|
Algoritmlarni layihalash
|
bet | 1/4 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 207,7 Kb. | | #252334 |
Bog'liq 5.1-mustaqil ishi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
FAKULTETI
TT_11-22 GURUH TALABASINING
ALGORITMLARNI LAYIHALASH
FANIDAN
5-MUSTAQIL ISHI
BAJARDI: Ziyadova Shahnoza
QABUL QILDI: Ablaqulov.K.B
QARSHI-2024
Mavzu: Maʻlumotlar tarmoq tuzilmalari. Graf tushunchasi va uning ko‘rinishlari. Graflarni tasvirlash usullari.
Reja:
Graflar nazariyasining asosiy tushunchalari
Graflarni ifodalash usullari
Graflarda ko'rik o'tkazish
Matematik nazariyada va informatikada graf — bu tugunlar(uchlar)dan iborat bo'lgan bo'sh bo'lmagan to'plam va tugunlarni birlashtiruvchi yoylar majmuidir.
Graf - bu murakkab chiziqsiz ko'p bog'lamli dinamik tuzilma bo'lib, murakkab ob'ektlarning xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi. Ob'ektlar tugun yoki graf uzellari ko'rinishida va munosabatlar yoy yoki yo'naltirilgan qirralar kabi ifodalanadi.
«Graf» tushunchasini birinchi marotaba 1936 yil vengriya matematigi Denni Kyonig kiritgan. Lekin graflar nazariyasi bo'yicha 1-ish Leonard Eylerga tegishli bo'lgan va u 1736 yilda bajarilgan edi. XVIII asrda mashhur shvetsariyalik matematik, mexanik va fizik Leonard Eyler (1707-1783 yy) Kyonigsberg ko’prigi haqidagi masalani yechish uchun birinchi marta graf tushunchasidan foydalanadi.
Graflar nazariyasi diskret matematika fanining bir bo’limi bo’lib, unda masalalar yechimlari chizmalar shaklida izlanadi.
Keyingi paytlarda turli xil diskret xususiyatlarga ega bo‘lgan xisoblash qurilmalarini loyihalashda graflarning ahamiyati yanada oshdi. sonlar juftligiga graf deyiladi, bu yerda – ixtiyoriy bo`sh bo`lmagan to`plam, esa ning qism to`plami, bunda to`plam elementlarining tartiblanmagan juftliklari to`plami.
– to`plam elementlari grafning uchlari deyiladi.
– to`plam elementlari esa grafning qirralari deyiladi.
Agar V chekli bo`lsa, graf chekli deyiladi, aks holda cheksiz graf deyiladi.
|
| |