KIRISH………………………………………………………………………




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/48
Sana17.05.2024
Hajmi0,89 Mb.
#240236
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48
Bog'liq
pdffox.com kurs-ishi

KIRISH………………………………………………………………………... 
54 
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi 
korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish 
dasturini asoslashda katta rol o’ynaydi hamda korxonaning belgilangan 
nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha potensial 
imkoniyatlarini tavsiflaydi. 
Bundan kelib chiqadiki, 
ishlab chiqarish quvvati
– bu, ma’lum bir vaqt 
davomida ilg’or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni 
tashkil qilishning ilg’or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan 
mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko’ra, ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar hajmining natural ko’rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi 
va mahsulotning alohida turlari o’rtasidagi o’zaro nisbatiga ko’ra aniqlanadi. 
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg’or (asosiy) sexlar quvvati bilan, 
sexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh 
uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati 
kattaligini belgilab beruvchi ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
*
uskunalar tarkibi va turlar bo’yicha soni; 
*
uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma 
(normativ) lari; 
*
uskunalarning ishlash vaqti fondi; 
*
ishchilar soni; 
*
ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari 
va xilma-xilligi). 
Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang’ich (yil boshida), yakuniy 
(yil oxirida), o’rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati 
qurilish loyihasida ko’zda tutilgan bo’ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik 
jihatdan qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. 
Shu sababli amaliyotda loyiha quvvati ko’pincha korxonaning amaldagi quvvati 
bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish 
dasturini tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 



Download 0,89 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KIRISH………………………………………………………………………

Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish