|
Alyuminiy ishlab chiqarish texnologiyasi. Alyuminiy qotishmalari. Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 28,72 Kb. | | #133806 |
Bog'liq ALYUMINIY ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
ALYUMINIY ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI.
ALYUMINIY QOTISHMALARI.
Reja:
1. Alyuminiy ishlab chiqarish
2. Alyuminiy olish usullari
3. Mashinasozlikda alyuminiyning tutgan o’rni
4. Alyuminiy va uning qotishmalari
Alyuminiy haqida malumot
Alyuminiy (Al, lat. Alyuminiy)-kimyoviy elementlar davriy jadvalining 13-guruh elementi (eskirgan tasnifga ko’ra — III guruhning asosiy kichik guruh elementi), uchinchi davr, atom raqami 13. Engil metallar guruhiga kiradi. Er qobig’idagi eng keng tarqalgan metall va uchinchi eng keng tarqalgan kimyoviy element (kislorod va kerimniydan keyin).
Atom xossalari
|
Nomi, belgi, raqami ——————-→ Alyuminiy (Al), 13
|
Atom massasi ——————-→ 26.9815386 m.a.b. (g/mol);
|
Elektron konfiguratsiyasi ——————-→[Ne] 3s 2 3p 1
|
Atom radiusi ——————-→ 143 pm
|
Kimyoviy xossalari
|
Kovalent radius ——————-→ 121 ± 4pm
|
Van der Vals radiusi——————-→ 184pm
|
Ion radiusi ——————-→ 51 (+ 3e) pm
|
Elektrmanfiyligi ——————-→ 1.61 (poling shkalasi bo‘yicha)
|
Oksidlanish darajasi ——————-→ 0; +3
|
Ionlanish energiyasi ——————-→ 577,5 kJ/mol; (5,984 eV)
|
Oddiy moddaning termodinamik xususiyatlari
|
Termodinamik faza ——————-→ Qattiq modda
|
Zichlik ( n.sh. da ) ——————-→ 2.6989 g / sm³
|
Erish harorati ——————-→ 660 ° C, 933,5 K
|
Qaynatish harorati ——————-→ 2518,82 ° C, 2792 K
|
Solishtirma erish issiqligi ——————-→ 10,75 kJ/mol;
|
Solishtirma buglanish issiqligi ——————-→ 284,1 kJ/mol;
|
Molyar issiqlikgi ——————-→ 24.35 kJ/(K∙mol);
|
Molyar hajmi ——————-→ 10,0 mol/sm3;
|
Oddiy moddaning kristall panjarasi
|
Panjara tuzilishi ——————-→ Chegaraviy konsentratsiyalangan
|
Panjara parametrlari ——————-→ 4,050 Å
|
Debay harorati ——————-→ 394 K
|
Boshqa xususiyatlar
|
Issiqlik o’tkazuvchanligi ——————-→ (300 K) 237 Vt / (m · K)
|
CAS raqami ——————-→7429-90-5
|
Al tabiatda eng ko`p tarqalgan elementlar qatoriga kiradi. Uning yer po`slog`idagi umumiy miqdori 8,8 %, uning eng muhim tabiiy birikmalari boksid, korund, kriolit, alyumo selikatlardir. Alyuminoselikatlar er po`stlog`ining asosiy massasini tashkil etadi. AL-oq kumishsimon, engil, mexanik jixatdan mustahkam metall. Zichligi 2,7 gr/sm3 suyuqlanish temperaturasi 660oC havoda oksidlanuvchan metall. Elektr toki va issiqlikni yaxshi o`tkazadi, unga ishlov berish oson.
Tabiiy alyuminiy bitta izotopdan tarkib topgan. U o`z sirtida oksid parda hosil qilgani uchun passif metall hisoblanadi. U odatdagi haroratdayoq kislorod bilan oson birikadi. Uning sirti AL2O3 bilan qoplanadi, bu parda metallning keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Oksid parda tufayli alyuminiy sirti xira bo`ladi. Oksid parda buzulsa alyuminiy suv bilan reaksiyaga kirishadi.
Zavodlar va ishlab chiqarish korxonalari ko’pincha turli xil metallarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan,ammo alyuminiy ishlab chiqarish jarayoni ko’plab boshqa turdagi metallar olish jarayonlaridan farq qilishi mumkin.
Qayta ishlash alyuminiy ishlab chiqarishda yana bir muxim jarayon. Ushbu metal 100 % qayta ishlanishi mumkin, shuning uchun qayta ishlangan alyuminiyni eritib, ekstruziya jarayonida yoki boshqa ishlov berish jarayonlarida qayta ishlanishi mumkin.
Al va uning qotishmalari keng ko`lamda ishlatiladi. Al ning yuruk iste`molchisi aviatsiya sanoati hisoblanadi. Samalyotning 2/3 qismi Al va uning qotishmalaridan matorini ¼ Al qotishmalaridan yasaladi. Shuning uchun Al ga qanotli metall deyiladi. Al dan kabellar, simlar tayyorlanadi. Uning korroziya bardoshligini e`tiborga olib undan apparatlarning detallari, nitrat kislota solinadigan idish tayyorlanadi. Turmushda turli idishlar yasaladi. Metallurgiyada Al ishlatiladigan eng muhim tarmoqlaridan biri u yordamida metallarni oksidlardan olishdir. Al termiyani rus ximigi Beketov kashf qilgan.
Alyuminy olishda Xitoy yetakchi o’rinlarda turadi. Bular alyuminiy zavodidan olingan maxsulotlar
Alyuminiyning duralyumin, sulyumin kabi quyma qotishmalari xozirgi paytda keng qullaniladi
Аlyuminiy tаrkibidа uning gidrооksidlаri hаmdа 12% glinаzem bo’lgаn rudаlаrdаn оlinаdi. Bundаy tоg’ jinslаrini 250dаn оrtiq turi mаvjud bo’lib, eng аsоsiylаri bоksitlа, nefelinlаr, аlunitlаr, аppаtitlаr vа kаоlinlаr hisоblаnаdi.
Shаrtli rаvishdа аlyuminiy ishlаb chiqаrish jаrаyonini glinоzemni (Al2O3) аjrаtish, хоmаki аlyuminiy оlish vа rаfinirlаsh(tоzаlаsh) bоsqichlаridаn ibоrаt deb qаrаsh mumkin.
Birinchi bоsqichdа, ya’ni Al2O3 ni аjrаtishdа quyidаgi uslublаr qo’llаnilаdi:
|
| |