|
Mustaqil bajarish uchun misollar
| bet | 131/179 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 1,78 Mb. | | #264284 |
Bog'liq AlgoritmlarMustaqil bajarish uchun misollar:
-
c simvoli berilgan. Uning kodi chop etilsin.
-
n(32≤n≤126) butun soni berilgan. Kodi n ga teng bo‘lgan simvol chop etilsin.
-
c simvoli berilgan. c simvoldan (jadvalda) oldin va keyin joylashgan 2 ta simvol chop etilsin.
-
n (1≤n≤26) soni berilgan. Lotin alfavitidagi birinchi n ta bosh hartflar chop etilsin.
-
n (1≤n≤26) soni berilgan. Lotin alfavitidagi oxirgi n ta kichik hartflar chop etilsin.
-
Raqam yoki harfni aks ettiruvchi c simvol berilgan. Agar c raqam bo‘lsa, “raqam”, lotin harfi bo‘lsa “lat”, krill harfi bo‘lsa “rus” satri chop etilsin.
-
Bo‘sh bo‘lmagan satr berilgan. Uning birinchi va oxirgi simvollarining kodlari chop etilsin.
-
n(n>0) butun son va c simvol berilgan. c simvoldan tuzilgan n uzunlikka ega satr chiqarilsin.
-
n(n>0) juft soni va c1, c2, simvollar berilgan. c1 dan boshlab navbat bilan almashib keluvchi n uzunlikka ega c1 va c2 dan tuzilgan ketma-ketlik chop etilsin.
-
Satr berilgan. Uni joylashish o‘rniga nisbatan teskari tartibda chop etilsin.
-
Bo‘sh bo‘lmagan s satr berilgan. s satrda joylashgan simvollarning orasiga bittadan bo‘sh joy qo‘yib chop etilsin.
-
Bo‘sh bo‘lmagan s satr va n(n>0) butun soni berilgan. s satrdagi simvollar orasiga n tadan “*” qo`yib chop etilsin.
-
Satr berilgan. Unda joylashgan raqamlar soni hisoblansin.
-
Satr berilgan. Undagi lotin alfavitining bosh harflari soni hisoblansin.
-
Satr berilgan. Satrga kirmagan barcha lotin va rus harflarining soni hisoblansin.
-
Satr berilgan. Berilgan satrdagi barcha bosh harflar kichik harflarga aylantirilsin.
-
Satr berilgan. Berilgan satrdagi barcha kichik harflar bosh harflarga aylantirilsin.
-
Satr berilgan. Berilgan satrdagi barcha bosh harflar kichik harflarga, kichik harflar bosh harflarga aylantirilsin.
-
Butun musbat son berilgan. Bu sonni tasvirlovchi raqamlardan iborat simvollar chapdan o‘ngga qaragan tartibda chop etilsin.
-
Butun musbat son berilgan. Bu sonni tasvirlovchi raqamlardan iborat simvollar o‘ngdan chapga qaragan tartibda chop etilsin.
-
Butun musbat sonni tasvirlovchi satr berilgan. Bu sonning raqamlari yig‘indisi hisoblansin.
|
| |