masofaviy modullar
nafaqat AG bilan, balki kirish media shlyuzlari (AMG)
bilan
ham osongina bog`lana oladi.
1.7-rasm. UFTT va NGN tarmoqlari birlanishishining yakunlovchi bosqichi
NGN ga xos bo`lgan demokratizm mavjuddir: trafikni uzatish va/yoki xizmatlarni
taqdim etishni ta`minlovchi istalgan texnologiya, transport texnologiyasi deb
hisoblanishi mumkin. Shunga o`xshash, transport tarmog`i resurslariga
abonentlar
kirishini ta`minlovchi istalgan texnologiya, abonent yoki kirish texnologiyasi deb
hisoblanishi mumkin.
Transport va kirish texnologiyalarining bunday keng talqin qilinishi hozirning
o`zida ikkala tur uchun turli echimlarni keltirib chiqardi. Transport tarmoqlarining
eng ommaviy texnologiyalari: SDH (xozirda endi NGSDH), ATM, MPLS/IP,
Frame Relay, WDM, magistral Ethernet (10 Gigabit Ethernet).
Kirish ommaviy texnologiyalari nisbatan son-sanoqsiz, chunki nafaqat NGN
tarmoqlariga abonent kirish texnologiyalarini, shuningdek an`anaviy abonent kirish
texnologiyalarini xam qamraydi. Bular PDH, ISDN, abonent Ethernet i, IP, xDSL
va VDSL, FTTx/PON, Wi-Fi va WiMAX, WLL, HPNA, CATV va HDTV, Fibre
Channel. Shuningdek bularga telefon kanallari va modemli aloqaning an`anaviy
texnologiyalari kiradi.