• Nazorat savollari
  • Amaliy mashgʻulot №1 mavzu: avtomatlashtirilgan elektromexanik sistemalarga qo‘yiladigan talablarni aniqlash




    Download 225.67 Kb.
    Sana01.11.2023
    Hajmi225.67 Kb.
    #92986
    Bog'liq
    1- AMALIY MASHGʻULOT
    1242776.pptx, DAUN SINDROMLI BOLALAR, og\'ir nutq nuqsonlari bor bolalar

    AMALIY MASHGʻULOT №1
    MAVZU: AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTROMEXANIK SISTEMALARGA QO‘YILADIGAN TALABLARNI ANIQLASH

    1. Elektr yuritma tushunchsivafunsional sxemasi.

    2. Yuritma elementlari

    3. Elektr yuritmalarning asosiy turlari va ularning vazifalari

    4. Avtomatlashtirilgan elektromexanik sistemalarga qo‘yiladigan talablarni

    Elektr yuritma deb mashinalarning ish organlarini harakatga keltiradigan hamda bu jarayonlarni maqsadga muvofiq boshqaradigan, hamda elektr dvigatel, kuchli o‘zgartgich, boshqarish, axborot hamda kuchli o‘zgartgich, boshqarish, axborot hamda uzatish qurilmalaridan tashkil topgan murakkab elektromexanik tizimga aytiladi.


    Yuritmaning «chiqish» koordinatlariga ish mashinasi organlarining me’yorda ishlashi uchun zarur bo‘lgan elektromagnit moment M yoki kuch F va harakat koordinatlari: burchak tezlik w yoki chiziq­li tezlik n hamda ularga mos harakat yo‘nalishi bo‘laklari Da, DS kiradi.
    Yuritma elementlari quyidagilardan iborat.
    Uzatish qurilmasi harakat shakllarini o‘zgartirish va mexanik energiyani dvigatel qurilmasidan mashi­naning ish organlariga uzatish uchun mo‘ljallangan.
    Dvigatel qurilmasi elektromexanik o‘zgartgich bo‘lib, elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi va uzatish qurilmasi bilan birgalikda ish organining berilgan harakat turlarini shakllantiradi.


    1. rasm. Avtomatlashtirilgan elektr yuritmaning funsional sxemasi.



