Amaliy mashg’ulot №16




Download 218.07 Kb.
bet1/4
Sana16.08.2023
Hajmi218.07 Kb.
#78757
  1   2   3   4
Bog'liq
Dinamika
Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq

Amaliy mashg’ulot № 16

Lift kletkasi ko’tarilganda tezliklar grafigi rasmda tasvirlangan ko’rinishda bo’ladi.


Kletkaning massasi 480 kg ga teng. Quyidagi uchda vaqt oralig’ida kletka osilgan arqonda tushadigan tortish kuchlari va aniqlansin.

  1. t=0 dan t=2s gacha , 2) t=2s dan t=8s gacha va t=8s dan t=10s gacha.

Yechish:
Lift kletkasi yuqoriga tezlanish bilan ko’tarilganda lift og’irligi ortadi va arqon tortish kuchi ortadi. ; ;

Rasmdan t=2s va t=8s vaqt oralig’ida lift tezlanishsiz harakatlanadi. . Rasmdan t=8s dan t=10s oralig’ida lift tekis sekinlanuvchan harakatlanadi, demak


26.1. Massasi 280 kg bo’lgan lift shaxtaga tekis tezlanish bilan tushiriladi ; u birinchi 10 s da 35 m yo’l otadi . Lift osilgan arqonning tortilish kuchi topilsin.
Javob:2548 N
26.2. Ustida 1,02 kg massali yuk turgan gorizontal platforma vertikal bo’ylab 4 m/s2 tezlanish bilan pastga tushadi. Platformaning yuk bilan birga pastga tushish vaqtida yukning platformaga qancha bosim ko’rsatishi topilsin.
Javob: 5,92 N
26.3. Stolda turgan 3 kg massali jismga ip bog’lanib , ipning ikkinchi uchi A nuqtaga biriktiriladi. Agar tortish kuchi T=42 N bo’lganda ip uzilsa , jismni vertikal bo’ylab yuqoriga ko’targanda ipning uzilishi uchun A nuqtaga qanday tezlanish berish kerak?
Javob: 4,2 m/s2
26.5. Uzunligi 1 m bo’lgan ipga osilgan 0,3 kg massali tosh vertikal tekislikda aylana chizadi. Toshning ip uziladigan eng kichik burchak tezligi aniqlansin; uzilishga ko’rsatadigan qarshiligi 9 N ga teng .
Javob: =4,494 rad/s
26.6. Temir yo’lning egri chiziqli uchastkalarida poyezddan relslarga tushadigan bosimning yo’l polotnosiga tik yo’nalgan bo’lishi uchun tashqaridagi rels ichkarisidagiga qaraganda baland qo’yiladi . Quyidagi ma’lumotlarga qarab, tashqaridagi relsning ichlarisidagidan qancha baland ekanligi aniqlansin . Yo’lning egrilik radiusi 400 m , poyezd tezligi 10 m/s , relslar orasidagi masofa 1,6 m .
Javob: h=4,1 sm
26.7. Avval chiziqli , so’ngra egri yo’lda 20 m/s tezlik bilan borayotgan poyezd vagonida bir yuk prujinali tarozida tortildi; tarozi birinchi holda 50N ni, egri yo’lda esa 51 N ni ko’rsatdi . Yo’lning egrilik radiusi aniqlansin.
Javob: 203 m
26.8. Massasi 0.2 kg bo’lgan tosh 1m uzunlikdagi ipning uchiga osigan ; itarib yuborilgnida tosh 5m/s ga teng gorizontal tezlik oldi. Tosh itarib yuborilgandan keyin ipda qancha tortish kuchi bo’lganligi topilsin.
Javob: 6,96 N
26.9. Qo’zg’almas O nuqtaga bog’langan , uzunligi 30 sm bo’lgan ipga osib qo’yilgan 0,102 kg massali M yuk konus rasmidagi mayatnikni tasvirlaydi , yani gorizontal tekislikda aylana chizadi : shu bilan barobar ip vertikal bilan 60o li burchak tashkil qiladi. Yukning tezligi va ipdagi tortilish kuchi T aniqlanisin.
Javob: = 2,1 m/s , T=2 N
26.10. Massasi 1000 kg bo’lgan avtomobil dong ko’prikda =10m/s tezlik bilan harakat qiladi ; ko’prik o’rtasining egrilik radiusi ρ=50 m . Avtomobil ko’prik o’rtasidan o’tgan paytda ko’prikka qancha bosim ko’rsatishi aniqlansin.
Javob: 7800 N
26.11. Ko’tarma mashinaning ko’tariluvchi kabinasidagi prujinali tarozida jism tortiladi . Kabinaning tekis harakatida prujinali tarozining ko’rsatishi 50 N , tezlanuvchan harakatida 51 N ga teng. Kabinaning tezlanishini toping.
Javob: 0,196 m/s2

Adabiyotlar


1. V.I. Szolga, «Theoretical mechanics», Berlin, part-1, 2013 y., - 204 p.
2. A. Ruina, R. Pranap, «Introduction to statics and dynamics », Oxford University Press, 2013y., -1039 p.
3. Meshcherskiy I.V. Nazriy mexanikadan masalaar to’plami./ N.V. Butenin va boshqalar taxriri ostida: (Maxsus muharrir Q. Mo’minov).-Tuzatilgan ruscha 36- nashrdan tarjima. T.: O’qituvchi-1989.- 472b.



Download 218.07 Kb.
  1   2   3   4




Download 218.07 Kb.