|
Matlab tizimining hisoblash muhitini o’rganish
|
bet | 7/14 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,76 Mb. | | #246682 |
Bog'liq AMALIY DASTURIY PAKETLAR FANIDAN 1-mustaqil ish Matlab tizimining hisoblash muhitini o’rganish.
MATLAB tizimining integrallashgan muhiti(interfeysi) universal- interfaol rejimda ishlaydi va unda mexanika, matematika, fizika, muxandislik va boshqaruv masalalarini yechish, turli xil mexanik, energetik va dinamik sistemalarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish imkoniyatlari mavjud. Bir tomondan, MATLAB tizimidan dasturlash tili sifatida foydalanib, tizimda mavjud (yoki foydalanuvchi o’zi tuzgan) funksiyalar, hisoblash algoritmlari asosida turli xil masalar ustida har xil hisoblashlarini o’ta tez va yuqori aniqlikda olish mumkin bo’lsa, ikkinchi tomondan, virtual laboratoriya sifatida yuqoridagi tizimlarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish mumkin.
MATLAB dasturlash tilida boshqa dasturlash tillari kabi lotin alifbosining A dan Z gacha barcha katta va kichik harflari, 0 dan 9 gacha arab raqamlaridan foydalaniladi. Katta va kichik harflar, xuddi C++ dasturlash tilidagidek, ham o’zgaruvchi sifatida, ham ozgarmas sifatida bir-biridan farq qiladi. Lotin alifbosi harflaridan tashqari, arifmetik, mantiqiy va taqqoslash amallari hamda klaviaturadagi maxsus belgilardan foydalaniladi.
MATLAB ning ishchi varag’i tom ma’noda uch qismga bo’linadi:
Buyruqlarni kiritish maydoni – buyruqlar satridan tashkil topgan. Har bir buyruq satri >> simvoli(bu simvol avtomatik tarzda buyruqlar satrining boshida bo’ladi va uni yozish shart emas) bilan boshlanadi;
Natijani chiqarish maydoni – kiritilgan buyruqlarni qayta ishlangandan so’ng hosil bo’lgan ma'lumotlar (analitik ifodalar, natijalar va xabarlar) ni o’z ichiga oladi;
Matnli izohlar maydoni - ro’y bеrgan xatoliklar yoki bajarilgan buyruqlarga izohlar, turli xaraktеrdagi xabarlar.
Buyruqlar Enter tugmasini bosish(bir marta) orqali amalga oshiriladi. O'zgaruvchi nomi nechta va qanaqa belgi yoki belgilardan iborat bo'lishidan qat'iy nazar, lotin harflaridan boshlanib, 63 ta belgidan oshmasligi shart. Agar buyruq o'zgaruvchi nomi yozilmay bajarilsa, buyruq natijasi maxsus ans(inglizcha “answer”-“javob”) o'zgaruvchisi orqali beriladi.
MATLAB da barcha ma’lumotlar matritsa yoki massiv ko’rinishida tasvirlanadi. Yuqoridagi whos buyrug’i natijasidan ko’rinib turibdiki, hattoki skalyar o’zgaruvchilarni umumiy holda 1x1 o’lchovli massiv(matritsa) deb qaralar ekan.
|
| |