uzatuvchi birinchi simsiz radiotelefonlar yaratildi. Dastlab bular analog tarmoqlarda
ishlagan bo’lsa, 80-yillar boshida raqamli standartlarga o’tish boshlanganligini
anglatuvchi, spektrni yaxshi taqsimlashini, eng yaxshi sifatli signalni va eng yaxshi
xavfsizlikni ta’minlovchi GSM standarti ishlab chiqildi. XX asrning 90-yillarida
simsiz tarmoqlar holatini mustahkamlash jarayonlari yuz berishi, bu
texnologiyalarni jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi.
Bugungi kunda simsiz texnologiyalar kundalik hayotimizga mustahkam joylashib
bormoqda, yuqori tezlikni ta’minlash bilan birga ular yangi qurilma va xizmatlarni
taqdim etmoqda. Yangi CDMA (Code Division Multiple Access - kanallarni kodli
taqsimlash texnologiyasi), GSM (Global Systems
for Mobile Communications-
mobil aloqa tarmoqlarining global tizimi), TDMA (Time Division Multiple Access-
kanallarni vaqt orqali taqsimlash texnologiyasi), 802.11, WAP (Wireless Application
Protocol-simsiz texnologiyalar protokoli), 3G va 4G
(uchinchi va to’rtinchi avlod texnologiyalari), GPRS (General Packet Radio Service,
ma’lumotlarni paketlab uzatish xizmati), Bluetooth (o’rta va qisqa masofa tarmog’i),
EDGE (Enhanced Data Rates for GSM Evolution, takomillashtirilgan GSM tarmoq)
va shu kabi texnologiyalarning xilma-xilligi bu sohada tub burilish
boshlanayotganini anglatib turibdi.
Simsiz lokal tarmoqlar (WLAN) hamda o’rta va qisqa masofa tarmoq
(Bluetooth) larning rivojlanishi juda istiqbollidir. Simsiz lokal tarmoqlar aeroportlar,
universitet
va institutlar, mehmonxonalar, restoranlar,
korxona va tashkilotlar
tarmoqlarida ko’plab qo’llanilmoqda. Simsiz tarmoqlarni standartlarini ishlab
chiqish 1990 yilda butunjahon IEEE (Elektr va elektronika bo’yicha muhandislar
instituti) tashkiloti tomonidan 802.11 komiteti tashkil etilishi bilan boshlangan.
Butunjahon o’rgimchak to’ri va bu tarmoqda simsiz qurilmalar yordamida ishlash
g’oyasi simsiz texnologiyalarning rivojlanish jarayonlariga muhim turtki vazifasini
o’tadi. 90-yillar oxiriga kelib foydalanuvchilarga WAP-xizmati taqdim etildi. Shuni
ta’kidlash kerakki boshida bu xizmat ko’pchilikda uncha qiziqish uyg’onmadi.
WAP-xizmati asosiy axborot xizmatlari sifatida - yangiliklar, ob-qavo,
kundalik va boshqa xizmatlar to’plamini taqdim etgan edi. Shuningdek, Bluetooth
va WLAN dan ham ushbu aloqa vositalarining qiymati
yuqoriligi bois juda kam
miqdorda foydalanishgan. Lekin narxlarning tushishi ushbu vositalarga bo’lgan
talab va qiziqishni ortishiga sabab bo’ldi. XXI asrning dastlabki o’n yilligi
o’rtalariga kelib simsiz Internet-servisi foydalanuvchilarining soni bir necha o’n
millionga etdi. Simsiz Internet-aloqasining paydo bo’lishi bilan birinchi o’rinda
uning xavfsizligini ta’minlash masalalari ko’tarildi. Simsiz tarmoqlardan
foydalanganda paydo bo’lgan asosiy muammolar sirasiga
quyidagilarni keltirib
o’tish lozim - bu maxsus xizmat, tijorat tashkilotlari va xususiy tadbirkorlar
jo’natmalarini tutib qolish, kredit kartochkalar nomerlarini tutib qolish, bog’lanish
uchun to’lov vaqtini o’g’irlash, kommunikatsiya markazlari
ishiga xalal berish
kabilardir. Bu muammolar aloqa standartlarini takomillashtirish orqali hal etib
borilmoqda. Simsiz texnologiyalar taraqqiyotining ahamiyatli jihati shundaki, bu
texnologiyalardan uy sharoitidagi foydalanuvchilar
qulay tarzda foydalana
olishlaridir.
Uy tarmog’i qurilmalari sonining ortishi bilan ushbu qurilmalarni birbiri bilan
ulovchi ko’plab simlar bu tarmoqning asosiy muammosiga aylanib bormoqda. Bu
o’z navbatida simsiz texnologiyalarga o’tishga sabab tug’dirmoqda. Simsiz
texnologiyalarning yakka tartibda foydalanuvchilari soni salmoqli bo’lsada tezkor
o’sib boruvchi segmenti - bu uning korporativ foydalanuvchilari hisoblanadi.
Ma’lumotlarni simsiz uzatish muhim strategik vosita hisoblanib korxonada
unumdorlikni oshishi (hodimlar korporativ axborotlarga
doimiy va tezkor ega
bo’ladilar, ular yangiliklardan tezkor boxabar bo’ladilar) ni ta’minlaydi, mijozlarga
xizmat ko’rsatish sifatini oshiradi (bir vaqtning o’zida ularning shikoyatlarini va
xohishlarini qabul qilish hamda bir vaqtning o’zida sezish mumkin), raqiblarga
nisbatan ustunlikni yaratadi (axborotlarni almashish va qaror qabul qilish tezliklarini
oshishi). Bir so’z bilan simsiz texnologiyalarni
kelajak texnologiyalari deb
aytishimiz mumkin