• IF THEN ;
  • Tanlash operatori. Tanlash operatorining umumiy ko`rinishi
  • Algoritmlar




    Download 1,78 Mb.
    bet193/275
    Sana29.12.2020
    Hajmi1,78 Mb.
    #13001
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   275
    Belgi

    Ma’nosi

    =

    Teng

    < >

    Teng emas

    <

    Kichik

    >

    Katta

    < =

    Katta emas

    > =

    Kichik emas

    Agar mantiqiy ifodalar and, or, not - mantiq amallar yordamida ifodalansa, ular qavslarga olib yoziladi. Masalan



    Matematik yozilishi




    Algoritmik tilda yozilishi





    a = b = 0




    (x > = 6) and (x < 10)

    (x >1) and (x < = 4)

    (a=0) and (b=0)


    Shartli o`tish operatorining ishlatilishini misollarda ko`rib chiqamiz.

    IF y > 0 THEN d:= SQRT(y) ELSE d:= y;

    Bu erda agar y > 0 bo`lsa, u holda d:=sqrt(y) operatori, aks holda d:= y operatori bajariladi.

    IF (x mod 2 = 0) and (x > 0) THEN x:= sqrt(x) ELSE x:= sqr(x);

    Agar x ning qiymati juft va musbat bo`lsa, uning qiymati ildiz ostidan chiqariladi, aks holda kvadratga oshiriladi. Ayrim hollarda hisoblash jarayonida ayrim amallar ba’zi bir shartlar bajarilganda hisoblanadi, aks holda, hech qanday amal bajarilmaydi. Bu holda shartli o`tish opertorining qisqa ko`rinishidan foydalanamiz. Uning umumiy ko`rinishi quyidagicha:


    IF < mantiqiy ifoda > THEN < operator >;


    Operatorning bajarilish tartibi quyidagicha: agar mantiqiy ifoda true (chin) qiymat qabul qilsa, operator bajariladi, aks holda keyin turgan operatorlar bajariladi: IF x < 0 THEN y:= sqr(x):

    Shartli o`tish operatorining operatori o`rnida, o`z navbatida, yana shartli o`tish operatorning to`la va qisqa ko`rinishlarini ishlatish mumkin:IF B1 THEN A1 ELSE IF B2 THEN A2 ELSE A3;

    Bu yerda B1, B2 – mantiqiy ifoda, A1, A2, A3operatorlar. Bu operatorning bajarilishi quyidagicha: B1 – mantiqiy ifoda tekshiriladi, agar true qiymat qabul qilsa, A1 operator bajariladi, aks holda B2 – mantiqiy ifoda tekshiriladi, agar true qiymat qabul qilsa, A2 operator, aks holda A3 operator bajariladi.

    if x:= a then z:= sin(x) else if x > b then z:= sin(x)/ cos(x) else z:= cos(x);

    Agar birinch shart bajarilsa, z:= sin(x) operatori, aks holda ikkinchi shart x > b tekshiriladi va bu shart bajarilsa, z:= sin(x)/ cos(x) operatori, aks holda z:= cos(x) operatori hisoblanadi.Agar shartli o`tish operatorida then yoki else dan keyin bir necha operatorlar guruhi bajarilsa, ular begin va end – tarkibiy operatorda yoziladi. if A < 0 then begin x:= 5; y:= 3 end else begin x:= 0; y:= 0 end ; Misol. ax2+bx+c=0 kvadrat tenglamaning ildizlarini topish dasturini tuzing.

    Yechish. Formulasi d = b2 - 4ac; . Agar d >0 bo`lsa, 2 ta ildiz, d=0 da 1 ta ildiz va d< 0 da ildiz mavjudmas. Shulardan foydalanib dastur tuzamiz.
    Program KvT;

    Label 20;

    Var a, b, c, d, x, x1, x2: real;

    Begin

    Read(a,b,c);

    if a=0 then begin x:= -b/c; writeln(x); goto 20 end; else d:= sqr(b)-4*a*c;

    if d> 0 then begin x1:= (-b+sqrt(d))/(2*a); x2:= (-b-sqrt(d))/(2*a) end;

    else if d=0 then begin x:=-b/(2*a); writeln(x) end; else writeln(‘yechim yo`q’);

    20: End.


    Tanlash operatori. Tanlash operatorining umumiy ko`rinishi:


    CASE C OF M1 : A1; M2 : A2; ……. Mn : An END;

    Bu yerda case (tanlash) – xizmatchi so`z, of (dan), C – selektor, Mi – operatorlar belgilari, Ai – operatorlar (i=1 dan n gacha). CASE operatori tarmoqlanish jarayonini berilgan bir necha operatordan birini tanlash yo`li bilan amalga oshiradi. Tanlash operatorida barcha operatorlar, shu jumladan bajarilishi uchun tanlangan operator ham aniq ravishda keltiriladi (berilgan operatorlar ketma – ketligi chegaralangan). Bajarilishi kerak bo`lgan operator yoki operatorlar ketma – ketligi operator selektorining qiymatiga ko`ra aniqlanadi. Shartli o`tish operatorining quyidagi IF B THEN A1 ELSE A2 ko`rinishi tanlash operatorining quyidagi qurilishiga ekvivalentdir: CASE B OF True: A1; False: A2; END;

    qisqa ko`rinishdagi shartli o`tish operatorining quyidagi IF B THEN A ko`rinishi tanlash operatorining quyidagi ko`rinishiga ekvivalentdir: CASE B OF True: A; False: END;

    Misol.



