|
Logistikada transport turlari va vazifalari
|
bet | 2/3 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 298,2 Kb. | | #241390 |
Bog'liq Davronov Hasan (2)Logistikada transport turlari va vazifalari
Transport moddiy ishlab chiqarish sohasi b o ‘lib, yuk va odamlami tashishni amalga oshiradi. Vazifasi bo‘yicha transport ikki turga ajratiladi:
1. Umumiy foydalanish transporti — yuk va yoiovchilarni tashib, barcha xalq xo‘jaligi tarm oqlariga xizmat ko‘rsatadi. Umumiy foydalanish transporti aholiga va xizmat ko‘rsatish sohasiga xizmat ko‘rsatadi. Umumiy foydalanish transporti o‘z ichiga temir yo‘l, suv transporti (daryo va dengiz) ni, avtomobil, havo transporti va truboprovod transportini oladi.
2. Umumiy foydalanishga m o‘ljallanmagan transport — ishlab chiqarish ichidagi transport ham da notransport tashkilotlariga tegishli bo‘lgan barcha transport turlari. Aniq yuk tashish jarayonini uzviy bog'langan bosqich va operatsiyalarga boiingan tizim orqaii amalga oshirib, natijada yuk tashishda yuqori samaraga erishishga yuk tashish jarayoni texnologiyasi deyiladi. Transport logistikasi — transport tizim lari ni optimallashtirish, transport vositasining turi va tiphii tanlash; turii kanalli yo‘nalishdagi mol yetkazib berishlami aniqlash; transport-ombor jarayoni texnologik birligini ta’minlash. Transport orqaii yuk tashishni tashkil etish bilan bog‘liq kompleks masalalar transport logistikasining predmetidir.
Transport logistikasining asosiy prinsipi xarajatlarni optimal - lashtirishdir.
Transport logistikasining asosiy vazifalari:
• transport vositalari turini tanlash;
• transport vositalari tipini tanlash;
• transport jarayonini ombor va ishlab chiqarish jarayoni bilan birgalikda rejalashtirish;
• har xil turdagi transportda transport jarayonini birgalikda rejalashtirish (aralash yuk tashish holatida);
• transport-ombor jarayoninirig birligini ta’minlash;
• yetkazib berishning ratsional yo‘nalishlarini tanlash.
Transport vositasini tanlashda quyidagi tamoyillaiga asoslaniladi:
• yuklaming yo‘qolmasligi;
• ularning joylashuvi va yuk ko‘tarish darajasidan samarali foydalanish;
• yuk tashish xarajatlarini kamaytirish.
Transport tarkibiy jihatdan ishlab chiqarish va savdo jarayonlariga kirishib ketadi. Shu boisdan transport tarkibiy qismi logistikasining koplab vazifalarida ishtirok etadi. Shu bilan birgalikda logistikaning yetarii ravishda mustaqil boigan transport sohasi mavjud boiib, moddiy vositalar oqimining harakatlanishida ishlab chiqarish omborlari bilan bevosita bog‘- lanmagan holda transport jarayonlarining ishtirokchilari o'rtasida kelishmasdan ham ko‘rib chiqilishi mumkin. Transport kompleksidagi texnik birikishlar transport vositalarining ayrim turlari ichida ham ko'rsatkichlarining muvofiqlashuvini bildiradi. Bu muvofiqlashuv uzoq masofalarga tashishi, konteynerlar va yuk o‘ramlari bilan ishlash imkoniyatlarini beradi. Texnologik birikish yagona transportda tashish texnologiyasini, bevosita yuklash va tushirish, tushirib yuklanmaydigan vo‘nalishlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Iqtisodiy birikish bu bozor vaziyatini tadqiq etishning umumiy uslubiyati boiib, tarif tizimining shakllanishidir.
Transport turlarini tanlashda, ya’ni aniq yukni tashish uchun qulay bo‘lgan turlicha transport turlarining xususiyatlari haqidagi axborotlar asos bo'ladi. Bu yerda oltita omil belgilanadi: yetkazib berish vaqti, yuk jo ‘natish chastotasi, yuk yetkazib berish jadvalini bajarish, har xil yuklarni tashish qobiliyati, yuk tashish qiymati, yuklarni har qanday joyga yetkazib berish. Turii xildagi omillarning ahamiyatlarini baholashning ekspert farqlari shuni koprsatadiki, transport turlarini tanlashda, birinchi navbatda, quyidagilar e’tiborga olinadi:
— yuklarni yetkazishning jadvaliga amal qilish;
— yukni yetkazish vaqti;
— yukni tashishing qiymati.
Transport turining to‘g‘ri aniqlanishi texnik iqtisodiy hisobkitoblar bilan tasdiqlangan, barcha turii xil transport xarajatlarga asoslangan bo‘lishi kerak.
|
| |