• Malumot uzatish vositasining turiga qarab IEEE802.3 standarti qo’yidagi ozgarishlarga ega: - 10BASE5
  • - 10BASE2
  • -10BASE-F
  • IEEE 802.3 standartining asosiy xususiyatlari




    Download 7,48 Mb.
    bet2/6
    Sana12.01.2024
    Hajmi7,48 Mb.
    #135569
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2 Amaliy Mashg\'ulot
    mehnat muhofazasi, AKADEMIK, dastur5, Kanal va signallar tasnifi Kanal va signal haqida tushincha Axbo, титульный лист Ироды, Telegram@pdfimage bot (20), Telegram@pdfimage bot (15), 6-7 javobsiz, 1701501428, Turk tilini o‘rganamiz fayl 11-02-2015 kitob turkcha urganamiz, 1-mavzu (2), Konspekt, omonova, 123, 321
    IEEE 802.3 standartining asosiy xususiyatlari:

    • topologiya - shina;

    • uzatish kabeli - koaksiyal kabel;

    • uzatish tezligi - 10 Mbit / s;

    • tarmoqning maksimal uzunligi - 5 km;

    • abonentlarning maksimal soni - 1024 gacha;

    • tarmoq segmentining uzunligi - 500 m gacha;

    • bitta segmentdagi abonentlar soni - 100 tagacha;

    • kirish usuli - CSMA / CD;

    • uzatish tor tarmoqli, ya'ni modulyatsiyasiz (bitta kanalli).



    Ma'lumot uzatish vositasining turiga qarab IEEE802.3 standarti qo’yidagi o'zgarishlarga ega:
    - 10BASE5 (qalin koaksial kabel) - ma'lumotlarni uzatish tezligi 10 Mbit /s va 5 esa segment uzunligi 500 m gacha; BASE"so'zi" baseband signaling (ma'lumotlar uzatish usuli) so'zining qisqartmasi. Bu shuni anglatadiki, Ethernet signali modulyatsiyasiz yoki boshqacha qilib aytganda, nol tashuvchisi chastotasi bilan uzatiladi va shunga mos ravishda signal diapazoni 0 Gts dan boshlanadi. Boshqacha qilib aytganda, keng polosali kanallarda bo'lgani kabi multiplekslash (multiplexing) ishlatilmaydi.
    - 10BASE2 (yupqa koaksial kabel) - ma'lumotlarni uzatish tezligi 10 Mbit / s va segment uzunligi 200 m gacha;
    - 10BASE-T (himoyalanmagan eshilgan juft) - yulduzlar topologiyasida tarmoq yaratishga imkon beradi. Hubdan so'nggi tugungacha 100 metrgacha masofa. Tugunlarning umumiy soni 1024 dan oshmasligi kerak;
    -10BASE-F (optik tolali kabel) - yulduz topologiyasida tarmoq yaratishga imkon beradi

    Koaksial kabellar
    K oaksial kabel elektr toki о‘tkazuvchi kabel bо‘lib, tuzulishi 12.2–chizmada kо‘rsatilgandek markaziy mis sim ichki dielektrik qoplamaga olingan bо‘lib metal sim tо‘qimaga (ekran) о‘ralgan, hamda u umumiy tashqi qoplamaga olingan bо‘ladi. Yaqin vaqtgacha koaksial kabellar eng kо‘p tarqalgan kabellar edi, buning sababi yuqori darajada himoyalanganligi (sim tо‘qimasi-ekran mavjudligi), tо‘qilgan juftlikka qaraganda axborotni uzatish tezligi (500 Mbit/s gacha) yuqoriligi va katta masofalarga uzatish imkoniyati mavjudligi. Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni mexanik ulanish orqali olish qiyinligi, shuningdek u tashqariga sezilarli darajada kam elektromagnit nurlanish tarqatishi. Biroq о‘ralgan juftli kabelga nisbatan koaksial kabelni taʻmirlash va yig‘ish ishlarini olib borish ancha murakkabdir, narxi ham qimmat (uning narxi о‘ralgan juftli kabellarga nisbatan 1,5 – 3 barobar yuqoridir). Kabel uchlariga razyomlar о‘rnatish ham murakkab ishdir. Shuning uchun bu turdagi kabellarni о‘ralgan juft kabellarga qaraganda kam ishlatiladi.

    12.2–chizma. Koaksial kabel tuzilishi.
    Koaksial kabellar asosan «shina» topologiyali tarmoqlarda ishlatiladi. Bu holda kabel uchlariga signalni ichki aksiga qaytishni oldini olish uchun albatda terminatorlar о‘rnatilishi va bu terminatorlardan faqatgina bittasi yerga ulanishi kerak. Yerga ulanmasa kabeldagi sim tо‘qimasi (ekran) tarmoqni tashqi elektromagnit tо‘siqlardan himoya qila olmaydi va tashqi muxitga uzatilayotgan axborotni nurlanishini ham kamaytira olmaydi. Lekin kabeldagi sim tо‘qimani ikki va undan kо‘proq joyidan yerga ulangan taqdirda, tarmoqqa ulangan qurilmalar va shuningdek kompyuterlar ham ishdan chiqishi mumkin. Terminatorlar albatta kabel bilan moslangan bо‘lishi shart, ya’ni ularni qarshiligi kabelning tо‘lqin qarshiligiga teng bо‘lishi shart. Masalan, agarda 50 Om kabel ishlatilsa, unga mos terminator faqat 50 Omli bо‘lishi kerak.
    Koaksial kabellarni «yulduz» va «passiv yulduz» topologiyali tarmoqlarda kam foydalaniladi; masalan, Arcnet tarmog‘i. Bu holda moslash muammosi keskin soddalashadi, chunki kabelning ochiq qolgan uchlariga tashqi terminatorlar lozim bо‘lmay qoladi. Kabelni tо‘lqin qarshiligi haqidagi axborot har bir kabel о‘ram xujjatida keltiriladi. Kо‘pincha mahalliy tarmoqlarda 50 Omli (masalan, RG-62, RG-11) va 93 Omli kabellar (masalan, RG-62) ishlatiladi. Televizion texnikasida kо‘p tarqalgan 75 Omli kabel mahalliy tarmoqlarda ishlatilmaydi. Umuman о‘ralgan juftli kabellar rusumiga qaraganda koaksial kabellar rusumi ancha kam. Bu turdagi kabellardan kelajakda kam foydalaniladi.
    Fast Ethernet tarmog‘ida kaoksial kabellardan foydalanish rejalashtirilmaganligi ham, albatta, tasodif emas. Lekin kо‘pchilik xollarda shina topologiya (passiv yulduz emas) juda qulay. Yuqorida aytib о‘tilganidek, qо‘shimcha qurilma – konsentratordan foydalanishning hojati yо‘q.



    Download 7,48 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 7,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IEEE 802.3 standartining asosiy xususiyatlari

    Download 7,48 Mb.