Aliyev azizbekning




Download 32.03 Mb.
bet4/46
Sana24.07.2022
Hajmi32.03 Mb.
#24962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
Amaliyot eng so\'ngi variant
Hozirgi zamon sharoitlarida korxonalar mulk shakliga ko’ra quyid-fayllar.org, react mustaqil ish
Free BSD operatsion tizimi. Linux OTdan tashqari erkin tarzda tarqatiladigan operatsion tizimlar oilasiga kiruvchi Free BSDni ham aytish mumkin. Bu S lar orasidagi prinsipial va eng muhim farq shundaki, kelishuvga ko’ra, Linux tizimiga har kim o’z o’zgartirishlarini kiritishi mumkin, ammo bu holda u o’zini kodini ochiq holda qoldirishi kerak. Ammo hamma kompaniyalar bunga rozi emas. Ko’pchilik, berilgan matnlar va tayyor echimlardan foydalanishni xohlaydilar, ammo oz dasturiy taʻminot sirlarini o’chiq keltirmaydi. Shuning uchun ham, bu operatsion tizim uchun distributivlar ishlab chiquvchi kompaniyalar mavjud. Har bir kompaniya o’z operatsion tizimidan tashqari unga o’z installyatorini, utilitalarni, shu bilan birga dasturlar paketini, konfiguratorlarni va nihoyat amaliy dasturlar paketining katta to’plamini qOShadi. Bunda u, o’z tizimiga o’zining o’zgarishlarini boshqalar bilan kelishmasdan kiritishi mumkin.
Linux ga qarama-qarshi ravishda, Free BSD OT o’z kordinatoriga egadir, bu Koliforniya Berkli universitetidir. Xohlagan odam bu operatsion tizim kod matnlarini o’rganishi va unga o’z o’zgartirishlarini kiritishni taklif etishi mumkin, ammo bu o’zgarishlar kiritiladigan so’z emas, hatto o’zgarishlar foydali bo’lsa ham. Bunga faqat kordinator huquqi bor.
Shunday qilib, Free BSD – bu UNIX ga o’xshash operatsion tizim, u ham ochiq kodli, uning yadrosi mikroyadro prinsipida qurilgan.
Windows oilasiga mansub operatsion tizimlar. Birinchi Windows tizimi 1985 yil noyabrida yuzaga kelgan, bu vaqtda i80 286 prosessori asosida kompyuterlar keng tarqalgan edi. Keyin OS/2 OT ishlab chiqildi. Windows NT OS/2 lo’yihasidan kelib chiqdi (versiya 3.0).
Windows operatsion tizimlari faqat IBMga mutanosib shaxsiy kompyuterlarda ishlash uchun yaratilgan. Ular boshqa platformalarga kochirib o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega emas. Hamma Microsoft dasturiy taʻminoti kabi, operatsion tizim berilgan kodlari yopiqdir, shuning uchun ham ularning arxitekturasining to’liq tasnifi yoqdir, faqat bu tizimlardan qanday foydalanish tavsiflarigina mavjud.
Windows operatsion tizimlari oilasi, asosan uy sharoitida, korporativ qo’llashga emas, foydalanishga mo’ljallangan. Ularda bir nechta foydalanuvchi kompyuterlari bilan ishlash imkoniyati ko’zda tutilgan bo’lsa ham, lekin qayd qilish mexanizmi ishlamaydi. Har bir foydalanuvchi o’z ishchi muhiti, o’z ishchi stoli ko’rinishi, masalalar paneli tarkibi va «Pusk» menyusi, foydalaniladigan dastur so’zlash parametrlariga va ho kazolarga egadir.
IBM kompaniyasining OS/2 warp OT lari oilasi. OS/2 OT lari, shaxsiy kompyuterlar uchun eng ko’p parametrlar bo’yicha eng yaxshi OT bo’lganligi va asosiy raqobatchilardan ancha oldin yaratilganligiga qaramasdan juda ommaviylashmadi va keng tarqalmadi ham.
Buning asOSiy sababi, - uning sifati emas, balki tijorat qonunidir, yani balki reklama sustligi, bozorda oldingi o’ringa chiqish uchun harajatlar ajratish va h.k.lar.
