RDB texnologik jihozlarining boshqarish xillari




Download 20,07 Kb.
bet2/3
Sana19.12.2023
Hajmi20,07 Kb.
#123647
1   2   3
Bog'liq
9-ma’ruza. Avtomatlashtirilgan RDB texnologik jihozlari.

9.2. RDB texnologik jihozlarining boshqarish xillari.
Dastgohni pozitsion, konturli va adaptiv RDB xillari bor.
Pozitsion RDB – boshqarish xilli bo’lib, bunda dastgohning ish organlari topshiriqdagi nuqtalarga ko’chish traektoriyalari ko’rsatilmagan holda ko’chadi. Maskur boshqarish asosan, parmalash-teshik yo’nish dastgohlarida va asbobning o’qi topshiriqdagi nuqtaga o’rnatilgandan keyin ishlov berish boshlanadigan boshqa dastgohlarda qo’llaniladi.
Konturli RDB – boshqarish xili bo’lib, bunda dastgohning ish organlari ishlov beriladigan zarur kontur hosil bo’lgunga qadar topshiriqdagi traektoriya bo’ylab va topshiriqdagi tezlikda siljildi. Bunday boshqarish shakl yasovchi murakkab harakatlar mavjud bo’lgan dastgohlarda, masalan, tokalik, frezalash va boshqa dastgohlarda qo’llaniladi. Shakl yasovchi murakkab harakat oddiy harakatlarning bir vaqtda bir necha koordinatalar bo’ylab bajarilish natijasida paydo bo’ladi.
Adaptiv RDB – boshqarishning bu usulida zagotovkaga ishlov berish jarayoni ishlov berish sharoitlarining o’zgatishiga avtomatik moslashadi. Ishlov berish sharoitilari kesish chuqurligi, zagotovka ashyosining kattaligi, “dastgoh-moslama-asbob-detal” tizimining bikrligi va h.k.ga qarab o’zgaradi.
RDB tizimi – deyilganda bajariladigan ishi jihatdan o’zaro bog’langan va o’zaro ta’sirda bo’lgan, dastgohning boshqarilishini ta’minlaydigan texnikaviy va dasturli vositalar majmuasi tushuniladi. RDB tizimlari ochiq va berk bo’ladi.
Boshqarishning ochiq tizimilarda (teskari bog’lanish yo’q bo’lgan tizimlarda) faqat topshiruvchi axborotdan ya’ni axborotlarning bir oqimidan foydalaniladi. Bunday tizimlarda boshqaruvchi dasturlarning bajarilishi ustidan nazorat va texnologik jarayonni bajarishda sodir bo’ladigan g’alayonlar to’g’risida axborot bo’lmaydi.
Boshqarishning berk tizimlari topshiruvchi axborotdan hamda boshqaruvchi dasturning bajarilishi va texnologik jarayonning qanday kechayotganligi to’g’risida teskari bog’lanish axborotidan birgalikda foydalanish asosida ishlaydi.
Boshqaruchi dastur dastur tashuvgichlarga yoziladi. Dastur tashuvchilar ichki va tashqi bo’ladi. Tashqi dastur tashuvchilarga perfolentalar, perfokartalar, magnit tasmalar, sim, barabanlar va disklar, kinotasma kiradi. Ichki dastur tashuvchilarga shtekkerli panellar kommutatorlar, almashlab ulagichlar yoki knopkalar (tugmachalar) o’rnatilgan panellar, elektron nur trubkalar va h.k. kiradi. Tashqi dastur tashuvchilarni tez almashtirish mumkin, ichki dastur tashuvchilar esa RDB qurilmasining ajralmas qismi bo’ladi.
Barcha dastur tashuvchilar sig’imi, axborotni yozish va hisoblash tezligi, tez almashtirilishi (tashqi dastur tashuvchilar), puxtaligi, narxi va h.k. bilan tavsiflanadi.
RDB tizimlari dasturni ifodalaydigan axborot xarakteriga qarab uzluksiz, diskret va diskret uzluksiz bo’ladi. Uzluksiz tizimlarga fazali tizimlar (fazali modullash tizimi) misol bo’la oladi. Bularda dastur fazasi dasturlanadigan qo’shimchalarga mutanosib bo’lgan sinusoidal kuchlanish bilan beriladi. Ko’pchilik frezalash dastgohlari RDB uzluksiz tizimlari bilan jihozlangan.
Diskret tizimlariga qadam – Impulsli va hisob-Impulsli tizimlar kiradi. Ochiq tizimlarga kiradigan qadam-Impulsli tizimlarda harakat manbai sifatida momentni kuchaytirgichli qadamli dvigatellar ishlatiladi. Hisob-Impulsli tizimlarda teskari bog’lanish datchiklari bilan jihozlangan hisoblash sxemalaridan foydalaniladi. Bunday tizimlar turli guruhdagi zamonaviy dastgohlarda keng qo’llaniladi.

Download 20,07 Kb.
1   2   3




Download 20,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



RDB texnologik jihozlarining boshqarish xillari

Download 20,07 Kb.