Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnalogiyalari universiteti Samarqand
filiali
Kompyuter injineringi fakulteti
Kafedra Kompyuter injineringi Web dasturlashga kirish fanidan Amaliy ish
Mavzu : Bootstrap4 freymvorkni ulash, bazaviy shablonlarni sozlash. Bajardi: DI-022-01 guruh talabasi
Marqayeva Hilola
Tekshirdi: Jumayev Sindor
Samarqand-2024
8-Amaliy topshiriq 17-variand.
Nazariy qism
Hozirgi kundagi har bir internet foydalanuvchisi o‘zlarining kundalik
websaytlarining mobil versiyasi ham bo‘lishini hohlashadi. Buni amaliy jihatdan
olib qaraganda bir dizayn har bir qurilma ekraninga mos tushishi muhimdir.
Bootstrap (talaffuzi: Butstrap) — bu mobil qurilmalar uchun moslashuvchan hamda
front-end dasturlash uchun moʻljallangan bepul va ochiq kodli CSS freymvorki. Bu
freymvork tipografiya, formalar, tugmalar, navigatsiya va boshqa interfeys
komponentlari uchun CSS (ixtiyoriy ravishda) va JavaScript dasturlash tillariga
asoslangan dizayn andozalarini oʻz ichiga oladi. Bootstrap hozirgi kunda eng ko’p
ishlatilayotgan front end development framework hisoblanadi. Unda HTML, CSS
va JavaScript to’liq joylashtirilgan va ushbu framework yordamida o’zingiz istagan
sayt ko’rinishini bir necha daqiqalarda, qiyinchiliklarsiz tayyorlab olishingiz
mumkin. Frameworkning rasmiy getbootstrap.com sayti orqali uni to’liq yuklab
olishingiz va hech qanday cheklovlarsiz ishlatishingiz mumkin. Agar tizim bilan
ishlashni hali bilmasangiz, Google orqali qidirishda Bootstrapga oid minglab
darslarni, maqolalarni topishingiz mumkin. YouTube, Vimeo kabi video saytlarda
esa Bootstrap to’g’risida tayyorlangan video darsni juda ko’plab topish mumkin.
Bootstrap ilk «mobile first» framework hisoblanib, unda birinchi e’tibor
tayyorlangan sahifalar mobil qurilmalarda qanday ko’rinishiga qaratiladi. O’zining
moslashuvchangili sabab Bootstrapda tayyorlangan sahifalar barcha hajmdagi
ekranlarda bir xil chiroyli ko’rinadi. Bootstrap haqiqatdan ham front end
ustalarining ishini bir necha o’n barobarga osonlashtirdi. Bir necha yil avval HTML
va CSS kodlarni to’liq qo’lda yozib sayt tayyorlayotgan kishilar Bootstrapning
qanchalik qulay tizim ekanligini bir necha bor ishlatib ko’rgandanoq bilib olishlari
mumkin. Bootstrap haqida to’liq ma’lumotni tizimning rasmiy saytidan olishingiz
mumkin. U yerda framework ishlatilishi haqida yetarlicha tushuncha berilgan. Agar
u yerda o’rganish Siz uchun qiyinlik qilsa, Bootstrapning eng sodda darslarini
w3schools saytining Bootstrap bo’limidan topishingiz mumkin. Responsive web
design – shunday yondoshuvki, bunda dizayn va “razrabotka” foydalanuvchi hatti
harakati va muhiti(qurilma) ga ekran o‘lchami, platformasi va orientatsiyasi asosida
javob berishidir. Bu amaliyotda moslashuvchan to‘r(grid) va maketlar aralashmasi,
rasmlar va CSS media-so‘rovlarning intelektual foydalanishidan iboratdir.