Akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti akt sohasida iqtisodiyot kafedrasi




Download 203.54 Kb.
bet3/13
Sana18.09.2022
Hajmi203.54 Kb.
#26070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Negmatova Nilufar hisobot

KAFEDRA TARIXI
“Iqtisod” kafedrasi 1971 yilda universitet “Siyosiy iqtisod” kafedrasi ikki mustaqil kafedraga bo‘linishi natijasida dastlab “Aloqa korxonalari iqtisodiyoti, rejalashtirish va boshqaruv” deb nomlandi. Kaferdani 1971-1974 yillarda X.S.Mansirev boshqardi.
Kaferdaga 1974-1986 yillarda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent V.G.Butkeyev, 1986-1991 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent O.Ye.Yakovlevlar mudirlik qildilar.
Kafedraga 1991-2011 yillarda o‘z kasbini chuqur egallagan, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent T.M.Butkeyeva mudirlik qilgan.
1996 yilda iqtisodiy yo‘nalishlari bo‘yicha yangi fakultet - O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining 1996 yil 20 maydagi 175-sonli buyrug‘iga asosan muhandis-iqtisodchi fakulteti tashkil qilinishi sababli kafedra tarkibidan “Aloqa korxonalarning iqtisodiyoti” kafedrasi ajralib chiqdi.
2002 yil 13 dekabrdan Universitet rektorining buyrug‘i bilan “Iqtisod” kafedrasi deb yuritila boshlandi.
“Iqtisod” kafedrasiga 2012-2013 yillarda iqtisod fanlari nomzodi Sh.E.Sindarov mudirlik qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi PQ-1942 son qarori talablarga muvofiq Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish natijasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab yangi “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha talabalar qabuli boshlanadi va 2013 yildan kafedra nomi “AKT sohasida iqtisodiyot” deb yuritila boshlandi.
Kafedraga 2013-2016 yillarda iqtisod fanlari nomzodi S.P.Achilova, 2016 yil 4-sentyabrdan 2016 yil 10 oktyabrgacha iqtisod fanlari nomzodi X.A.Qobulov mudirlik qilgan.
Bugungi kunda ushbu kafedraga 2016 yil 12 oktyabrdan iqtisod fanlari nimzodi, dotsent N.A.Iminova mudirlik qilmoqda.
Kafedra o‘qituvchilari kafedra ilmiy mavzusi bilan bog‘liq muammolarga bag‘ishlangan seminarlar hamda xalqaro, respublika ilmiy-texnik va ilmiy-metodik konferentsiyalarda ishtirok etib kelmoqdalar. Bundan tashqari, kafedra o‘qituvchilari tomonidan respublika va xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar muntazam ravishda chop etilmoqda.


Download 203.54 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 203.54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti akt sohasida iqtisodiyot kafedrasi

Download 203.54 Kb.