Muomalaga chiqadigan subyektlarning xususiyatiga ko'ra ul




Download 203.54 Kb.
bet9/13
Sana18.09.2022
Hajmi203.54 Kb.
#26070
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Negmatova Nilufar hisobot

Muomalaga chiqadigan subyektlarning xususiyatiga ko'ra ulgurji va chakana savdoni ajratish mumkin. Chakana savdoda, asosan, sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do‘konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda mahsulotlar yirik partiyalarda ko’tarasiga sotiladi.
Bozoming asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib iste’mol tovar­lari va xizmatlar bozori hisoblanadi. Bu bozorda xo‘jalik subyektlarining barcha uchta turi: uy xo‘jaliklari, davlat va korxonalar qat­nashadi.
Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus turi intellektual tovarlar bozoridir. Bu bozorda aqliy mehnat mahsuli bo’lgan tovarlar - ilmiy g‘oyalar, texnika yangiliklari, san’at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi qilinadi. Intellektual bozor tarkibida ilmiy-texnika ishlanmalarini ayirboshlash katta o‘rin tutadi. U amalda patent, litsenziya va nou-xau sotishdan iborat bo’lib, bu bozorda asosan, innovatsiya firmalari ish ko‘radi. Mazkur firmalar yangiliklar yaratish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha xiz­mat ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida tovar sifatidagi mehnat vositalari va materiallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda mashina, asbob-uskuna, xomashyo, yoqilg‘i va materiallar kabi ishlab chiqarish vositalari ulgurji ravishda sotiladi. Resurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy iste’molga emas, ishlab chiqarish iste’moliga xizmat qiladi, ya’ni ishlab chiqarish talabini qondiradi.
Bozoming barcha subyektlari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste’mol tovarlari va resurslar bozori orqali ancha to‘liq va yorqin namoyon bo‘ladi (4-rasm).
Uy xo‘jalik]ari va davlat iqtisodiy resurslarga egalik qilib, ulami resurslar bozoriga yetkazib beradi. Kor­xonalar resurslarga talab bildiradi. Korxonalaming resurslami sotib olishga sarflagan pul mablaglari resurslami yetkazib beruvchilaming daromadlari (ish haqi, renta, foiz va foyda) oqimini tashkil qiladi.



Resurslar bozori

Firma (korxona)

Iqtisodiy resurslar

pul mablag`lari






tovar va xizmarlar iqtisodiy resurslar




Davlat




Tovar va xizmarlar tovar va xizmarlar




Uy xo`jaliklari

Iste’mol tovarlari bozori

pul mablag`lari

tovar va xizmarlar

4-rasm. Iste’mol tovarlari bozori va resurslar bozori hamda bozor subyektlati o’rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati
Uy xo‘jaliklari resurslami sotishdan olinadigan pul daromadlarini sarflash jarayonida ko‘plab tovar va xizmatlarga o‘zlarining talabini bildiradi. Bir vaqtda korxonalar aynan shu bozorda tovar va xizmat­lami taklif qiladi. Tovar va xizmatlarga iste’mol sarflari oqimi korx­onalaming pul tushumi yoki daromadini tashkil qiladi.
Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bo­zori tashkil qiladi. Ishchi kuchi bozorida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan iqtisodiy resursning oldi-sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozorda biznes tomonidan ishchi kuchiga bo‘lgan talab, uy xo‘jaliklari tomonidan bildirilgan ishchi kuchi taklifi bilan to‘qnash keladi. Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida iqtisodiy subyektlarning ikki turi - tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi. Ishchi kuchi insonning mehnat qilish qobiliyati sifatida tovarga aylanadi, bu qobiliyat bozor orqali uning egasidan ajratib olinishini bildirmaydi. Ishchi kuchi bozorida insonning o‘zi emas, uning mehnat qilish qo­biliyati ma’lum muddatga sotiladi.
Moliya bozori turli-tuman va ko‘p jihatli bo’lsa ham oldi-sotdi obyekti bitta, ya’ni pul (pulga tenglashtirilgan qog‘ozlar) hisoblanadi. Ortiqcha mablag’larga ega bo‘lgan xo‘jalik subyektlari o‘z moliyaviy resurslarini ularga ehtiyoj sezgan subyektlarga taklif qiladi.
Moliya bozorini moliyaviy bitimlarning harakatiga qarab turkumlash mumkin. Bunda moliya bozori ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari bozori va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarzga olinadi va shaxsiy iste’mol uchun ishlatila- di. Kapital (mulk) bozorida jamg‘arishga qo‘yilgan puldan daro­mad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag‘lar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapi­tal bozorini ikkita bo‘g‘inga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori. Ssuda kapitali bozori-pul shaklidagi kapitalning foiz to‘lash sharti bilan qarzga berish bo‘yicha oldi- sotdi munosabatidir. Bu bozorda asosan davlat va banklaming qisqa muddatli majburiyatlari muomalada bo’ladi.



Qimmatli qog‘ozlar bozori - turli ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar) ning oldi-sotdi munosabati. Mazkur bozor amalda fond birjalari, auksionlar va banklardan iborat bolib, unda broker va dilyerlar vositachilik qiladi. Qimmatli qog‘ozlaming harakati xususiyati bo‘yicha moliya bozori birlamchi va ikkilamchi (hosila) bozorlarga bo‘linadi. Birlamchi bozorda yangi nusxadagi qogozlar sotiladi va sotib oli­nadi, ikkilamchi bozorda oldin chiqarilgan qimmatli qog'ozlar harakat qiladi. Birlamchi bozorda qimmatli qog‘ozlar otilsa, ikkilamchi bozorda qayta sotiladi. Iqtisodiyot uchun qimmatli qog‘ozlaming ikkilamchi bozori favqulodda muhim ahamiyatga ega. U xo‘jalik subyektlari o‘rtasida moliyaviy vositalaming erkin harakat qilishini ta’minlaydi. Bozorning samarali amal qilishi ko‘p jihatdan uning infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga bog‘liqdir.

Download 203.54 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 203.54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muomalaga chiqadigan subyektlarning xususiyatiga ko'ra ul

Download 203.54 Kb.