• TILNING SINTAKTIK XUSUSIYATLARI
  • Tayanch iboralar
  • So‘z turkumlarining tasnifi va ular to‘ғrisidagi nazariyalar




    Download 0,83 Mb.
    bet34/58
    Sana01.04.2021
    Hajmi0,83 Mb.
    #13858
    TuriСеминар
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
    3.So‘z turkumlarining tasnifi va ular to‘ғrisidagi nazariyalar. So‘z turkumlari nazariyasining ikkinchi printsipi so‘zlarni turkumlarga ajratish printsipidir. Bu ham birinchi printsipga asoslanadi. So‘z turkumlari dastlab ikki katta guruhga bo‘linadi: mustaqil so‘zlar va yordamchi so‘zlar.

    Mustaqil so‘zlar ma`lum tushuncha ifoda qilib, biror predmet, belgi, harakat nomini ataydi, gapda biror gap bo‘lagi bo‘lib keladi. YOrdamchi so‘zlar tushuncha ifoda etmaydi, ular faqat grammatik ma`no ifoda qilib, gapda so‘zning o‘zaro munosabatini o‘rganishga xizmat qiladi. Bularning ba`zilari so‘zlarning analitik formasini hosil qiladi. (mas., uyga qadar, ukam uchun, aytib ko‘r).

    Mustaqil so‘zlar ichida olmoshlar bir qancha xususiyati bilan farq qiladi.Ular narsa va predmetlarni bevosita atamay, bilvosita anglatadi. Ularni odatda faqat vazifasiga qarab turkumlaydi.

    So‘zlarni turkumlarga ajratishda eng avvalo so‘z - nomlar ko‘zda tutiladi. Ot va fe`l asosiy so‘z turkumlaridir.

    Ot semantik jihatdan predmetlik tushunchasini ifoda qiladi. Morfologik jihatdan egalik, kelishik, son kategoriyalariga, kichraytirish, erkalash, hurmat kabi formalarga ega. Sintaktik jihatdan gapda ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘lak bo‘lib kela oladi. So‘z yasalishi jihatdan turli tip va modellarga ega. Fe`l semantik belgisiga ko‘ra ish-harakat va holatni ifoda qiladi. Morfologik jihatdan zamon, nisbat, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, shaxs-son kabi grammatik kategoriyalarga ega. Sintaktik jihatdan fe`l - kesim uchun eng mos turkum. So‘z yasalishiga ko‘ra turli so‘z yasalish tiplari va modellari mavjud.

    So‘z-nomlarga sifat, son, ravishlar ham kiradi. Bular semantik, morfologik, sintaktik so‘z yasalish belgilariga ko‘ra o‘zaro farq qiladi.

    YOrdamchi so‘zlarga ko‘makchi, predlog, boғlovchi, artikllar kiradi. Bulardan tashqari modal va taqlid so‘zlar ham ajratiladi.

    Mustaqil so‘zlar: ot, sifat, son, olmosh, fe`l, ravish; yordamchi so‘zlar: ko‘makchi, predlog, boғlovchi, artekl’ kabilar.

    Turli tillarda so‘z turkumlarining mavjudligi ularning universal ekanligidan dalolat beradi.

    So‘z turkumlari turli tillarda umumiylikdan tashqari, har bir tilda o‘ziga xos grammatik formalarga ega bo‘ladi.


    10-ma`ruza: TILNING SINTAKTIK

    XUSUSIYATLARI
    R e j a:

    1. Sintaksisning predmeti.

    2. Sintaktik munosabatlarning turlari.

    3. So‘z birikmasi va gap.

    5. Gapning aktual bo‘linishlari.

    6. Paradigma va sintagma.


    Tayanch iboralar: nutqning sintaktik strukturasi, gap bo‘laklari, sintaktik munosabat, so‘z birikmasi, logik-grammatik munosabat, predikativ nopredikativ boғlanish, gapning struktural asosi, gap komponentlari, teng boғlanish, ergash boғlanish, tobelanish, moslashuv, boshqaruv, bitishuv, inkorporatsiya, inkorporativ kompleks, affiks, suffiks, prefiks, so‘z tartibi, hokimlik va tobelik, turғun birikma, so‘z birikmalari:otli, fe`lli, ravishli, sifatli, fuziya hodisasi, artikl’, abstrakt ma`no, sintaktik vazifa, sintaktik birlik, gapning kommunikativ mohiyati, gapning konstruktiv-grammatik belgilari,sub`ekt, predikat, boғlama, so‘zlar boғlamasi, gaplar: darak, so‘roq, buyruq, emotsional va noemotsional gaplar, bo‘lishli va bo‘lishsiz, ikki sostavli (tarkibli) va bir sostavli, yiғiq va yoyiq, to‘liq va to‘liqsiz gaplar, paradigma, gapning aktual bo‘linishi, gapning formal bo‘linishi, fikrning ifoda asosi, tinish belgilar.

    Download 0,83 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




    Download 0,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    So‘z turkumlarining tasnifi va ular to‘ғrisidagi nazariyalar

    Download 0,83 Mb.