi shakl yasovchi harakatlarga o’zgartirishdan iborat.

    2. Dastgohni diskret avtomatikasini boshqaish (RDB ning mantiqiy vazifasi). Bu vazifa texnologik ta’minot bilan bog’liq bo’lgan bir qancha yordamchi ishlarni avtomatlashtirishdan iborat. Bunday ishlarga asbobni avtomatik almashtirishni boshqarish; asosiy harakat va surish yuritmalaridagi almashlab ulashlarni boshqarish; siqish qurilmalarini, sovitish, moylash, ihotlarni siljitish va h.k. ishlarni boshqarish kiradi. Bu vazifalarni hal etish uchun siklli elektroavtomatika tizimlari yaratilgan.

    3. Dastgohni ish jarayonini boshqarish (RDB ni texnologik vazifasi). Bu vazifa ishlov berilayotgan detallarning talab etilgan sifatiga kam xarajatlar bilan erishishdan iborat. Sifatning asosiy ko’rsatgichlari sirtlarga ishlov berish aniqligi va ularning o’zaro joylashish aniqligi, shuningdek g’adir-budirlik darajasidan iborat. Dastgohning ish jarayonini boshqarishga asbobning holatini nazorat qilish va aniqlash, uni o’lchamga moslab o’rnatish ishlari misol bo’la oladi.

    4. Atrof ishlab chiqarish muhiti bilan o’zaro ta’sirda bo’lish (RDB ning terminal vazifasi). Bunday o’zaro ta’sirga operator va boshqa boshqarish tizimlari bilan muloqotda bo’lish kiradi.

    Geometrik va texnologik axborot bo’ladi.
    Geometrik axborot detal va asbobning shaklini, ulardagi elementar yuzalarning o’lchamlarini va ularni fazoda o’zaro joylashishini tasvirlaydi.
    Texnologik axborot detalning texnologik tavsilotlarini va uni tayyorlash sharoitlarini tasvirlaydi.
    RDB dastgohlarida barcha axborot ma’lum kod yordamida kodlanadi. Kod qator qoidalardan va bir turdagi axborotni boshqa turdagi axborotga o’zgartirishda qo’llaniladigan qator shartli belgilardan iborat.
    Ikkili axborotning birinchi darajasi (eng kichik) birligi bit deb ataladi. Bayt – ikkita axborot miqdorini bildiruvchi birlik. Bir bayt – sakkiz bitga teng.
    Kilobayt - ikkita axborot miqdorining ko’rsatuvchi birlik. Bir kilbayt 1024 (≈ 103) baytga teng.
    Megabayt – ikkili axborot miqdorini bildiruvchi birlik. Bir megabayt 1048576 (≈ 106) baytga teng.
    Mashina so’zi – EHM bloklarining darajaligiga qarab mos holda 1, 2 va 4 bayt (8, 16 yoki 32 bit) ga teng axborot sig’imi.
    Tayanch nuqta – hisoblangan traektoriyaning nuqtasi. Bu nuqtada yo shu traektoriyani tasvirlovchi qonun o’zgaradi, yoki texnologik jarayonning borish sharoitlari o’zgaradi.
    Ekvidistanta – detal kontruning Chiziqlaridan teng masofadagi Chiziq.
    Approksimatsiya – bir funktsional bog’lanishni ma’lum aniqlikda boshqa funktsional bog’lanish bilan almashtirish jarayoni.
    Interpolyatsiya – tekislikda yoki fazoda asbob markazining harakat traektoriyasidagi oraliq nuqtalarning koordinatalarini olish (yoki hisoblash).
    Geometrik element – hisoblangan traektoriyaning yoki detal konturining bir qonun bo’yicha koordinatalar tizimida ko’rsatilgan uzluksiz qismi.
    Interpolyator – RDB tizimining hisoblash bloki. Bu blok dastgoh ish organining koordinata o’qlari bo’ylab siljishi uchun boshqaruvchi ta’sirlarni navbati bilan beradi. Bunda ish organlari dastgohni boshqarish dasturida ko’rsatilgan tayanch nuqtalarining koordinatalari o’rtasidagi funktsional bog’lanishga mos holda siljiydi.


    Nazorat savollari:

    1. Ekvidistanta nima?

    2. Adaptiv RDB nima?

    3. Pozitsion RDB nima?

    4. Konturli RDB nima?

    5. Approksimatsiya nima?

    6. Boshqaruvchi dastur nima?

    7. Geometrik element nima?

    8. Boshqaruvchi dastur kadri nima?

    9. Interpolyatsiya va interpolyator farqi nimada?

    10. RDB texnologik qurilmasining vazifalari?

    Download 20,07 Kb.
    1   2   3




    Download 20,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    RDB texnologik qurilmalarining vazifalari

    Download 20,07 Kb.