Aloqa va axborotlashtirish sohasida axborot xavfsizligi. Muammolar va ularni hal qilish yo‘llari




Download 0.51 Mb.
Sana24.03.2017
Hajmi0.51 Mb.
#1894

Vazirlik tizimida Aloqa va xabar berish bo‘limi boshliqlari bilan 2015 yil
18 dekabr kuni “Aloqa va axborotlashtirish sohasida axborot xavfsizligi. Muammolar va ularni hal qilish yo‘llari” mavzusida o‘tkazilgan seminar yakuni bo‘yicha hisobot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 yanvardagi 25-f-sonli Farmoyishi, 2015 yil 22 iyundagi rayosat majlisining 44-b-sonli bayoni hamda Favqulodda vaziyatlar vazirining 2015 yil 17 iyuldagi 214-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi bilan hamkorlikda Favqulodda vaziyatlar vaziriligining hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalari hodimlarini jalb etgan holda joriy yilning 18 dekabr kuni “Aloqa va axborotlashtirish sohasida axborot xavfsizligi. Muammolar va ularni hal qilish yo‘llari” mavzusida seminar tadbiri o‘tkazildi.

Seminar dasturining maqsadi quyidagilar belgilandi:

1. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bugungi kundagi muammolar va ularning echimlarini hal etish yo‘llarini ko‘rish.

2. Vazirlik tizimida axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash.

3. Internet tarmog‘idan foydalanishda axborot xavfsizligiga oid tahdid va xaf-xatarlardan muhofazalanish.

Mazkur seminar yig‘ini Aloqa va axborotlashtirish boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirzaliev Botirjon Xakimovich tomonidan ochib berildi va kun tartibi bilan tanishtirib, o‘z so‘zida axborot xavfsizligi tushunchasi, bu sohada qanday ko‘ngilsizliklar va xatarli xodisalar yuzaga kelishi mumkinligi yuzasidan seminar ishtirokchilariga tushuntirib o‘tdi.

Seminar reglamenti bo‘yicha:

Seminar ochilishi – 20 daqiqagacha;

Ma’ruza uchun ajratilgan vaqt – 20 daqiqagacha;

Kofe-breyk – 30 daqiqagacha;

Seminar mavzulariga oid savol javoblar uchun – 30 daqiqagacha.

Seminar tinglovchilariga:

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi xodimlari Allaberganov Bobirbek Adilbekovich, Gapparov Muzaffar Abdimajidovich, Xusanov Iskandar O‘tkurovich, Obidov Timur Zamirovich hamda Sadikov Saidakbar Saidivalievichlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Seminarda olib borilgan ma’ruzalar:

- “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bugungi kundagi muammolar va ularning echimlari”;

- “Mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari”;

- “Internet-kak sredstvo propagandы”;

- “Ugrozы i riski informatsionnoy bezopasnosti”;

- “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish”;

- “Tendensii razvitiya ugroz informatsionnoy bezopasnosti v domennoy zone .UZ”. mavzulari bo‘yicha olib borildi.

“Aloqa va axborotlashtirish sohasida axborot xavfsizligi. Muammolar va ularni hal qilish yo‘llari” mavzusi bo‘yicha seminar yakunida Aloqa va xabar berish bo‘limi boshliqlari bilan mavzularga oid savol va javoblar o‘tkazildi.



Seminar yakunidan so‘ng, Aloqa va xabar berish bo‘limi boshliqlari hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi xodimlari bilan Fuqaro muhofazasi institutining zilzilani simulyasiya qilish markazi bilan tanishtirildi.










Download 0.51 Mb.




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aloqa va axborotlashtirish sohasida axborot xavfsizligi. Muammolar va ularni hal qilish yo‘llari

Download 0.51 Mb.