    Kuchli o‘zgartgich qurilmasi elektr yuritma tizimini elektr manbayi bilan bog‘lash uchun (masalan, sanoat elektr tarmog‘i bilan) elektr energiyani bir turdan ikkinchi turga o‘zgartirish uchun (masalan, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirish) xizmat qiladi. Kuchli o‘zgartgich qurilmasining asosiy vazifasi jarayon davomida boshqariladigan energiya oqimini shakllantirishdan iborat. Elektr yuritma tizimlarida ish mashinalari, mexanizmlar va ish jarayonlarida «energiyani tejaydigan» texnologiyalarni qo‘llash, tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish kuchli o‘zgartgich, dvigatel va uzatish qurilmalarining xususiyatlariga bog‘liq.
    Boshqarish va axborot qurilmalari energiya oqimi W va mashinalarning ishchi organlari harakatlarini boshqarishning berilgan qonuniyatlar bo‘yicha shakllantirish uchun mo‘ljallangan.
    Avtomatlashtirilgan elektr yuritmani avtomatik boshqariluvchi elektromexanik tizimning (ABT) keng qo‘llaniladigan turi deb qarash mumkin.
    Avtomatlashtirilgan elektr yuritmaning funksional sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan. Bu sxema elektr yuritmaning ayrim elementlari va ular orasidagi bog‘lanishlarni kengroq o‘rganish imkoniyatini beradi. Bu yerda ingichka chiziqlar bilan elektr energiyani uzatish kanallari, qo‘sh punktir chiziqlar
    ingichka chiziqlar bilan elektr energiyani uzatish kanallari, qo‘sh punktir chi­ziqlar bilan mexanik energiyani uzatish kanallari, punktir chiziqlar bilan esa, elektr yuritma yoki bajaruvchi mexanizmning o‘lchanayotgan koordinatlari to‘g‘risida axborot uzatish kanallari ko‘rsatilgan.
    Energiya manbalari (EM) odatda, sanoat elektr tarmog‘i yoki maxsus akkumulyator batareyasi, individual generator ko‘rinishidagi mustaqil manba bo‘lishi mumkin. Bu hol asosan uchish apparatlari va kemalardagi «bort» tizimlarida qo‘llaniladi.
    Kuchli elektr o‘zgartgich qurilmasi (KEO‘Q) — rostlanmaydigan kuchlanish Ut, tok Itva chastota ft ni Ut dan (masalan, tarmoqdan) olib dvigatelni ta’minlaydigan U, I va f ga ega bo‘lgan elektr ener­giya W ga aylantirib beradi.
    Avvallari KEO‘Q sifatida elektr mashina o‘zgartgich qurilmalari ishlatilar edi. Hozirda asosan o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirib beradigan kuchli yarim o‘tkazgich o‘zgartgichlar tiristorli boshqariluvchi to‘g‘rilagich (BT), tranzistorli-impuls o‘zgartgichlar hamda o‘zgaruvchan tok kuchlanishi shaklini o‘zgartirib beradigan turli tranzistorli va tiristorli invertorlar hamda chastota o‘zgartgichlari qo‘llaniladi.
    Dvigatel qurilmasi (DQ) elektr energiyani W rotorni (yakorni) chiziqli yoki aylanma harakatga keltiradigan mexanik energiyaga Wm aylantirib beradi.Myexanik energiya Wm oqimi mexanik uzatish qurilmasidan o‘tib, xuddi shu ko‘rinishdagi energiya Wim ga aylanadi, bu esa ish mashinasi orqali qabul qilinadi.
    IMlardaWi energiya aylanma harakatda koordinatlari Mi.o — qarshilik momenti, wim — burchak tezlik hamda ilgarilanma harakatda esa koordinatlari Fi.o — qarshilik kuchi va Vi.o — chiziqli tezlikka ega bo‘lgan ish organi (IO)ning mexanik ishiga aylantiriladi.
    Tabiiyki, energiya oqimi MtniMi ga aylantirish elektr yuritma elementlarining sifati hamda energiya oqimini boshqarish qonuniga ko‘ra isroflar bilan amalga oshiriladi.
    Boshqarish qurilmasi (BQ) KEO‘Q yoki DQ, yoki O‘Qlarning ayrim, ba’zi hollarda esa bir vaqtning o‘zida ikki, uch qurilma koordinatlarini boshqaradi. Boshqarish qurilmasi boshqarish qonunini berish qurilmasi BQberilayotgan axborot va xabarchi o‘zgartgichlardan kelayotgan axborotlarni taqqos­lab, kerak bo‘lgan ko‘rinishda shakllan­tiradi. Xabarchio‘zgartgichlar elektr yuritmaning turli koordinatlarini (momentlar, kuchlar, burchak va chiziqli tezlik, tok, kuchlanish va h.k.) o‘lchashga mo‘ljallangan axborot — o‘lchov qurilmalari ko‘rinishida bo‘lib, ular bu koordinatalarni bir turda­gi (masalan, kuchlanish) elektr signallariga aylantiradi.
    Elektr yuritmalarning asosiy turlari va ularning vazifalari. Barcha elektr yuritmalarni funsional vazifalari, energiyaning bo‘linishi, ish mashinasi chiqish o‘qining harakat shakli, iste’mol qilayotgan tok turi, o‘zgartgich, dvigatel, uzatish va boshqarish qurilmalarining o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa holatlari bo‘yicha bir nechta turlarga bo‘lish mumkin.
    Funsional vazifalari bo‘yicha elektr yuritmalar bosh va yordamchi elektr yuritmalarga bo‘linadi. Bosh elektr yuritma jarayonning asosiy operasiyasini yoki ish mashinasining ijrochi organini harakatga keltiradi. Yordamchi elektr yuritma esa, mashinaning yordamchi organlarining harakatini ta’minlaydi. Masalan, tokarlik dastgohi bosh elektr yuritmasi ishlov berilayotgan detalni aylanma hara­katga keltiradi, yordamchi elektr yuritma esa kesish asbobini detalning bo‘ylamasi bo‘yicha ilgarilama hara katga keltiradi.


    Nazorat savollari:

    1. Elektr yuritma tushunchsiva funsional sxemasi?.

    2. Yuritma elementlariga qandaiy elementlari kiradi?

    3. Elektr yuritmalarning asosiy turlari va ularning vazifalari nimalardan iborat?

    Avtomatlashtirilgan elektromexanik sistemalarga qo‘yiladigan talablarni?
    Download 225.67 Kb.




    Download 225.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy mashgʻulot №1 mavzu: avtomatlashtirilgan elektromexanik sistemalarga qo‘yiladigan talablarni aniqlash

    Download 225.67 Kb.