Amaliy mashg‘ulot IoT qurilmalari bilan ishlash Ishdan maqsad: IoT qurilmalari bilan ishlash va sozlashni o‘rganish




Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana14.01.2024
Hajmi0,88 Mb.
#137066
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
11-20 Asadbek

19-20-amaliy mashg’ulot  
MIMO texnologiyasini tadqiq etish.  
Ishdan maqsad: MIMO texnologiyasi bo‘yicha tushunchalarga ega 
bo‘lish Nazariy ma’lumot
  
MIMO (ingl. Multiple Input Multiple Output – ko‘p sonli qabul qilish –ko‘p 
sonli uzatish) – yangi ma’lumot uzatish texnologiyasi bo‘lib, unga ko‘ra dastlabki 
ma’lumotlar oqimi demultipleksorda alohida uzatish traktlari bo‘yicha ishlov berish 
va uzatish uchun sonli oqimlarga ajratiladi. Qabul qilish tomonida esa sonli 
qabul traktlari bo‘lib, ularda ma’lumotlar multipleksordan o‘tadi va qabul qilishdagi 
xatoliklarning sonini kamaytiruvchi maxsus algoritmlar bo‘yicha yana qaytib bir 
oqimga yig‘iladi. Bu xatoliklar uzatish kanalidagi buzilishlar va signallarning 
fazoviy korrelyatsiyasi natijasida vujudga kelishi mumkin (1-rasmga qarang).
1-rasm. MIMO ning soddalashtirilgan ko‘rinishi
Shunday qilib, MIMO texnologiyasi bitta radiokanalda bir nechta uzatuvchi 
va qabul qiluvchi traktlarni ishlatadi. Amalda MIMO ni ishlash tartibida ikki xil 
rejim ajratiladi: Fazoviy ajratish (FA) va Fazoviy Multiplekslash (FM) rejimlari.
FA rejimida signal nusxalarini bir necha uzatuvchi va mos ravishda bir necha 
qabul qiluvchi antennalarga ajratish amalga oshiriladi (ya’ni, bir xil axborot bir 
necha qabul qilish/uzatish traktlari bo‘yicha yuborib qabul qilinadi).
FM rejimida ketma-ket ma’lumotlar oqimi bir necha parallel oqimlarga 
bo‘linadi va bir necha qabul qilish/uzatish traktlari bo‘yicha uzatiladi va qabul 
qilinadi (ya’ni ma’lumotlar oqimini uzatish tezligi bir necha martagacha oshadi). 
Shunday qilib, FM rejimi kanalning yuqori sig‘imini (o‘tkazuvchanlik qobiliyatini) 
ta’minlashi mumkin, lekin signal sifatini yaxshilamaydi, aksincha uni xatto 
yomonlashtirishi xam mumkin.
Buning aksiga, FA rejimi signal sifatini sezilarli tarzda yaxshilaydi va qabul 
qilgich tomonida yuqori ―signal-shovqin‖ nisbatini ta’minlaydi, lekin kanalning 
o‘tkazuvchanlik qobiliyatini deyarli o‘zgartirmaydi. Xususan, keng qamrovli 
sotalarda FM o‘z imkoniyatlari chegarasida ishlaydi, chunki aloqa masofasi qancha 
uzoq bo‘lsa, shunchalik signal kuchli bo‘lishi kerak. Amaliѐtda MIMO ning ikkala 
rejimining kombinatsiyasini ham qo‘llash mumkin (masalan, 4*4 sxemali MIMO da 
fazoviy ajratilgan ikki juft multiplekslovchi antennalarni qo‘llash mumkin).


MIMO texnologiyasining afzalliklariga quyidagilar kiradi:
Pastga yo‘nalishdagi kanallarning ishini yaxshilash, bu radioto‘lqinlar 
kuchli tarqalishi sharoitida signalning turg‘un va ishonchliroq uzatilishida namoѐn 
bo‘ladi. ―Yuqoriga yo‘nalishdagi kanallar uchun yaxshilanishlar sezilarli emas;
Bir necha mustaqil oqimlar bir vaqtda uzatilganda yuqoriroq darajadagi 
modulyatsiya sxemalarini ishlatish hisobiga kanalning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 
oshirish;
Tizimning, ayniqsa abonentlarni yuqori mobillik xolatlarida,ish 
xarakteristikalarini stabilligini oshirish.
MIMO ning kamchiliklariga qayta akslanish bo‘lmagan hollarda, masalan, 
inshootlar nozich joylashgan tumanlarda, avtomagistral ѐqalarida, darѐ bo‘ylab va 
shunga o‘xshash hollarda sifat xarakteristikalarini pasayishini kiritish mumkin. 

Download 0,88 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy mashg‘ulot IoT qurilmalari bilan ishlash Ishdan maqsad: IoT qurilmalari bilan ishlash va sozlashni o‘rganish

Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish