• Obyektga Yo’naltirilgan Dasturlashning Asosiy Tamoyillari Abstraktsiya
  • Inkapsulyatsiya
  • Obyektga yo’naltirilgan dasturlashning afzalliklari




    Download 169,96 Kb.
    bet3/4
    Sana09.01.2024
    Hajmi169,96 Kb.
    #132897
    1   2   3   4
    Bog'liq
    OOP-parafdigmalar

    Obyektga yo’naltirilgan dasturlashning afzalliklari

    • Masshtabli va yangilanishi mumkin – barcha ma’lumotlarni bir joyda saqlash mumkin.

    • Xavfsizlik – inkapsulyatsiya va abstraktsiya yordamida murakkab kod yashiringan bo’ladi, texnik xizmat ko’rsatish osonroq va protokollar himoyalangan.

    • Samaradorlik — kodni saqlash va qayta foydalanishni osonlashtiradi.

    • Modullilik – inkapsulyatsiya obyektlarni avtomatik ravishda saqlashga imkon beradi hamda hamkorlik va muammolarni bartaraf etish uchun aniq modulli tuzilmani ta’minlaydi.

    • Qayta foydalanish imkoniyati – komponentlar qayta ishlatilishi mumkin, bir xil kod bir necha marta moslashtirilishi va o’zgartirilishi mumkin.

    Obyektga Yo’naltirilgan Dasturlashning Asosiy Tamoyillari
    Abstraktsiya: Siz velosiped haydashni bilasizmi? Buni qanday qilasiz? Bu juda oddiy jarayon. Siz shunchaki pedalni aylantirishni boshlaysiz va velosiped ishga tushadi. Agar tezroq haydashni istasangiz, oyoqlaringiz harakatini tezlashtirasiz. Mabodo to’xtashni yoki tezlikni pasaytirishni xohlasangiz pedalni orqaga burasiz. Faqat shu ko’nikmalar orqali siz velosiped haydashni bemalol uddalaysiz. Demak, velosiped haydash uchun uning barcha qismlarining nomlarini bilishingiz kerakmi? Yo’q, siz texnik bilimsiz velosipedni haydashingiz mumkin. Bu aynan – Abstraktsiya, ya’ni oddiygina muhim tafsilotlarni aytib berish va orqa fon tafsilotlarini yashirish jarayonidir. Obyektlar faqat boshqa obyektlardan foydalanish uchun tegishli bo’lgan ichki mexanizmlarni ochib beradi, keraksiz kodlarni esa yashiradi.
    Inkapsulyatsiya: Hech qattiq shamollaganmisiz? Sizning shifokoringiz tabletka tiniq, ammo ichidagi mayda granulalarni ko’rishingiz mumkin bo’lgan dori-darmonlarni buyurganmi? Bu inkapsulyatsiyadir. Ushbu tamoyil barcha muhim ma’lumotlar obyekt ichida joylashganligini va faqat tanlangan ma’lumotlarning ochiqligini bildiradi. Inkapsulyatsiyada ma’lumotlar uning ichida saqlanadi. Kapsulaning afzalligi shundaki, u ichidagi tarkibni har qanday tashqi noto’g’ri foydalanish va shikastlanishdan saqlaydi. Inkapsulyatsiya – bu ma’lumotlarni manipulyatsiya qiluvchi va ularni tashqi aralashuvlardan himoya qiluvchi ma’lumotlar hamda funksiyalarni bir-biriga bog’lash jarayonidir.

    Download 169,96 Kb.
    1   2   3   4




    Download 169,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Obyektga yo’naltirilgan dasturlashning afzalliklari

    Download 169,96 Kb.