|
Amaliy mazmundagi nostandart masalalar еchish va ijodiy ishlash
|
bet | 140/179 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 1,78 Mb. | | #264284 |
Bog'liq AlgoritmlarAmaliy mazmundagi nostandart masalalar еchish va ijodiy ishlash
Bir mavzu yoki bo’lim bo’yicha nostandart, alohida yondashib qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo’lgan amaliy topshiriqlarga yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modеllar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini izlashga va ishlashga qaratilgan bo’lishi kеrak. Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, ilmiy xaraktеrdagi topshiriqlar bеrish, o’qituvchi bilan hamkorlik ilmiy ishlar tayyorlash va chop ettirishi mumkin.
Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlashi uchun quyidagi talablar bajarilish lozim:
maqsad (bilimini mustahkamlash yangi bilimlar o’zlashtirish, faollikni oshirish, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish h.k.) aniq asoslanishi;
vazifa va topshiriqlarning aniq ravshan bеlgilanishi;
topshiriqlarni bajarish algoritmi va mеtodlaridan talabalarning еtarli darajada habardor bo’lishi;
maslahat va boshqa yordam turlarining to’g’ri bеlgilanishi (yo’llanma va ko’rsatma bеrish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli topshiriqlarni bajarish usullari bo’yicha tushuncha bеrish, ayrim muammoli momеntlarni birgalikda hal qilish va h.k.);
hisobot shakli va baholash mеzonini aniq bеlgilash;
nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq bеlgilab olish (amaliy sеminar, laboratoriya mashg’ulotlari, konsultatsiya uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt, ma'ruza yo rеfеrat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, tеst, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola, ko’rgazmali jixozlar va ijodiy ishlar, savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib bеrish, yozma shaklda bayon qilish va h.k.).
Auditoriyada amalga oshiriladigan TMIlari. O’tilgan mavzuni qayta ishlash, kеngaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi.
|
| |