• I. Nazariy qism
  • Amaliy mashg‘ulot №1 Mavzu: Chiziqli tuzilmalarning algoritmlari va ularning dasturi Ishdan maqsad




    Download 493,3 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana22.01.2024
    Hajmi493,3 Kb.
    #143217
      1   2
    Bog'liq
    1-amaliyot



    Amaliy mashg‘ulot №1 
     
    Mavzu: Chiziqli tuzilmalarning algoritmlari va ularning dasturi 
    Ishdan maqsad: Eng sodda algoritm bo‘lgan chiziqli tuzilishga ega algoritmlarni 
    va ularga mos dastur tuzishni o‘rganish 
    I. Nazariy qism 
    Maʼlumki, har qanday vazifa u murakkab yoki oddiy bo‘lsin, albatta maʼlum bir harakatlarning ketma-ket amalga oshirilishi natijasida 
    bajariladi. 
    Masalan, o‘quvchining ertalab uyg‘ongandan to o‘qishga chiqib ketguncha 
    bo‘lgan jarayon. Bunda o‘quvchi ertalab uyg‘onadi, badan tarbiya qiladi, yuz-qo‘lini 
    yuvadi, nonushta qiladi, maktab formasini kiyadi va maktabga yo‘l oladi. Demak 
    harakat natijasi o‘quvchining maktabga yo‘l olishi bilan yakunlanuvchi vazifa bir 
    necha amallarning ketma-ket bajarilishi natijasida amalga oshmoqda.Aynan shu 
    amallar ketma-ketligi algoritm deyiladi.
    Tasavvur qilaylik, kompyuter qurilmasi oldida o‘tirgan o‘quvchiga maʼlum 
    bir hisoblashni amalga oshirish vazifasi yuklatildi. Talaba bu vazifani dasturlash 
    orqali bajarishi uchun u quyidagi ketma-ketlikni bajarishi lozim: 
    · 
    vazifani bosqichlarga bo‘lib chiqishi; 
    · 
    vazifani bajarilish ketma-ketligini ifodalovchi algoritmni ishlab chiqishi; 
    · 
    tuzilgan algoritmga mos maʼlum bir dasturlash tilida (Pascal, C++, Python va x.z.) 
    dastur tuzish lozim. 
    · 
    dasturga boshlang‘ich maʼlumotlarni kiritish; 
    · 
    agar dastur ishlashida xatolik yuz bersa xatolikni to‘g‘rilash; 
    · 
    natija olish; 
    · 
    olingan natijalarni tahlil qilish. 
    Demak yuqoridagi vaziyatdan shuni tushunish mumkinki, algoritmlash 
    dasturlash jarayonidagi eng asosiy bosqichlardan biridir. Tuzilgan dasturning 
    qanchalik tez va samarali ishlashi uning asosida yotgan algoritmga ko‘p jihatdan 
    bog‘liq. 
    Algoritmlarning ko‘p turlari mavjud. Eng asosiy va sodda algoritm bu chiziqli 
    strukturaga (tuzilishga) ega bo‘lgan algoritmlardir.
    Chiziqli tuzilishli algoritmlar bu shunday algoritmlarki, ular chizilgan ketma-
    ketlikda va faqat bir marta bajariladigan buyruqlardan iborat. Chiziqli algoritmlar 
    sodda bo‘lib ularni matn ko‘rinishida ham, grafik ko‘rinishida ham tasvirlash 
    mumkin.
    Tasavvur qilamizki, gilamni chang yutkich yordamida tozalash vazifasini 
    yuklatilgan. Bu vazifani bajarishda quyidagi ketma-ketlikka amal qilish mumkin: 
    1. changyutgichni ish joyiga olib kelish; 


    2. changyutgichni ishga tushirish
    3. gilamni tozalash; 
    4. changyutgichni o‘chirish; 
    5. changyutgichni saqlash joyiga olib borib qo‘yish. 
    Chiziqli tuzilishga ega algoritmlarni tuzish uchun avvalo algoritmlarni grafik 
    usulda ifodalashda qo‘llaniluvchi shartli belgilar, blok-sxemalar bilan tanishish 
    lozim: 
    1. Boshlash va yakunlash blogi. Ushbu blok quyidagicha grafik ko‘rinishga ega:
    2. Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish blogi. Bu blok o‘zgaruvchilarni kiritish va 
    chiqarishni ifodalash uchun qo‘llaniladi. Ushbu blok quyidagicha grafik ko‘rinishga 
    ega: 
    3. Arifmetik blok. Ushbu blok yordamida biror bir hisoblash jarayoni ifodalanadi. 
    Ushbu blok quyidagicha grafik ko‘rinishga ega: 
    4. Shart kiritish bloki. Ushbu blog yordamida bajarilayotgan vazifaning shartlari 
    ifodalanadi. Shart kiritish blogining doim ikki chiqishi bo‘lib, ular “Ha” yoki “Yo‘q” 
    kabi nomlanadi. Ushbu blok quyidagicha grafik ko‘rinishga ega: 
    Yuqorida ko‘rib o‘tgan algoritmlashda qo‘llaniluvchi blok-sxemalarning eng 
    so‘ngisi shart kiritish algoritmi chiziqli tuzilishga ega bo‘lgan algoritmlashda 
    qo‘llanilmaydi. Ya’ni chiziqli tuzilishga ega bo‘lgan algoritmlarda barcha amallar 
    ketma-ket amalga oshiriladi.
    Misol: To‘g‘ri burchakli parallelepiped berilgan bo‘lib uning tomonlari a=5, 
    b=6, c=4 ni tashkil qiladi. Ushbu parallelepipedning hajmini topish vazifasini 
    bajaruvchi chiziqli algoritm tuzing va C++ dasturlash tilida mos dasturini tuzing. 
    Demak, a,b,c tomonlari ma’lum bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedning 
    V xajmini aniqlash vazifasini bajaruvchi chiziqli tuzilishdagi algoritm va dasturini 
    tuzish lozim.


    To‘g‘ri burchakli parallelepipedning hajmini hisoblash formulasi 
    quyidagicha: 

    Download 493,3 Kb.
      1   2




    Download 493,3 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy mashg‘ulot №1 Mavzu: Chiziqli tuzilmalarning algoritmlari va ularning dasturi Ishdan maqsad

    Download 493,3 Kb.
    Pdf ko'rish