Algoritm tahlilining asoslari. Algoritmlar va uning xususiyatlari. Rekursiv algoritmlar, Rekurrent munosabatlari. Iterativ algoritmlar. Asosiy algoritmlar. Qidiruv va saralash algoritmlari




Download 2,45 Mb.
bet2/6
Sana29.05.2024
Hajmi2,45 Mb.
#256522
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Algoritm tahlili asoslariga kirish

4-xossa. Ommaviylik, ya‘ni har bir algoritm mazmuniga koʻra bir turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli boʻlishi lozim. Masalan, ikki oddiy kasr umumiy maxrajini topish algoritmi har qanday kasrlar umumiy maxrajini topish uchun ishlatiladi.

5-xossa. Natijaviylik, ya‘ni har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan soʻng albatta natija berishi lozim.

Bu xossalar mohiyatini oʻrganish va konkret algoritmlar uchun qarab chiqish talabalarning xossalar mazmunini bilib olishlariga yordam beradi.

Algoritmning tasvirlash usullari haqida gapirganda algoritmning berilish usullari xilma-xilligi va ular orasida eng koʻp uchraydiganlari quyidagilar ekanligini koʻrsatib oʻtish joiz:

1. Algoritmning so’zlar orqali ifodalanishi. Algoritmlarni ifodalashning eng kеng tarqalgan shakli - oddiy tilda so‘zlar bilan bayon qilishdir. Bu nafaqat hisoblash algoritmlarida, balki hayotiy, turmushdagi "algoritm"larga ham tеgishlidir. Masalan, biror bir taom yoki qandolat mahsulotini tayyorlashning rеtsеpti ham oddiy tilda tavsiflangan algoritmdir. Shaharlararo tеlеfon - avtomat orqali aloqa o‘rnatishning o‘ziga xos algoritmidan foydalanasiz. Do‘kondan yangi kir yuvish mashinasi yoki magnitofon sotib olinsa, ishni foydalanishning algoritmi bilan tanishishdan boshlaymiz.


2. Algoritmning formulalar yordamida berilishi. Algoritm matematik formulalar yordamida tavsiflanganda har bir qadam aniq formulalar yordamida yoziladi. Misol tariqasida
kvadrat tenglama yechimlari bo'lmish ni aniqlash algoritmini ko'rib chiqaylik.
1. a, b, с koeffitsiyentlar qiymatlari berilsin.
2. diskriminant hisoblansin.
3. D < 0 bo'lsa, tenglamaning haqiqiy yechimlari yo'q. Faqat haqiqiy ildizlar izlanayotgan bo'lsa, masala hal bo'ldi.
4. D = 0 bo'lsa, tenglama ikkita bir-biriga teng, ya'ni karrali yechimga ega bo'ladi va ular formulalar bilan hi-soblanadi. Masala hal bo'ldi.
5. D > 0 bo'lsa, tenglama ikkita haqiqiy yechimga ega, ular
formulalar bilan hisoblanadi. Ya'ni masala hal bo'ldi.
3. Algoritmning jadval ko’rinishida berilishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishdan ham ko‘p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo‘llanib kelinayotgan to‘rt xonali matematik jadvallar yoki turli xil lotereyalar jadvallari. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlari jadvali ko‘rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari sodda bo‘lgan tufayli ularni o‘zlashtirib olish oson.
4. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi, ya’ni algoritm kompyuter ijrochisiga tushunarli bo’lgan dastur shaklida beriladi.

Download 2,45 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 2,45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Algoritm tahlilining asoslari. Algoritmlar va uning xususiyatlari. Rekursiv algoritmlar, Rekurrent munosabatlari. Iterativ algoritmlar. Asosiy algoritmlar. Qidiruv va saralash algoritmlari

Download 2,45 Mb.