Alamiy matematika




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/33
Sana07.06.2024
Hajmi1,81 Mb.
#261447
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
e6077933-4123-4774-8cff-1eae13c7f186

Operator tushunchasi:
Programmalash tili operatorlari yechilayotgan masala 
algoritmini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Operatorlar chiziqli va boshqaruv
operatorlariga bo’linadi. Aksariyat holatlarda operatorlar nuqtali vergul (‘;’) belgisi 
bilan tugallanadi va u kompilyator tomonidan alohida operator deb qabul 
qilinadi(for operatorining qavs ichida turgan ifodalari bundan mustasno). Bunday 
operator ifoda operatori deyiladi. Qiymat berish amallari guruhi, xususan, qiymat 
berish operatorlari ifoda operatorlari hisoblanadi: 
i++; --j; k+=I; 
Programma tuzish amaliyotida bo‘sh operator – ‘;’ ishlatiladi. Garchi bu 
operator hech nima bajarmasa ham, hisoblash ifodalarini til qurilmalariga mos 
kelishini ta’minlaydi. Ayrim hollarda yuzaga kelgan «boshi berk» holatlardan chiqib 
ketish imkonini beradi. 
O’zgaruvchilarni e’lon qilish ham operator hisoblanadi va ularga e’lon 
operatori deyiladi. 
 
Shart 
operatorlari:
Oldingi 
bobda 
misol 
tariqasida 
keltirilgan 
programmalarda amallar yozilish tartibida ketma-ket va faqat bir marta bajariladigan 
holatlar, ya’ni chiziqli algoritmlar keltirilgan. Amalda esa kamdan-kam masalalar 
shu tariqa yechilishi mumkin. Aksariyat masalalar yuzaga keladigan turli holatlarga 
bog‘liq ravishda mos qaror qabul qilishni (yechimni) talab etadi. C++ tili 
programmaning alohida bo‘laklarining bajarilish tartibini boshqarishga imkon 
beruvchi qurilmalarning yetarlicha katta majmuasiga ega. Masalan, programma 
bajarilishining birorta qadamida qandaydir shartni tekshirish natijasiga ko‘ra 
boshqaruvni programmaning u yoki bu bo‘lagiga uzatish mumkin (tarmoqlanuvchi 
algoritm). Tarmoqlanishni amalga oshirish uchun shartli operatordan foydalaniladi. 
 
If operatori: 
if operatori qandaydir shartni rostlikka tekshirshi natijasiga 
ko‘ra programmada tarmoqlanishni amalga oshiradi: 
if ( );
Bu yerda  har qanday ifoda bo‘lishi mumkin odatda u taqqoslash amali 
bo‘ladi.
Agar shart 0 qiymatidan farqli yoki rost (true) bo‘lsa, bajariladi, aks 
holda, ya’ni shart 0 yoki yolg‘on (false) bo‘lsa, hech qanday amal bajarilmaydi va 


boshqaruv if operatoridan keyingi operatorga o’tadi (i (agar u mavjud bo‘lsa). Ushbu 
holat 7 –rasmda ko‘rsatilgan. 
7-rasm. if() shart operatorining blok sxemasi 
C++ tilining qurilmalari operatorlarni blok ko‘rinishida tashkil qilishga imkon 
beradi.Blok – ‘{‘ va ‘}’ belgi oralig‘iga olingan operatorlar ketma-ketligi bo‘lib, u 
kompilyator tomonidan yaxlit bir operator deb qabul qilinadi. Blok ichida e’lon 
operatorlari ham bo’lishi mumkin va ularda e’lon qilingan o‘zgaruvchilar faqat shu 
blok ichida ko‘rinadi (amal qiladi), blokdan tashqarida ko‘rinmaydi. Blokdan keyin 
‘;’ belgisi qo‘yilmasligi mumkin, lekin blok ichidagi har bir ifoda ‘;’ belgisi bilan 
yakunlanishi shart. 
Quyida keltirilgan programmada if operatoridan foydalanish ko’rsatilgan. 
#include  
int main() 

int b; 
cin>>b; 
if (b>0) 
{ //b>0 shart bajarilgan holat 
… 
cout<<’’b- musbat son’’; 
… 

if (b<0) 


cout<<’’b – manfiy son’’; //b<0 shart bajarilgan holat 
return 0; 

Programma bajarilishi jarayonida butun turdagi b o‘zgaruvchi e’lon qilinadi 
va uning qiymati klaviaturadan o‘qiladi. Keyin b qiymatini 0 sonidan kattaligi 
tekshiriladi, agar shart bajarilsa(true) , u holda ‘{‘ va ‘}’ belgilar ichidagi operatorlar 
bajariladi va ekranga “b – musbat son” xabari chiqadi. Agar shart bajarilmasa, bu| 
operatorlar cheklab o‘tiladi. Navbatdagi shart operatori b o‘zgaruvchi qiymati 
manfiylikka tekshiradi, agar shart bajarilsa, yagona cout ko‘rsatmasi bajariladi va 
ekranga “b – manfiy son” xabari chiqadi. 

Download 1,81 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish