• Mavzuning dolzarbligi.
  • Mavzuning ishlanganlik darajasi
  • II Bob. BOSHLANG’ICH SINFLARDA GEOMETRIK MATERIALNI O’RGATISHNING METODIKASI




    Download 0,52 Mb.
    bet2/7
    Sana20.05.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #245894
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Mavzu Boshlangich sinf matematika darslarida geometrik material

    II Bob. BOSHLANG’ICH SINFLARDA GEOMETRIK MATERIALNI O’RGATISHNING METODIKASI
    2.1. Geometrik material ustida ishlash metodikasi
    2.2.Geometrik materialni o’rgatishda qo’llaniladigan didaktik materiallardan foydalanish metodikasi

    KIRISH.
    XXI asr ilm–fan, texnika sohasida rivojlanish davri, bugungi kunda boshlang’ich davrlardayoq yangi pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish g’oyat dolzarbdir.
    Har bir o’qituvchi o’z darsning samarali bo’lishini istaydi. O'tgan mavzu yuzasidan o’quvchi tegishli tushuncha va bilimga ega bo'ldimi, yo'qmi?-degan savollar o’qituvchi dilida hamisha ko’ndalang bo’lib turadi. Bu savollarga ijobiy javob olish ko’p jihatdan o’qituvchining samarali faoliyatiga bog’liq.
    Matematik tushunchalarini o’quvchilarining shaxsiy tajribalari asosida shakllantirish o’qitish maqsadlariga qo’yiladigan birinchi shart, birinchi talab bo’lib o’qish jarayonini turmush bilan o'quvchilarning amaliy faoliyati bilan bog’liq bo’lishi prinsipidan kelib chiqadi.
    O’qilishning turmush bilan bog’lanishi faqat o’qituvchining so’zidagina emas, balki o’quvchilarning matematika o’rganish jarayonidagi butun amaliy faoliyatlarida ko’rsatib borilishi lozim-bu rivojlantiruvchi ta'limning ikkinchi shartidir.
    Boshlang’ich sinf matematika darslarida geometriya materiallarni o’tishda mana shu talablarga asoslanamiz.
    Mavzuning dolzarbligi. Mavjud ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, geometriya elementlarini o’qitishning sifat va samaradorligini oshirish maqsadida o’quv – metodik kompleksi yaratilmagan.
    Geometriya elementlarini to’g’ri tashkil etish uchun o’qitishning barcha usul va vositalaridan eng unumli va samaralilari maqsadga muvofiq holda tanlab olinishi kerak va mavjudlari zamon talablari, fan-texnika taraqqiyoti natijalarini hisobga olgan holda qayta ko’rilishi kerakligi ma'lum bo’ladi.
    Mavzuning ishlanganlik darajasi: Geometrik elementlarini o’rgatish metodikasi masalalari bilan M.I.Mo’ro, A.S.Pchyolko, A.M.Pishkolo, L.I.Skatkin, M.A.Bantova, A.A.Stolyar, B.A.Drozd, A.Sh,Levenberg, N.U.Bikbayeva, R.I.Sidel’nikova, G.A.Adambekova, P.I.Sorokin. M.E.Jumayev, Z.G’.Todjiyeva va bir qancha olimlar, shu jumladan ilmiy tekshiruv institutining hodimlari shug’ullanganlar.
    N.U.Bikbayeva, R.I.Sidel’nikova, G.A.Adambekova “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi” da (Toshkent: O’qituvchi 1996 yil) geometrik materialni o’rgatishning nazariy asoslarini ochib bergan va boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsadlarni sanab o’tgan. A.Sh,Levenberg “Boshlang’ich sinflarda geometriyadan grafik laboratoriya ishlari” (Toshkent: O’qituvchi 1983 yil) nomli o’qituvchilar uchun o’quv qo’llanmasida boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishda foydalaniladigan amaliy ishlarga misollar keltirgan va ushbu metodning afzalliklarini bayon etgan. P.I.Sorokinning “4-sinfda geometriya materialini o’rgatish tajribasi” (Toshkent: 1953 yil) nomli kitobida biz 4-sinf geometrik materialni o’rgatishning metodlarini ko’rishimiz mumkin. Faqat bu ko’rsatmalar hozirgi kun standart va dasturidan bir qancha farq qiladi. M.E.Jumayev, Z.G’.Tadjiyeva “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi” (Toshkent: “Fan va texnologiya” 2005-yil) o’quv qo’llanmasida ham boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishning nazariy asoslarini ochib bergan va uni o’rganish metodikasi bayon etilgan.

    Download 0,52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II Bob. BOSHLANG’ICH SINFLARDA GEOMETRIK MATERIALNI O’RGATISHNING METODIKASI

    Download 0,52 Mb.