KIRISH………………………………………………………………………...
57
Malakaviy bitiruv ishi yuzasida o’tkazilgan tadqiqotlar yuzasida quyidagi
xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
1. Zamonaviy iqtisodiyot fani asosiy fondlarni ma’lum bir iste’mol qiymati
ko’rinishida ijtimoiy mehnat asosida yaratiluvchi,
ishlab chiqarishning moddiy-
buyumlashgan material omillari qatoriga kiritadi. Hozirgi bozor sharoitlarida
korxona kuchi va vositalari yordamida yaratilgan asosiy fondlar ishlab chiqarish
quvvatlarini shakllantirish va ulardan foydalanishga faol ravishda ta’sir
ko’rsatuvchi mulk hisoblanadi. Butun xalq xo’jaligi
miqyosida asosiy fondlar
mamlakatning milliy boyligini tashkil qiladi.
2. Iqtisodiy maqsadlariga ko’ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o’z mohiyatiga
ko’ra, korxonaning ishlab chiqarish
potensialini tashkil qilib, ularning tarkibiga
quyidagilar kiradi:
*
ishlab chiqarish binolari va inshoatlari;
*
uzatish qurilmalari;
*
quvvat mashinalari va uskunalari;
*
ishchi mashinalar va uskunalar;
*
transport vositalari;
*
o’lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari;
*
foydalanish muddati bir yildan kam bo’lmagan va qonunchilikda belgilab
qo’yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari.
3. Korxona asosiy fondlarining turlar bo’yicha tuzilmasi, ko’p
jihatdan
kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilmasi orqali, jumladan,
ularning yangi
qurilish va qayta ta’mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta
qurollantirish bilan avvaldan belgilab qo’yilgan bo’ladi. Asosiy fondlarning turlar
bo’yicha tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentrasiya qilish
darajasi ham katta ta’sir o’tkazadi.
Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar
bilan ta’minlashda va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda
kichik va o’rta korxonalarga qaraganda ko’proq imkoniyatga ega.
Biroq kichik