    CASE T OF

    `*`, `/`: R:=1;



    `+`, `-`: R:=2

    END;

    Bu operatorning bajarilishi natijasida, agar T – belgili o`zgaruvchi “+” yoki “” belgi qiymatlarni qabul qilsa, R o`zgaruvchi 2 qiymatni, agar T o`zgaruvchi “*” yoki “/” belgini qabul qilsa, R o`zgaruvchi 1 qiymatni qabul qiladi.
    Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

    1. O`.T.Haitmatov va b.Informatika va axborot texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T. TKTI. 2005 y.

    2. O`.T.Haitmatov va b. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya ishlarini bajarish ushun uslubiy qo’llanma. T. TKTI. 2005 yHolmatov T.X.,Toyloqov N.I. Amaliy matematika, dasturlash va kompyuterning dasturiy ta’minoti. T.Mexnat, 2000 y. 27-32 b.

    3. В.А. Острейковский Лабораторный практикум по информатике: Учебное пособие для вузов. — М.: Высш. шк., 2003.

    4. Культин Н.Б.Программированиев Турбо Паскаль и Дельфи. СПб.:БХВ-Стнкт-Петербург,1999А.В. Петров и др. Вычислительная техника и программирование. Учебник для технических вузов.М.:Высш. шк.,1990.


    Mustaqil ishlash uchun misollar


    1. haqiqiy sonlar berilgan. Ularning eng kattasini aniqlang.

    2. haqiqiy sonlar berilgan. Ularning eng kichkinasini aniqlang.

    3. haqiqiy sonlar berilgan. Ularning eng kattasini va kichkinasini aniqlang.

    4. haqiqiy sonlar berilgan. Ularning eng kichkinasini aniqlang.

    5. haqiqiy sonlar berilgan. Ularning eng kattasi va eng kichkinasini aniqlang.

    6. haqiqiy sonlar berilgan. Ularning yig`indisi va ko`paytmasining eng kattasini aniqlang.

    7. haqiqiy sonlar berilgan. Ularning yig`indisi va ko`paytmasining eng kattasini aniqlab, unga 1 ni qo`shing.

    8. haqiqiy sonlar berilgan. aniqlang.

    9. haqiqiy sonlar berilgan. Agar bo`lsa, bu sonlarni ikki barobar oshiring, aks holda ularni uch marta kamaytiring.

    10. musbat sonlar berilgan. Tomonlari shuday uzunlikdagi uchburchak yasash mumkinmi?

    11. Uchta haqiqiy son berilgan. Ishoralari musbat bo’lganlarini kvardrat ildizga kiriting.

    12. musbat sonlar berilgan. Tomonlari shunday uzunlikdagi uchburchak turini aniqlang.

    13. haqiqiy sonlar berilgan. Ulardan eng kichigini ularning yig`indisining yarmiga, kattasini ularning yig`indisining ikki barobariga almashtiring.

    14. haqiqiy sonlar berilgan. Agar bo`lsa, u holda ularni eng kattasiga almashtiring; agar , u holda sonlarni o`z holicha qoldiring; aks holda barcha sonlarni ularning kvadratlariga almashtiring.

    15. (x, y) nuqta berilgan bo`lsa. Bu nuqtaning koordinata tekisligining qaysi choragida joylashganligini aniqlang.

    16. Berilgan kvadrat tenglamaning ildizlarini aniqlang.

    17. a va b haqiqiy sonlar berilgan. Ularning eng katta umumiy bo`luvchisi (EKUB) va eng kichkina umumiy karralisini (EKUK) aniqlang.

    18. Bikvadrat tenglamaning ildizlarnini hisoblang.

    19. Berilgan a butun sonining b butun soniga qoldiqsiz bo`linishini aniqlang.

    20. Berilgan sonning [a, b] oraliqqa tegishliligini aniqlang.

    21. nuqtaning markazi nuqtada joylashgan R radiusli aylanada yotish yoki yotmasligini aniqlang.

    22. a va b haqiqiy sonlar berilgan. Ularning yig`indisi ko`paytmasidan katta bo`lishini aniqlang.

    23. Berilgan ikkita sonning ko`paytmasi musbat yoki manfiyligini aniqlang.

    24. haqiqiy sonlar berilgan. Ularning o`zaro teng sonlar ekanligini aniqlang.

    25. to`g`ri chiziqning koordinata o`qlari bilan kesishish nuqtalarining koordinatalarini hisoblang.


    16-AMALIY MASHG’ULOT

    Download 1,78 Mb.
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   275




    Download 1,78 Mb.