• Nazariy ma’lumotlar
  • Amaliy ishi arp va icmp protokollarining ishlash tamoyillarini tadqiq qilish




    Download 0,67 Mb.
    bet1/2
    Sana04.01.2024
    Hajmi0,67 Mb.
    #129874
      1   2
    Bog'liq
    1- Amali ishi (4)


    1– AMALIY ISHI


    ARP VA ICMP PROTOKOLLARINING ISHLASH TAMOYILLARINI TADQIQ QILISH


    Ishdan maqsad: Tarmoqda qo‘llaniluvchi ARP va ICMP protokollarining vazifalari va ishlash tamoyilini tadqiq qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lish.
    Nazariy ma’lumotlar


    ARP (Address Resolution Protocol) – manzilni aniqlash protokoli bo‘lib, RFC 826 tavsiyanomasi bo‘yicha 1982 yilda ishlab chiqilgan. ARP protokoli keng eshittirishli (broadcast) jo‘natmalari asosida IP-manzili va unga tegishli fizik manzil o‘rtasida dinamik ravishda translyatsiya qilish usulini ta’minlaydi. ARP protokoli OSI modelining tarmoq pog‘onasida qo‘llanilib, bir nechta kirish tarmoqlarida muhim vazifalarni bajaradi.
    Ethernet tarmog‘ida ma’lumot manbai va qabul qiluvchisini aniqlash uchun IP va MAC manzillaridan foydalaniladi. Shuning uchun bir kompyuterdan ikkinchisiga tarmoq orqali yuborilgan ma’lumot tarkibida uzatuvchining IP va MAC-manzillari hamda qabul qiluvchining IP va MAC -manzillari mavjud bo‘ladi (1.1-rasm). ARP protokol IP va MAC manzillar o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik bo‘lmaganligi sababli, ushbu ikkita manzil o‘rtasidagi aloqani ta’minlash uchun xizmat qiladi.

    1.1- rasm. IP va MAC –manzillar o‘rtasida bog‘lanish


    ICMP (Internet Control Message Protocol- boshqarish xabarlari bilan almashish protokoli) - Internet tarmog‘ida xabarlarni nazorat qilish protokoli bo‘lib, foydalanuvchining paketlarini uzatishda to‘xtab qolish vaziyatlarida aloqani tiklashni ta’minlaydigan TCP/IP stekining to‘rtta tayanch protokollaridan biri.
    ICMP protokoli marshrutizator qurilmadan kelgan bironta IP paketini uzatishda duch kelgan xatolar to‘g‘risida xabar berishiga imkon beradi. Shuni aytish kerakki, ICMP protokoli – bu xatolar to‘g‘risida xabar beruvchi, lekin xatolarni tuzatuvchi protokol emas.
    Oxirgi qurilmada xato boshqa takrorlanmasligi uchun ayrim xarakatlar qo‘llanilishi mumkin, lekin bu xarakatlar ICMP protokoli tomonidan belgilanmagan. ICMP protokolining har bir xabari tarmoq bo‘yicha IP paket ichida uzatiladi.

    Download 0,67 Mb.
      1   2




    Download 0,67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy ishi arp va icmp protokollarining ishlash tamoyillarini tadqiq qilish

    Download 0,67 Mb.