|
Aloqa liniyalarining tarkibi va xususiyatlari
|
bet | 1/3 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 6,29 Kb. | | #112344 |
Bog'liq Aloqa liniyalarining tarkibi va xususiyatlari-fayllar.org
Aloqa liniyalarining tarkibi va xususiyatlari
Mahalliy tarmoqlarning rivojlanishi davomida kabellarning bir nechta turlari paydo bo'ldi, standartlarning tobora murakkab talablari natijasida ularning sifati ham oshib kelmoqda Ulardan ba'zilari ilgari qo’llangan bo’lsa qolganlari endi qo'llanila boshlandi va ularning yordami bilan bizga kerakli yuqori tezlikda ma'lumotlarni uzatish imkoniyati paydo bo'ldi. Mahalliy tarmoqlarning rivojlanishi davomida kabellarning bir nechta turlari paydo bo'ldi, standartlarning tobora murakkab talablari natijasida ularning sifati ham oshib kelmoqda Ulardan ba'zilari ilgari qo’llangan bo’lsa qolganlari endi qo'llanila boshlandi va ularning yordami bilan bizga kerakli yuqori tezlikda ma'lumotlarni uzatish imkoniyati paydo bo'ldi.
Bugun biz siz bilan simli LANlarni qurishda keng qo'llaniladigan kabellar va ulagichlarning asosiy turlari haqida gaplashamiz.
- Koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o’xshash. O’tkazish tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi.
Bunday kabellar to`rt qatlamdan tashkil topgan bo’ladi: uning eng ichki qatlami metall simdan iborat. Bu izolyastiya bilan o`ralgan bo’lib, u 2- qatlamini tashkil qiladi. 3-qatlam izolyastiyasi yupqa metall ekran bilan qoplangan bo’ladi. To’rtinchi qatlam plastik qatlamdan iborat bo’lib u uchta qatlamni qoplaydi.
Koaksial simning asosiy afzalligi, uning katta kenglikda ishchi chastotalariga ega bulganligi tufayli katta xajmdagi ma’lumotlar oqimini yuqori tezlikda uzatishi mumkinligidadir. Bu imkoniyat yuqori tezlik bilan ishlaydigan lokal kompyuter tarmoqlarini yaratish imkoniyatini beradi.
Koaksial simlarning ikkinchi afzalligi ularning turli tashqi
qarshiliklarga chidamliligi va nisbatan uzoq masofalarga ma’lumotlarni (signal shaklidagi) uzatishi mumkinligidadir.
|
| |