Linux operatsion tizimi. Linux bu zamonaviy UNIX ga o’xshash, POSIX standartini qondiruvchi shaxsiy kompyuterlar va ishchi stansiyalar uchun yaratilgan operatsion tizimdir. Linux bu erkin tarqatiladigan UNIX – tizimi versiyasidir. Bu tizimni Linus Torvald ishlab chiqgan bo’lib, u kodlarni ochiq qilib yaratish shartini taklif qildi. Ixtiyoriy foydalanuvchi koddan foydalanishi va o’zgartirishi mumkin, ammo bu holda albatta u tizimning modullariga kiritgan kodini ochiq qo’ldirishi shart. Tizimning hamma ko’mponentalari (hatto berilgan matnlar ham) erkin nusha o’lish va chegaralanmagan sonli foydalanuvchilarga o’rnatish sharti bilan, litsenziyali tarqatiladi.
Boshida Linux tizimi, “qo’lbola” UNIX ga o’xshash tizimi sifatida i80 386 prosessorli IBM PC tipidagi mashinalarga mo’ljallangan edi. Ammo keyinchalik Linux – shu darajada ommaviylashib ketdiki, ularni shu darajada ko’p kompaniyalar qo’llab-quvvatladiki, hozirgi vaqtda bu operasion tizimning amaldagi versiyalari deyarli hamma tipdagi prosessor va kompyuterlar uchun ishlab chiqildi. Linux asosida superkompyuterlar ham yaratilayapti. Tizim klasterlashtirish, zamonaviy interfeys va texnalogiyalarni qo’llaydi.
Linux – ko’p masalali, ko’p foydalanuvchili to’laqonli operasion tizimdir (xuddi UNIX bOShqa versiyalari kabi). Bu, bir vaqtning o’zida, bitta mashinada, ko’p foydalanuvchilar, parallel holda, ko’pgina dasturlarni bajargan holda ishlashini bildiradi.
Microsoft Windows operatsion tizimlari tarixi 1983-yilda Microsoft Windows grafik muhitidan bOShlandi. U MS DOC muhitida ishga tushirilgani uchun operatsion tizim deb tan olinmadi.
1985 yilda Windows operatsion qobigʻining birinchi versiyasi yaratildi. Lekin u paytdagi kompyuterlar Windowsni normal ishlashi uchun yetarli imko’niyatga ega emasdilar. 1987-88 yillarda Windows /286 va Windows/386 (Windows 2.x)lar paydo bo’ldi. Bu operatsion qobiqlarning ishlash imkoniyati nisbatan yaxshiroq bo’lishiga qaramay, bari bir bozorda ularning omadi chopmadi, ular amaliy jixatdan na foydalanuvchilarga, na dastur ishlab chiquvchilarga biror bir ustunlik bera olmadilar.
1990 yilga kelib Windows 3.0 paydo bo’lishi bilan ahvol tubdan o’zgardi. Microsoft firmasi o’perativ xotiradan to’la foydalanish borasidagi masalani yechimini to’pdi. Natijada dasturlarni parallel bajarish imkoniyati paydo bo’ldi.
1990 yillarning birinchi yarmida Microsoft firmasi tomonidan maʻlumotlarni himoya qilish, xotira va protsessorlarni boshqarish bo’yicha eng jiddiy talablarga javob bera oladigan grafik interfeysga ega bo’lgan Windows NT va Windows NT Workstation operatsion tizimlari yaratildi. Lekin bu operatsion tizimlar kompyuter tarmoqlaridagi server va ishchi stantsiyalarda ishlatishga mo’ljallangan bo’lib, ular apparat taʻminotga jiddiy talablar qoyadi. Bu operatsion tizimlar tizimning ishonchli ishlashini, maʻlumotlar xavfsizligi yetarli darajada taʻminlangan bo’lishini va maʻlumotlarni qayta ishlashda katta intensivlikni talab qiladigan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan edi. Bunday foydalanuvchilar ancha oz bo’lib, foydalanuvchilarning asosiy qismiga nisbatan «engil» operatsion tizim zarur edi.
Nihoyat 1995-yilning sentabr oyida IBM PC kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan WINDOWS 95 birinchi grafik operatsion tizim bo’ldi. Mazkur tizimning boshqalardan farqli tomoni shundaki, uning yordamida bir vaqtda ham matnli, ham grafikli, ham hisob-kitobli, ham turli boshqaruv dasturlarini ishlatish imkoniyati mavjud. Shu bois uni gohida integrallashgan tizim deb ham ataydilar. Windows dasturining o’zi qisqa vaqt ichida ko’p variantda ishlab chiqarildi.

Download 32.03 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Download 32.03 Mb.