|
Alisher ismailov shakirovich algoritmlash va dasturlash asoslari (1-qism)
|
bet | 1/33 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 290,29 Kb. | | #160200 |
Bog'liq Algoritmlash va dasturlash asoslari-fayllar.org
Algoritmlash va dasturlash asoslari
ALISHER ISMAILOV SHAKIROVICH
ALGORITMLASH VA DASTURLASH ASOSLARI
(1-qism)
2022
Ushbu o‘quv qo‘llanma bakalavr 5A120106 – Kompyuter lingvistikasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma bakalavr 60610200 – Axborot tizimlari va texnalogiyalari (moliya-bank tizimida)
So‘z boshi
Algoritmlash dasturlash fanining asosi hisoblanadi. Algoritmlash zamonaviy kompyuterlar kashf etilishidan 100 yillar avval yaratilgan. Zamonaviy dasturlash tillari hozirgi kunda juda ham ko‘p. Hozirda nisbatan mashhur dasturlash tillaridan biri bu C++ dasturlash tili hisoblanadi. C++ dasturlash tili keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Ushbu kitobda algoritmlash va C++ dasturlash tilini asoslarini o‘rganamiz.
Ushbu kitobni kimlar o‘qishi tavsiya etiladi?
C++ dasturlash tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar;
Axborot texnologiyalari sohasida o‘qiyotgan yoki ishlayotganlar o‘quvchilar.
Mualliflar
Alisher Ismailov Shakirovich
Kirish
Kompyuter dasturlash tillari
Kompyuter dasturlash tillari kompyuterga u tushunadigan tilda ko‘rsatmalar berish imkonini beradi. Insonlar foydalanidagan ko‘plab tillar mavjud bo‘lganidek, dasturchilar kompyuter bilan muloqot qilishi uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan bir qator kompyuter dasturlash tillari mavjud. Tilning kompyuter tushunadigan qismi "raqamlashgan" (ikkilik 0, 1) deb ataladi. Dasturlash tilini ikkilik tilga o‘tkazish "kompilyatsiya" deb nomlanadi. C tilidan Pythongacha bo‘lgan har bir dasturlash tili o‘ziga xos xususiyatlarga ega, lekin ko‘pincha dasturlash tillari o‘rtasida umumiylik mavjud.
Bu dsturlash tillari kompyuterlarga katta va murakkab maʼlumotlarni tez va samarali qayta ishlash imkonini beradi. Misol uchun, agar odamga birdan o‘n minggacha bo‘lgan tasodifiy raqamlar ro‘yxati berilsa va ularni o‘sish tartibida joylashtirish so‘ralsa, bu juda katta vaqtni oladi va ba'zi xatolarni keltirib chiqaradi. Komputer esa xatosiz hisoblab berish imkonini beradi. Ushbu kitobda biz C++ dasturlash tili asoslarini o‘rganamiz. Quyida C++ dasturlash tili haqida qisqacha ma’lumot keltirilgan.
|
| |