|
Standart ACL ro`yxat bo`yicha tanlangan hostni tarmoqqa kirishiga ruxsat berish
|
bet | 7/8 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 10,21 Mb. | | #239414 |
Bog'liq Tarmoq X 5-6 amaliyStandart ACL ro`yxat bo`yicha tanlangan hostni tarmoqqa kirishiga ruxsat berish
6.1- rasm. Standart ACL ro`yxat bo`yicha tarmoq tuzilishi
6.1– rasmda Hostni tarmoqqa kirishiga ruxsat berilishi ko‘rsatilgan. B tarmoqdagi xost 192.168.10.1 dan A tarmoqqa yo‘naltirilgan barcha trafiklarni qabul qiladi va bir vaqtda boshqa B tarmoqdan A tarmoqqa yo‘naltirilgan barcha trafiklar rad etiladi.
R1 marshrutizatorning jadvali tarmoq xostga qanday kirishga ruxsat berishini ko‘rsatadi. Chiqish ma’lumotlari quyidagicha:
bu konfiguratsiya IP manzili 192.168.10.1 bo‘lgan xostni R1 marshrutizatorga Ethernet 0 interfeys orqali o‘tkazadi;
bu xostda A tarmoqning IP xizmatlariga kirish mavjud;
B tarmoqning boshqa xostlari A tarmoqqa kira olmaydi;
ACL da ruxsat bermaslikning boshqa instruksiyasi sozlanmagan.
Har bir ACL ning oxirida noaniq sharoitda deny all (barchani ta’qiqlash) mavjud. Barchasi ruxsat etilmasa, barchasi bekor qilinadi.
ACL B tarmoqdan A tarmoqqa yo‘naltirilgan IP paketlarni, B tarmoqdan chiquvchi paketlardan boshqa barcha paketlarni filtrlaydi. B xostdan A tarmoqqa yo‘naltirilgan paketlar ruxsat etiladi.
Kengaytirilgan ACL buyrug‘i quyidagi ko‘rinishga ega.
Kengaytirilgan ACL ro‘yxati
Router(config)#access-list < ro‘yxat nomeri 100 dan 199 gacha > {permit | deny | remark} protocol source [source-wildcard] [operator operand] [port
yoki protokol nomi> [established]
protocol source: qaysi protokolga ruhsat berish yoki rad etish (ICMP, TCP, UDP, IP, OSPF va boshqa);
deny: rad etish;
operator;
A.B.C.D — qabul qiluvchi manzili;
any — har qanday yakuniy test;
eq — fakat ushbu portdagi paketlar;
gt — faqat yuqori port raqamiga ega paketlar;
host — bitta oxirgi host;
range —port diapazioni;
port: port raqami (TCP yoki UDP) yoki nomini ko‘rsatish ham mumkin;
established: avvaldan yaratilgan TCP-sessiyalarining bir qismi bo‘lgan TCP-segmentlarini o‘tkazishga ruxsat berish.
Kengaytirilgan ACL ro`yxati bo`yicha tuzilgan tarmoq topologiyasi
|
| |